Mustaqil ishi Bajardi: 201- guruh talabasi Xamidov I. Tekshirdi: Yusupov. O. 1-Mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlashning kelib chiqish tarixi. Rivojlanish tarixi
-Mavzu: Sinflar va const o’zgaruvchilar
Download 34.33 Kb.
|
programmalash mustaqil
4-Mavzu: Sinflar va const o’zgaruvchilar
Sinf-struktura tushunchasi kengaytmasi sifatida. Sinflarni eng sodda holda quyidagicha tasvirlash mumkin: Sinf-kaliti Sinf-soni {komponentalar ro‘yxati} Sinf komponentalari sodda holda tiplangan ma’lumotlar va funksiyalardan iborat bo‘ladi. Figurali kavslarga olingan komponentalar ro‘yxati Sinf tanasi deb ataladi. Sinfga tegishli funksiyalar komponenta-funksiyalar yoki sinf funksiyalari deb ataladi. Sinf kaliti sifatida Struct xizmatchi so‘zi ishlatilishi mumkin. Masalan quyidagi konstruksiya kompleks son sinfini kiritadi. struct complex { double real; double imag; void define (double re=0.0, double im=0.0) { real=re; imag=im; } void display (void) { cout<=”real=”< }; Strukturadan bu sinfning farqi shuki komponenta ma’lumotlardan (real, imag) tashqari ikkita komponenta funksiya (define() va display ()) kiritilgan. Bu kiritilgan sinf o‘zgaruvchilar tipi deb karalishi mumkin. Bu tiplar erdamida konkret ob’ektlarni quyidagicha tasvirlash mumkin: Misol uchun: complex x,y; complex dim[8]; Sinfga tegishli ob’ektlar quyidagicha tasvirlanadi; Komponenta o‘zgaruvchilar va komponenta funksiyalar.Sinf kompanenta o‘zgaruvchilari sifatida o‘zgaruvchilar , massivlar, ko‘rsatkichlar ishlatilishi mumkin. Elementlar ta’riflanganda initsializatsiya kilish mumkin emas. Buning sababi shuki sinf uchun xotiradan joy ajratilmaydi. Kompanenta elementlariga kompanenta funksiyalar orkali murojat qilinganda faqat nomlari ishlatiladi Sinfdan tashqarida sinf elementlariga emas ob’ekt elementlariga murojat kilish mumkin . Bu murojat ikki xil bo‘lishi mumkindir. Ob’ekt- nomi . Element - nomi. Sinf elementlari sinfga tegishli funksiyalarida ishlatilishidan oldin ta’riflangan bo‘lishi shart emas. Xuddi shunday bir funksiyadan xali ta’rifi berilmagan ikkinchi funksiyaga murojaat kilish mumkin. Komponentalarga murojaat xukuklari. Komponentalarga murojaat xuquqi murojaat spetsifikatorlari yordamida boshkariladi. Bu spetsifikatorlar: Protected – ximoyalangan; Private – xususiy; Public – umumiy; Ximoyalangan kompanentalardan sinflar ierarxiyasi qurilganda foydalaniladi. Oddiy holda Protected spetsifikatori Private spetsifikatoriga ekvivalentdir. Umumiy ya’ni Public tipidagi komponentalarga dasturning ixtiyoriy joyida murojaat kilinishi mumkin. Xususiy ya’ni Private tipidagi komponentalarga sinf tashqarisidan murojaat qilish mumkin emas. Agar sinflar Struct xizmatchi so‘zi bilan kiritilgan bo‘lsa, uning hamma komponentalari umumiy Public bo‘ladi, lekin bu xuquqni murojaat spetsifikatorlari yordamida o‘zgartirish mumkin. Komponenta funksiya ta’rifi. Komponenta funksiya albatta sinf tanasida ta’riflangan bo‘lishi lozim. Global funksiyalardan farqli komponenta funksiya sinfning hamma komponentalariga murojat qilishi mumkin. Funksiyaning faqat prototipi emas to‘la ta’rifi sinf tanasida joylashgan bo‘lsa, bu funksiya joylashtiruvchi (inline) funksiya hisoblanadi. Ma’lumki inline funksiyalardassikllar, kalit bo‘yicha o‘tish operatori ishlatilishi mumkin emas. Bundan tashqari bunday funksiyalar rekursiv funksiya bo‘lolmaydi. Bu chegaralarni engish uchun sinf tanasiga faqat funksiya prototipi joylashtirilib, funksiyaning to‘la ta’rifi sinf tashqarisida dasturga kiruvchi boshqa funksiyalar bilan birga beriladi. Komponenta funksiyani sinf tashqarisida ta’riflanganda, qaysi sinfga tegishli ekanligini quyidagi shaklda ko‘rsatiladi: Sinf-nomi :: Komponenta funksiya-nomi Sinf tanasiga komponenta funksiya prototipi quyidagi shaklda joylashtiriladi: Tip funksiya-nomi(formal-parametrlar-ta’rifi) Sinf tashqarisida funksiya quyidagi shaklda ta’riflanadi: Tip sinf-nomi :: funksiya-nomi(formal-parametrlar-spetsifikatsiyasi) { funksiya tanasi }; Oldingi misoldagi employee sinfida funksiya sinf ichida ta’riflangan. Bunday funksiya joylanuvchi (inline) funksiya deb qaraladi. Funksiyani sinf tashqarisida ta’riflab sinf ichiga funksiya prototipini joylashtirish mumkin. Sinf ta’rifi bu holda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: class employee { public: long employee_id; float salary; void show_employee(void); }; Har xil funksiyalar bir xil nomli funksiyalardan foydalanishi mumkin bo‘lgani uchun funksiya nomi sinf nomi va global ruxsat operatori belgisi (::) qo‘yilishi lozim. void employee::show_employee(void) { cout<<"Nomer: "< Funksiya sinf tashqarisida ta’riflangan bo‘lsa ularni inline funksiya sifatida qarash uchun funksiya ta’rifida inline so‘zi aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Download 34.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling