Mustaqil ishi Bajardi : Alijonov Firdavs Tekshirdi: Tursimuratov Saparniyaz Toshkent-2022 Mavzu: Optik aloqa tizimlarining rivojlanishi, telekommunikatsiya tarmoqlarining o’rni va afzalliklari reja


Download 488.3 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi488.3 Kb.
#1038698
1   2   3   4
Bog'liq
OPTIKA MUSTAQIL ISH

O‘tkazish oralig‘ining kengligi. Bu tashuvchi chastotasining juda yuqoriligi 1014 — 1015 Hz bilan tushuntiriladi. Bitta optik tola bo‘ylab sekundiga bir necha terabit axborotlar oqim ini uzatish imkoniyati mavjud. O‘tkazish oralig‘ining kengligi optik tolaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun turuvchi eng muhim afzalligidir.
Shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi. Optik tola dielektrik materiallar – kvars, ko‘p tarkibli shisha, polimerlardan tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash xususiyatiga ega atrofidagi mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning (elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar) tashqi elektromagnit shovqinlariga ta’sirchan emas.
Yengilligi, hajmi va o‘lchamlarining kichikligi. Optik kabellar mis kabellar bilan solishtirilganda ancha yengil va hajmi kichik. Masalan, 900 juftli 7,5 sm diametrli mis telefon kabeli 0,1sm diametrli bitta optik tola bilan almashtirilishi mumkin. Agar optik tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va bron po‘lat lenta bilan qoplangan bo‘lsa, bunday tola diametri 1,5 sm ga teng bo‘ladi, bu esa ko‘rilayotgan mis kabel diametridan bir necha marta kichik.
Yong‘indan himoyalanganligi. Optik tolada uchqun hosil bo‘lmasligi kimyoviy, neftni qayta ishlovchi korxonalarda, portlash va yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan binolarda xavfsizlikni oshiradi.
Iqtisodiy jihatdan samaradorligi. Optik tola kvarsdan ishlab chiqariladi. Uning asosini tabiatda keng tarqalgan kremniy ikki oksidi SiO2 tashkil etadi. Demak tolali optik kabellarni ishlab chiqarish uchun noyob rangli metal sarflanmaydi. Mis va qo‘rg‘oshinning dunyoviy zahiralari chegaralangan hozirgi vaqtda noyob bo‘lmagan maxsulotga o‘tish kabelli aloqa texnikasining kelgusi rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Natijada optik kabellarning narxi mis kabellarga nisbatan arzonlashadi.


2019 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etdi.
2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56,0 ming so‘mni tashkil etdi.
Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, shundan mobil Internet foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha 237 ta ob’ektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/s.ga yetkazildi.
Shuningdek, “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 10,0 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km. ga yetkazildi.
Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2 017 ta mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 96 foizga va mobil Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi. Internet tarmog‘iga keng polosali simli ulanishni kengaytirishni amalga oshirish doirasida operatorlar va provayderlar tomonidan 786 mingta port montaj qilindi va umumiy keng polosali tarmoqqa ulanish portlari soni 1,9 mln.ga yaqin yetkazildi.
Servis, turizm, savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlarining jozibadorligini oshirish maqsadida barcha diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlar, temir yo‘l vokzallari, aeroport, turistik ob’ektlar hamda Toshkent metropolitenining barcha ob’ektlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, telekommunikatsiya operator va provayderlari tomonidan 685 dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga ulanish nuqtalari ishga tushirildi.
XULOSA:
Telekommunikatsiya tarmoqlarining tadrijiy rivojlanishini mamlakatimizda aloqa tarmoqlarini raqamlashgan tizimga o‘tkazish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar bilan chambarchas bog‘lash mumkin. Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi AKT ni rivojlantirishning asosi hisoblanadi. O'zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish mamlakat hududini to'la qamrab olgan. Mazkur tarmoqda NGN va MPLS rususmidagi zamonaviy elektron telefon stantsiyalari avlodidan foydalanilmoqda. Simli aloqa tarmoqlarining raqamlangan sig'imi milliondan oshiqni tashkil qiladi. O'zbekiston hududida har bir fuqaro va muassasa simli aloqa telefonlarini o'rnatish imkoniyatiga ega.



Download 488.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling