Mustaqil ish Topshirdi: Abduramiov Abdurasul Qabul qildi: Salixova Muxayyo Shakirovna Toshkent 2022 Reja


Download 115.87 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2023
Hajmi115.87 Kb.
#1110459
1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogika Mustaqil ish Abduraimov Abdurasul

Tafakkur turlari
Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va bir muncha shartli tasnifi tarqalgandir:

  1. Ko`rgazmali - harakat

  2. Ko`rgazmali -obrazli

  3. Mavhum

  4. Nazariy

  5. Amaliy tafakkur

Ko`rgazmali - harakat tafakkur - tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o`z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazardan echganlar, keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib chiqqan. Amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bog`langandir. Sof nazariy faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o`zi birlamchidir. YAna faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqil nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayonini ham dastavval sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir. Guyo bu amaliy faoliyat ichida avval bola tafakkuri rivojlanadi. Bog`chadagi yosh (3 yoshgacha) asosan ko`rgazmali - harakat tafakkuri bo`ladi. Bola bilayotgan obrazli tafakkurni o`z qo`llari bilan amaliy ravishda va guyo tabiiy ravishda ajratadi. Masalan, o`yinchoqlarni buzib ko`rish va boshqalar. Ko`rgazmali - obrazli tafakkur. 
Ko`rgazmali-obrazli tafakkur - sodda shaklda ko`pincha bog`cha yoshida bolalarda, ya`ni 4 - 7 yoshgacha bo`lgan bolalarda paydo bo`ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi avvalgidek to`g`ri va bevosita bo`lmaydi. Bola bo`layotgan obrazli tafakkurni aniq idrok qilishi va tasavvur qilishi shartdir. Bog`cha yoshidagi bolalar faqat ko`rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo`lmaydilar. Bog`cha yoshidagi bolalarda tushunchalarning yo`qligi shveytsariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol namoyon bo`ladi: 7 yoshga yaqin bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil hajmi jihatdan teng 2 ta soqqa ko`rsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. Bolalarning ko`z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. endi bolalar non shaklidagi soqqada xamir ko`p deb hisoblaydilar. Bolalarning ko`rgazmali - obrazli tafakkurlari hali ularning idroklariga bevosita to`la bo`ysunadigan bo`ladi. Ularning ko`rgazmali - obrazli shaklida o`tadigan tafakkurlari bolalarni soqqaga qaraganda non shaklidagi hamir ko`proq, degan xulosaga olib keladi.
Mavxum tafakkur – Bolalarning amaliy va ko`rgazmali hissiy tajribalari asosida ularning maktab yoshidagi davrlada avval soda shakldagi mavxum tafakkur yani mavxum tushunchalarga asoslangan tafakkur rivojlanadi. Maktab o`quvchilarning Matematika Fizika Tarix va boshqa fan asoslarini o`zlashtirish davomida tushunchlarni egallashlari ularning aqliy taraqqiyotlari uchun katta ahamiyatga egadir. Eng mavhum tafakkur ham hissiy bilish chegarasidan chiqib ketishiga qaramasdan hech qachon sezgi idrok va tasavvurlardan to`la to`kis ajralib ketmaydi. O`quvchilarda tushunchalarning taraqqiy etishi jarayonida ko`rgazmalilik ikki tomonlama rol o`ynaydi. Bir tomondan ko`rgazmalilik tushunchalarni taraqqiy etishini yengillashtiradi. Ikkinchi tomondan har qanday ko`rgazmalilik sharoitida maktab o`quvchilarida mavxum tafakkurning tarkib topishiga qulay sharoit yaratib bermaydi. Juda ko`p ko`rgazmalilik o`quvhcilarning diqqatini chalg`itib yuboradi

Download 115.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling