Mustaqil ish Topshiruvchi: Sog’liqni saqlash menejmenti 103–a guruh talabasi Rishatov Sardorbek Qabul qildi: Sultonova Xolida


Download 303.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi303.54 Kb.
#1443182
1   2   3
Bog'liq
ssoliq

To’lovchilar 
Me’yoriy xizmatga foizlardagi 
stavka* 
Qishloq ho’jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilar 
2,8 
*) Bunda jamoat binolari va hovlilari band etgan yerlar bo’yicha 
baholash 2,0 koeffitsientini qo’llash orqali amalga oshiriladi. 
Izoh: 
Qishloq xo’jaligi yerlarining har bir xo’jalik bo’yicha me’yoriy 
qiymati O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, 
kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tomonidan 
belgilanadi. 


Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida 
vujudga kelgan yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga 
bo’lgan huquq vujudga kelgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab chiqariladi. Yer 
uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi 
maydoni kamaytirilgan oydan boshlab kamaytiriladi. 
Yuridik shaxslarda yagona yer solig’i bo’yicha imtiyozga bo’lgan huquqlar 
vujudga kelganda soliq solinadigan baza bu huquq vujudga kelgan oydan boshlab 
kamaytiriladi. Yagona yer solig’i bo’yicha imtiyozga bo’lgan huquq tugatilgan 
taqdirda, soliq solinadigan baza bu huquq tugatilgan oydan keyingi oydan boshlab 
ko’paytiriladi. 
Yagona yer solig’ini to’lashdan quyidagilar ozod qilinadi: 
-Soliq Kodeksi 362-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga 
muvofiq kelgan taqdirda, yangi tashkil etilgan qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab 
chiqaruvchilar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oydan boshlab ikki yil muddatga. 
Mazkur imtiyoz tugatilgan fermer xo’jaliklari bazasida tashkil etilgan fermer 
xo’jaliklariga tatbiq etilmaydi; 
-Ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan 
o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor 
qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan 
muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta 
tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz 
qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi. 


Qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar – yagona yer solig’i 
to’lovchilarga soliq Kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismida nazarda 
tutilgan yer solig’i bo’yicha imtiyozlar ham tatbiq etiladi. 
Kalendar yil soliq davridir. 
Yagona yer solig’i summasi soliq solinadigan bazaga qarab: 
-Yer uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer solig’ining belgilangan 
stavkasidan; 
-Yer uchastkalarining maydonidan, yer uchastkasi joylashgan yer va yer 
uchastkasining sifat tavsifini (bonitet ballini) nazarda tutadigan tuzatish 
koeffitsienti e’tiborga olingan holda belgilangan stavkadan kelib chiqqan 
holda hisoblab chiqariladi. 
Yagona yer solig’ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi 
davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim 
etiladi. 
Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig’i yer 
uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to’lanadi. Yer uchastkasi olib 
qo’yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig’ini to’lash yer uchastkasi 
olib qo’yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to’xtatiladi (kamaytiriladi). 


Er uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o’zgargan, 
shuningdek yagona yer solig’i bo’yicha imtiyozlarga bo’lgan huquq 
vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to’lovchilar davlat soliq 
xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona yer 
solig’ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart. 
Yagona yer solig’ini to’lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: 
hisobot yilining 1 iyuligacha – yillik soliq summasining 20 foizi; 
hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi; 
hisobot yilining 1 dekabrigacha – soliqning qolgan summasi. 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.https://vaqt.ucoz.com/publ/iqtisod_va
_moliya/28 javascript:; 
2. Packpdf.com 
3. https://fayllar.org/iqtisod-moliya.html 


E’tiboringiz uchun rahmat


Download 303.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling