MUSTAQIL ISHI TARIX FAKULTETI TARIX TA’LIM YO`NALISHI ISROILOV PAHLAVONNING ISLOM KARIMOV Amir Temur shaxsini idrok etish – tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash- o`zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug`lash- tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir. - Marsel Brion 1895-yili Marsellik advokat Brayon oilasida tavallud topgan. Parijdagi universitetlardan birida huquqshunoslik bo`yicha ta’lim olgan. Qisqa muddat huquq sohasida ishlab, keyinchalik adabiyot sohasida ijod qilgan. Umri davomida yuzga yaqin asarlar yozgan.
“Menkim, sohibqiron- jahongir temur “asari haqida - “Tamerlan” asarining birinchi tahririni M.Brion 1942-yili, to`ldirilgan va qayta ishlangan ushbu romanini 1963-yilda Parijdagi Albin Mishelga qarashli “Wraitten in French” bosmaxonasida chop ettirgan. Mazkur asar xuddi shu bosmaxonada 1999-yilgacha sakkiz marta chop etilgan. Bu asarni yozishdan oldin M.Brion memuar va tarixiy-biografik asarlar borasida ancha tajribaga ega bo`lgan ijodkor edi.
- Marsel Brionda Temur va Temuriylar davriga qiziqish uyg`otgan omil 1941-yili Samarqandda antropolog Gerasimov ishtirokida Amir Temur va Temuriy shahzodalardan bir necha kishining qabrini ochib, olib borilgan tadqiqot ishlari bo`lishi mumkin. Brion bu asarini 1942-yil yozib tugatgan.
Amir temurga ism qo`yilishi haqida - Amir Temur tug`ilishidan bir yil avval otasi bomdod namoziga yaqin tush ko`radi. Tushida uning yoniga bir farishta sifat mo`ysafid kelib, qo`liga qilich beradi. Uyg`ongach mahalla imomi Shayx Zayniddindan bu tush ta’birini so`raydi. Shunda imom uning o`g`il farzand ko`rishi, bu bola qilich bilan butun dunyoni qo`l ostiga birlashtirishi va yetti iqlimga islom dinini yoyishi haqida gapiradi.
. - Amir Temur tug`ilganidan so`ng unga qanday ism tanlash maqsadida Amir Tarag`ay yana o`sha imomga murojaat qiladi. Imom “Temur” deb nom berishni taklif qilgan. Chunki o`sha payt Imom Qur’oni Karimning 67-surasidagi mana bu oyatini qiroat qilib turgan ekan:” Ey sen, nahotki osmondagi Zot, yerni oyoqlaring ostida qulatishidan va uning larzaga kelishidan qo`rqmasang”. “Larza” so`zi arabcha “Tamurru” tarzida talaffuz etiladi va u Temur talaffuziga yaqin. Shu tufayli ham Shayx Zayniddin unga aynan shu nomni tanlagan bo`lsa kerak.
Amir temurning ustozlari - Mullo Alibek- savod chiqarish uchun undan yettimyoshgacha ta’lim olgan.
- Shayx Shamsiddin- yetti yoshdan boshlab bu insondan Kalom ilmini puxta o`rgangan.
- O`n yoshida Qur’onni to`liq yod olgan.
- Abdulla Qutb- uning keyingi ustozi edi. Shu payt Temur o`n to`rt yosh edi
- O`n olti yoshida harbiy san’atni puxta egallagan.
AMIR TEMURNING XISLATLARI - Amir Temur har sohada mukammal bilim egalladi. Chavandozlik, tirandozlik, qilichbozlikda unga teng keladigani bo`lmagan.
- Arab, fors va turk tillarida erkin so`zlashgan.
- Kalom ilmida va islom huquqshunosligida o`ta beqiyos ilmga ega bo`lgan.
- Olimlarni, shoirlarni beqiyos qadrlagan.
Amir Temurning turmush og`oga uylanishi - Balog`atga to`lgach, Amir Temur o`sha vaqtdagi Samarqand amiri Amir Yaxmak xizmatiga o`tadi va jang-u jadallar ichida yuradi.
- Uning xizmatida yurgan payt qoraxitoyliklar ustiga yurish qiladi.
- Shunda qoraxitoylik qiz Turmush og``ga ko`ngil qo`yib unga uylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |