Мustaqil ish
Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari amalga oshiradigan asosiy sug‘urta
Download 41.27 Kb. Pdf ko'rish
|
2. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari amalga oshiradigan asosiy sug‘urta
turlari Buyuk Britaniyada 850ga yaqin sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. sug‘urta kompaniyalari alohida sug‘urta turlari va toifalari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun, savdo va sanoat departamentining maxsus litsenziyasini olishlari zarur. Belgilangan klassifikatsiyaga asosan, 7 ta muddati sug‘urta turlari va 18 ta umumiy sug‘urta turlari (mulk, fuqarolik javobgarligi va baxtsiz hodisalardan) mavjud. Hozirgi paytda, Buyuk Britaniya aviatsiya sug‘urta bozorining asosini tashkil etadigan 426 ta kompaniya samolyotlarni sug‘urta qilish, 433 ta kompaniya esa dengiz kemalarini sug‘urta qilish bilan shug‘ullanmoqda. Umuman olganda, Buyuk Britaniya sug‘urta bozori ikki qismga bo‘lingan: 1. hayotni sug‘urta qilish bozori; 2. Umumiy sug‘urta bozori. Buyuk Britaniyada aholiga va boshqa potensial mijozlarga sug‘urta xizmati ko‘rsatish shu darajada rivojlanganki, bunda xar bir oila va fuqaroning daromadi va manfaati hisobga olinadi. Hozirgi paytda 12 ta sug‘urta kompaniyasi daromadi uncha katta bo‘lmagan shaxslar uchun hayot sug‘urtasini joriy etgan. Bu sug‘urta turining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sug‘urta badallari 2 oyda bir marta yig‘iladi. Sug‘urta badallari agentlar tomonidan yig‘iladi va ularning soni 35000 ga yaqin. Buyuk Britaniyada rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan sug‘urta kompaniyalari tarkibiga kema egalarining javobgarligini o‘zaro sug‘urtalash klublari ham kiradi. Hozirgi paytda 6 ta klub faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning eng yiriklari “YUnayted Kingdom” va “Britaniya”dir. Klub, kema egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish javobgarligini sug‘urtalaydi. Bundan tashqari, yukka etkazilgan zarar uchun javobgarlik, kemalarning bir-biriga to‘qnashishi javobgarligi, dengizni neft mahsulotlari bilan ifloslanish javobgarligini sug‘urtasini ham klublar amalga oshiradi. Kema egalarining klub sug‘urta foiziga to‘laydigan sug‘urta badallari kemaning yuk ko‘tarish qobiliyatiga, klassiga va boshqa texnik parametrlariga nisbatan belgilanadi. Download 41.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling