Mavzu: M41 avtomobil yo‘li bilan Termiz daryo portini birlashtiruvchi k-600 avtomobil yo‘lining 4 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasini ishlab chiqish


Download 289.18 Kb.
bet1/13
Sana17.06.2023
Hajmi289.18 Kb.
#1523305
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Islom


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“QURILISH” FAKULTETI
“YO‘L MUHANDISLIGI” KAFEDRASI
“Tasdiqlayman”
“Yo‘l muhandisligi” kafedrasi mudiri
_____________ PhD. Karimov M. R.
“______” _________________ 2023 yil

Bitiruv malakaviy ishi

Mavzu: M41 avtomobil yo‘li bilan Termiz daryo portini birlashtiruvchi 4k-600 avtomobil yo‘lining 2-5.4 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasini ishlab chiqish.


Bajardi: Pirmatov Javohir
BMI raxbar: ________________________________________
Maslaxatchi:________________________________________
Kafedra mudiri: PhD. Karimov M. R.

Termiz2023



Mundarija.
1. Kirish
2. Yo’l o’tgan hududning tabiiy iqlim sharoiti
3. II -Yo’l toifasining texnik parametrlari
4. Yo’lning kelajakdagi kutilgan harakat jadalligini hisoblash
5. Yo`lning bo’ylama kesimi va uning elemental
6. Yo`lning ko`ndalang kesimi va uning elementlari
7. M41 avtomobil yo‘li bilan Termiz daryo portini birlashtiruvchi 4k-600 avtomobil yo‘lining 2-5.4 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasini nuqsonlar qaytnomasi
8. Loyiha qilinayotgan yo’limizni kanstruksiyasini 13 t ga yuk ko’tara olishini
hisoblash
- yo’l to’shamasi konstruksiyasini hisoblash
- Elastik bukilishga hisoblash
- Surilishga, bukilishga hisoblash
9. Mexnat muxofazasi
10. Xulosa
11. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Yo‘l tarmoqlarining yuqori darajada rivojlanish, umumiy yuk tashishda avtomobil transporti salmog‘ining ortishi, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va savdoni rivojlantirish jarayonini tezlashtiradi, yangi ish o‘rinlarini vujudga keltiradi va aholining shaxsiy tashabbusini rivojlantirishga qo‘maklashadi. Shuning uchun, umumxalq boyligi, yurt farovonligi ko‘zgusi bo‘lgan avtomobil yo‘llarini axamiyati beqiyosdir.
Mamlakatimizning okeanlardan olisligi, to‘g‘ridan – to‘g‘ri iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, dunyo hamjamiyatlariga chiqish, hamda davlatimizga tranzit yuklarni kirish va chiqarishini ta'minlovchi transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Shu sababli Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan jahon bozoriga chiqishning O‘zbekiston uchun eng qulay va qisqa yo‘llarini loyihalash, ularni qurish haqida qayg‘ura boshlagan edi. Ushbu masalani hal qilishda Respublikamiz rahbariyati tarixan mavjud bo‘lgan Karvon yo‘llarini rivojlantirishga qaror qildi. Buning isboti sifatida insoniyat taraqqiyotining eng ulkan yutuqlaridan biri xisoblangan Buyuk Ipak yo‘lini ko‘rishimiz mumkin.
Umumiy transport vositalari orqali, ya'ni temir yo’li, havo yo’li, suv yo’li, quvur va avtomobil yo’llari orqali har xil hajmdagi xalq xo’jalik yuklari turli xil masofalarga tashiladi, ulardan temir yo’l ko’p hajmda va uzoq masofalarga tashishni o’z zimmasiga olgan. Bugungi kunda respublika bo’yicha transportda tashilayotgan yuklarning 80 % ga yaqini avtomobil transporti zimmasiga to’g’ri keladi. Avtomobil transportining qulaylik tomoni uning eshikdan-eshikkacha xizmat ko’rsatishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 14-fevraldagi “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra "Uzavtoyo‘l" avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tugatiladi. Uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etiladi. Farmon avtomobil yo‘llari va sun'iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yo‘l xo‘jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, loyihalashtirish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to‘laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida qabul qilindi. "Uzavtoyo‘l" DAK 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tashkil qilingandi. Ushbu kompaniya tashkiliy boshqaruv tuzilmasi asosan mamlakatdagi avtomobil yo‘llarining barcha tarmoqlari ehtiyojlarini to‘la ravishda qoplashni ta'minlashga qaratilgandi.
Bugungi kunda O’zbekistondagi avtomobil yo’llari tarmog’ining uzunligi hozirda 184 ming kilometrdan ortiqni tashkil etadi. Undan 42,6 ming kilometrdan ortiqrog’i umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llaridir.
Yo‘l xo‘jaligi sohasining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuksak ahamiyatga ega ekani uning muhim xususiyati hisoblanadi. Iqtisodiyotning umumiy rivoji, aholi barcha qatlamlarining hayot sifati ayni shu tizimning samarali faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liq.
Mustaqillik yillarida viloyatlar va tumanlarning ma'muriy markazlarini bog‘lovchi keng tarmoqli transport aloqalari hamda davlatlararo xavfsiz transport tashuvlarini ta'minlashga qaratilgan yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha katta miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.
Ayni vaqtda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini boshqarish tizimi, avtomobil yo‘llarini saqlash, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yo‘naltirilayotgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ana shu yo‘llarning bugungi kundagi holati bilan bog‘liq bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda.
Mamlakatimizda avtomobil yo‘llari tarmog‘i bo‘yicha yuzaga kelgan haqiqiy holat va rivojlanish darajasi yo‘l xo‘jaligining barcha yo‘nalishlariga doir aniq va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishni, avtomobil yo‘llarini boshqarishda hamda iqtisodiyot va aholi ehtiyojlariga muvofiq respublikamizda yo‘l tarmog‘i holatini sifat jihatidan o‘zgartirishga qaratilgan qo‘shimcha choralar qabul qilishni taqozo etmoqda.
Ayni vaqtda qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining holati bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda, ushbu avtomobil yo‘llarining aksariyat qismi belgilangan sifat va xavfsiz harakatlanish talablariga javob bermaydi.
Yangi turar joy mavzelarining barpo etilishi, shaharlarning kengaytirilishi, transport vositalari sonining jiddiy ko‘payishi mintaqaviy avtomobil yo‘llari holatini tubdan yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rishni talab qiladi.
Tuman va shaharlarning yo‘l tashkilotlari yo‘l-ta'mirlash texnikasi, moddiy-xomashyo resurslari bilan yetarli darajada ta'minlanmagan, har yili ajratilayotgan mablag‘lar xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini zarur darajada saqlash va ta'mirlash ishlarining sifatli bajarilishini ta'minlash uchun yetarli emas.
Shu munosabat bilan mintaqaviy avtomobil yo‘llarining yo‘l qoplamalari holatini zarur darajaga keltirish va ularni ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirish orqali yo‘l-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini va hududlarini istiqbolli rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Dasturda quyidagi vazifalar nazarda tutilgan:
2017-2018 yillarda 5454 kilometr, jumladan, 2017 yilda – 2700 kilometr, 2018 yilda – 2754 kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko‘chalarini kapital va joriy ta'mirlash; 
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko‘chalarini joriy ta'mirlash ishlarini bajarish uchun mintaqaviy yo‘llarni ta'mirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni 330 ta yo‘l texnikasi bilan ta'minlash; 
mavjud respublika xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullar ko‘chalarini bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish va ularni pasportlashtirish, bu boradagi ishlar natijalari bo‘yicha elektron ma'lumotlar bazasini yaratish. 
Bugun hayotimizni yo‘llarsiz tasavvur qila olmaymiz. Uyimizdan chiqishimiz bilan manzilga borish uchun yo‘l yurishimizga to‘g‘ri keladi. Yo piyoda yoki avtomobilda. Yo‘limiz ravon bo‘lsa, manzilimizga istalgan paytda yetib boramiz. Rejadagi yumushlarni o‘z vaqtida bajaramiz. Aksi bo‘lsa-chi...
Biz yurtimizda yo‘l qurish va yo‘lsozlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ayrim ishlar borasida to‘xtaldik. Yo‘llarning ravonligi ko‘ngillarga yorug‘lik baxsh etadi. Bu yorug‘lik esa ko‘ngilning obod­ligidan dalolat. Yurt­ning obodligi ko‘ngilning obodligi demakdir.

Download 289.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling