Lot abstractio ajratish, mavhumlash) 1) butunning tomoni, momenti, boʻlagi, fragmenti, rivojlana olmagan, bir tomonlama, fragmentar (abstrakt) narsa
Download 61.43 Kb.
|
Taffakur
TaffakurAbstraksiya (lot. abstractio — ajratish, mavhumlash) — 1) butunning tomoni, momenti, boʻlagi, fragmenti, rivojlana olmagan, bir tomonlama, fragmentar (abstrakt) narsa; 2) bilishda ob’ektiv reallikdagi predmet, hodisalarning ikkinchi darajali, uncha muhim boʻlmagan ayrim xususiyatlari-dan xayolan uzoqlashtiruvchi va shu asosda ularning eng muhim, asosiy tomonlarini boʻrttirib koʻrsatuvchi fikriy model. Narsa va hodisalarning konkret tomon, belgilaridan uzoqlashish va muhim jihat, belgilarini ajratish jarayoni abstraksiyalash (mavhumlashtirish), shu jarayonning natijasi, yakuni, xulosasi esa Abstraksiya deyiladi. Abstraksiya bilishda tushuncha, kategoriya shaklida namoyon boʻladi. Mavhumlashtirish asosan tafakkoʻrning muhim xususiyati hisoblansada, lekin tasavvurda ham abstraksiyaning ayrim elementlarini uchratish mumkin. Abstraksiyalash jarayonida turli kategoriyalar, qonun, qonuniyat, sababiyat kabi mavhum tushunchalar vujudga kelib, bu tushuncha va kategoriyalar olamni bilishning muhim yakunlarini, natijalarini qurollarini tashkil etadi. Olamni oʻrganishda, hodisalarning mohiyatini ochishda, ular haqida toʻgʻri xulosalar chiqarishda A. ning ahamiyati katta. Abstraksiyalash miyaning sof ichki mahsuli emas, u reallikdagi hodisalar xususiyatini u yoki bu tarzda aks ettirishning hosilasidir. Reallikdagi har bir predmet bevosita yoki bilvosita boshqa predmet bilan bogʻliq va u bilan birga qandaydir umumiylikka ega.
Download 61.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling