Mustaqil ishi 3 Mavzu-1: Tarmoqlanuvchi algoritmlar va dasturlar
Mavzu-5 :Abstrakt sinflar tashkil etish va ulardan foydalanish usullari
Download 25.47 Kb.
|
Musrtaqil ishi 3
Mavzu-5 :Abstrakt sinflar tashkil etish va ulardan foydalanish usullari.
Abstraksiya (lot. abstractio – ajratish, mavhumlash) – 1) butunning tomoni, momenti, boʻlagi, fragmenti, rivojlana olmagan, bir tomonlama, fragmentar (abstrakt) narsa; 2) bilishda ob’ektiv reallikdagi predmet, hodisalarning ikkinchi darajali, uncha muhim boʻlmagan ayrim xususiyatlari-dan xayolan uzoqlashtiruvchi va shu asosda ularning eng muhim, asosiy tomonlarini boʻrttirib koʻrsatuvchi fikriy model. Narsa va hodisalarning konkret tomon, belgilaridan uzoqlashish va muhim jihat, belgilarini ajratish jarayoni abstraksiyalash (mavhumlashtirish), shu jarayonning natijasi, yakuni, xulosasi esa A. deyiladi. A. bilishda tushuncha, kategoriya shaklida namoyon boʻladi. Mavhumlashtirish asosan tafakkoʻrning muhim xususiyati hisoblansada, lekin tasavvurda ham abstraksiyaning ayrim elementlarini uchratish mumkin. Abstraksiyalash jarayonida turli kategoriyalar, qonun, qonuniyat, sababiyat kabi mavhum tushunchalar vujudga kelib, bu tushuncha va kategoriyalar olamni bilishning muhim yakunlarini, natijalarini qurollarini tashkil etadi. Olamni oʻrganishda, hodisalarning mohiyatini ochishda, ular haqida toʻgʻri xulosalar chiqarishda A. ning ahamiyati katta. Abstraksiyalash miyaning sof ichki mahsuli emas, u reallikdagi hodisalar xususiyatini u yoki bu tarzda aks ettirishning hosilasidir. Reallikdagi har bir predmet bevosita yoki bilvosita boshqa predmet bilan bogʻliq va u bilan birga qandaydir umumiylikka ega. Shuning uchun har bir predmetning faqat oʻziga xos hislatlari bilan birga umumiy tomonlari ham borki, bular shu predmetning ma’lum tartibga, qandaydir umumiy qonuniyatga boʻysunishini koʻrsatadi. Shu umumiy tomonlarda bir turdagi qator predmetlarning hammasiga xos boʻlgan xususiyatlar ifodalanadi, buni faqat predmetning ayrim tomonlarini mavhumlashtirish, ulardan uzoqlashib, umumiy tomonlarini aniqlabgina bilish mumkin. A. jarayonida real predmetlardan ajralib qolish hodisalari ham koʻp uchraydi, bunda u asosli xulosalarga emas, balki xato natijalarga, quruq formula, sxemalarga olib keladi. A. ilm-fan, san’at uchun reallikni toʻgʻri va chuqur, har tomonlama bilish quroli boʻlib xizmat qiladi. Falsafa A. va abstraksiyalashning mohiyati, mazmuni, tabiati, ahamiyatini eng umumiy shaklda yoritib beradi. Aning turli xususiy tomonlari mantiq, psixologiyada ham tahlil etiladi. A. dialektika doirasida talqin etilganda, "konkretlikdan abstraktlikka oʻtish" va "abstraktlikdan konkretlikka oʻtish" degan dialektik bilish usullari asoslab beriladi OOP(Object Oriented Programming) asoslarini o'rganish davomida, e'tiborimizni qaratishimiz lozim bo'lgan bir tushuncha bor. U - abstraktsiyadur(abstraction). Bugun shu haqida gaplashib o'tamiz. Abstraktsiya o'zi nima? Abstraktsiya obyektga yo'naltirilgan dasturlash (OOP) tillarining asosiy tushunchalaridan biridir. Uning asosiy maqsadi foydalanuvchidan keraksiz ma'lumotlarni yashirish orqali murakkablikni boshqarishdir. Bu foydalanuvchiga barcha yashirin murakkablikni tushunmasdan, undan foydalanishga imkon yaratadi. Abstraktsiya faqatgina dasturlashga taaluqli bo'lgan tushuncha emas, uni real hayotimizda ham ko'p javhalarda kuzatishimiz mumkin. Keling bo'lmasa, abstraktsiya tushunchasini, kundalik hayotimizda uchrab turadigan bankomatlardan pul yechish mavzusiga bog'lab ko'ramiz. Abstraktsiya va bankomatdan pul olish Tasavvur qiling siz talabasiz va bugun sizning bank kartangizga stipendiya tushdi. O'zingizni - o'zingiz mehmon qilish maqsadida, kartadagi mablag'ni naqd ko'rinishga keltirish uchun bankomatga tashrif buyurdingiz. Bankomatdan o'zingizga kerakli bo'lgan summani belgilab, uni naqd ko'rinishida qabul qilib oldingiz. Ushbu jarayonda siz bilishingiz kerak bo'lgan ish bu - bankomat aparatiga kartani solib, yechilgan pulni qabul qilish. Sizga bankomat aparati o'zi qanday ishlaydi va pulni naqdlash jarayoni qanday bo'ladi - bu ahamiyatsiz. Kimdir bundan xavotirlanib, bankomat aparatini yaratdi, endi u abstrakt vazifasini bajaradi va sizga taaluqli bo'lmagan tafsilotlarni yashiradi. Siz shunchaki ichki dastur haqida hech qanday bilim talab qilmaydigan oddiy interfeys bilan o'zaro aloqada bo'lasiz. Dasturlashda ham shu kabi tushunchalar o'rinli. Endigi navbatda C# dasturlash tilidan foydalanib mavzuni yanayam mustahkamlaymiz. C# dasturlash tilida abstraktsiya Abstraktsiya tushunchasi asosan sinf va metodlar uchun foydalaniladi va abstract kalit so'zi yordamida quriladi. Abstrakt sinf- bu sodda qilib aytganda cheklangan sinf. Ya'ni undan obyekt olish taqiqlangan. Unga kirish uchun, undan voris sinf olish lozim. Abstrakt metod - bu tanasi mavjud bo'lmagan, hamda faqatgina abstrakt sinfda ishlovchi metod hisoblanadi. Uni tanasi esa, voris sinfda taqdim etiladi. Endi misollar bilan tanishib chiqamiz. Example 1 using System; // abstrakt class 'Hayvonlar' public abstract class Hayvolar { // abstrakt metod 'Ovoz()' public abstract void Ovoz(); } // class 'Hayvolar' dan olingan voris class 'Sigir' public class Sigir : Hayvolar { // Qayta ishlangan 'Ovoz()' metodi public override void Ovoz() { Console.WriteLine("Moo"); } } class Program { static void Main(string[] args) { // Sigir obyektini yaratish Sigir sigir_obj = new Sigir(); // abstrakt metodni chaqirish sigir_obj.Ovoz(); } } Natija: Moo Ota sinfda joylashgan abstrakt metoddan foydalanish avvalida override kalit so'zini yozib qo'yish talab etiladi. Sinfni abstrakt ko'rinishga keltirish, uning ichida faqatgina abstrakt metodlari bo'lishi kerakligini anglatmaydi. Sinfda oddiy metodlardan ham foydalanish mumkin. Example 2 using System; abstract class AbstractClass { // Abstrakt bo'lmagan metod public int AddTwoNumbers(int num1, int num2) { return num1 + num2; } public abstract int MultiplyTwoNumbers(int num1, int num2); } class VorisClass : AbstractClass { public override int MultiplyTwoNumbers(int num1, int num2) { return num1 * num2; } } class Program { static void Main(string[] args) { VorisClass d = new VorisClass(); Console.WriteLine($"Yig'indi: {d.AddTwoNumbers(4, 6)}, Ko'paytma: {d.MultiplyTwoNumbers(6, 4)}"); } } Natija: Yig'indi: 10, Ko'paytma: 24 Download 25.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling