Mustaqil ishi 3-mustaqil ish glossariy


Download 36.32 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi36.32 Kb.
#1272059
Bog'liq
3-MUSTAQIL ISH GLOSSARIY




Turan International Universityning
S.ATDT
-22-DU gurux talabasi
Abduqaxxorov Umidjonning
O`zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI
3-MUSTAQIL ISH
GLOSSARIY
1.Sessiya – (lot. sessio — majlis, yig‘ilish) Ish, mashg‘uloti davriy
ravishda amalga oshiriladigan vakolatli organlarning, sud yoki
jamiyatlarning ish, yig‘ilish o‘tkazadigan davri.
2.Deputat – (lot. deputatus — vakil qilingan, yuborilgan) Vakolatli
davlat organiga saylangan kishi, vakil.
3.Afv etish – Sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish yoki berilgan jazoni yengillashtirish. Odatda afv davlat boshlig‘ining qarori bilan amalga kiritiladi.
4.Referendum – (lotincha – ma’lum qilinishi zarur bo‘lgan narsa)
Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonun qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash.
5.Yurisdiksiya – (lotincha – sud qilish, sud jarayoni) Huquqiy masalalarni hal qilish, sudlov ishlarini olib borish huquqi. Muayyan davlat organi
vakolatlari doirasidagi huquq sohasi.
6.Doktrina – (lotincha – ta’limot; o‘qimishlilik) Ilmiy yoki falsafiy
ta’limot, nazariya; asosiy nazariy yoki siyosiy nuqtayi nazar.
7.Simpozium – (musiqa, she’r o‘qish bilan o‘tadigan yig‘in) biror ilmiy
masala bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy kengash; ilmiy anjuman.
8.Festival – (ital. – bayramona, shod, quvnoq) san’atning musiqa,
kino, teatr va boshqa sohalarida erishilgan eng yaxshi yutuqlar bo‘yicha
o‘tkaziladigan tanlov, ko‘rikdan iborat ommaviy bayram, tantana, sayil.
9.Galereya – (fr. – peshayvon) binoning ikki qismini birlashtiruvchi
usti yopiq uzun yo‘lak; tomosha zalida eng yuqorigi yarus.
10.Delimitatsiya – (lot. – chegaralamoq, ajratmoq) davlat chegaralarini
tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflash va xaritalashtirish asosida
belgilash; belgilangan chegaralarni qayta ko‘rib chiqish.
11.Sammit – (ingl. – tepa, yuqori, cho‘qqi; yuksak daraja) ikki yoki bir
necha davlat boshliqlarining muhim xalqaro masalalar bo‘yicha
uchrashuvi; oliy darajadagi kengash.
12.Diversifikatsiya – (lot.diversificatio – o‘zgarish, xilma-xil) ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy bankrotlikni oldini olish
maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentining kengaytirilishi, mahsulot sotiladigan bozorlarni o‘zgartirish yoki yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashish.
13.Logistika – (yun. logistike – hisoblash, muhokama san’ati) Inson faoliyatining u yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi.
14.Konvertatsiya – (lot. convertatio – o‘zgartirish, aylantirish) Milliy
valyutaning amaldagi kurs bo‘yicha boshqa xorijiy valyutalarga erkin va
cheklanmagan miqdorda almashtirilishi.
15. Dotatsiya (lot. — tuhfa) – maʼlum harajatlarni qoplash uchun
iqtisodiyotning bir subʼyekta tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik
sharti bilan pul mablagʻi berilishi.
16.Aeronavigatsiya – (lot. — kemada suzish) Uchish apparatlarini tegishli asbob va vositalar yordamida belgilangan yo‘ldan olib borish haqidagi fan; havo navigatsiyasi.
Download 36.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling