- Tafakkur qilish jarayonida, ayrim fikr yuritish operatsiyalarida bizda
- paydo bo‘ladigan fikrlar hukm tariqasida shakllanadi. Hukm – biror narsa
- (yoki biror kimsa) haqida biror nimani tasdiqlash yoki inkor qilish demakdir. Masalan, «Bu stol – yog‘och stol», «Tuyaqushlar ucha olmaydi», «Hamma fanlar foydali». Hukmda biror nima haqida yoki biror kimsa haqida
- tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsa hukm mavzuyi bo‘ladi. Hukmlarda
- buyumda biror belgilarning borligi yoki yo‘qligi – uning boshqa buyumlar
- bilan bog‘lanishi va munosabatlari tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Shu
- sababli hukmlar sifatiga qarab bir-biridan farq qilinib, tasdiqlovchi hukm va
- inkor qiluvchi hukm deb aytiladi. Shu hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor
- qilingan narsalar esa hukmlarning mazmunini tashkil qiladi.
- Hukm mavzui va uning mazmuni idrok qilinishi, tasavvur etilishi va
- fikrga keltirilishi mumkin, ya’ni tushunchalar tarzida ifodalanishi mumkin. Binobarin, idroklar, tasavvur tushunchalar ikki elementining (mahsullarining) mazmunini hukmning psixologik (subyektiv) jihatini tashkil176
- etadi. Lekin elementlarning bu qo‘shilishini ularning assotsiatsiyalar asosida ketma-ket bir-biri bilan almashinish tariqasidagina tushunish
- yaramaydi. Bunda shunday bog‘lanish ham bo‘lishi mumkin. Lekin tasdiqlash yoki inkor qilishning o‘zidagi mazkur elementlarning bog‘lanishi
- hukm (fikr) spetsifikasini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |