Mustaqil ishi 17. Xo’jalik yuritish sub’ekti moliyaviy taraqqiyotining ko’p variantli bashorati masalalari


Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko'rsatish mumkin


Download 62,2 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi62,2 Kb.
#1056782
1   2   3   4   5
Bog'liq
90-02 Н.Тоғаева Молиявий реж-риш (1)

Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko'rsatish mumkin:

  • xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish;
  • operativ rejalarning o'zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;
  • o'z reja topshiriqlarining bajarilishini ta'minlash uchun xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy resurslarga bo'lgan aniq ehtiyojlarini aniqlash;
  • moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, ichki va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
  • xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasini boshqarish tizimini yaratish va uni qo'llab-quvvatlash;
  • shakllantirilgan rejalarni operativ o'zgartirish tartibini ish lab chiqish.

Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo'lishi mumkin:

  • strategik moliyaviy rejalashtirish;
  • joriy moliyaviy rejalashtirish.
  • Strategik moliyaviy rejalashtirish o'z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o'zgarayotgan xo'jalik yuritish sub'ekti moliyaviy taraqqiyotining ko'p variantli bashoratidan iboratdir.

Strategik moliyaviy reja, hech bo'lmaganda, quyidagi savollarga aniqjavob bermog'i lozim:

  • xo'jaJik yurituvchi sub'ekt uchun talab qilinadigan kapitalning o'lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?
  • bu kapitaldan qanday qtlib foydalaniladi?
  • o'z kuchiga ishongan holda xo'jalik yurituvchi sub 'ekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yo'q bo'lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday?
  • xo'jalik yurituvchi sub'ekt pul mablag'lari tushumi, ish lab chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadJigining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?

O'z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • • ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoJiyatlarini hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslarning hajmi va manbalarini aniqlash;
  • • mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tannarxini rejalashtirish;
  • • pul oqimlarini rejalashtirish;
  • • butun xo'jalik yurituvchi sub'ekt doirasida foydani rejalashtirish;
  • • investitsiya daromadliligini rejalashtirish.

Download 62,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling