MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiy asi tomonidan taklif qilingan operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981 y ilda pay do bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft kompaniy asi tomonidan IBM
uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM - uyg‘un kompy uterlar uchun standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi bo‘lib, u ko‘pfoy dalanuvchili va ko‘pmasalali m aromlarni qo‘llab-quvvatlay olmay di.
Operatsion tizimning muhim xususiy atlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan foy dalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun y axshi asos taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy etgan buy ruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fay llar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |