Mustaqil ishi bajardi: Tekshirdi: Toshkent-2023
Download 100.51 Kb.
|
1. Hamraqulov S
Qishloq xoʻjaligi. Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Paxta ekini maydoni viloyatdagi sugʻoriladigan yer maydonining asosiy qismi (110 ming ga)ni tashkil etadi. Viloyatning 12 tumanidan 10 tasida paxta ekiladi. 1994 yildan Jizzax viloyatida gʻalla ekiladigan maydon keskin oshirildi. 2000 yilda 317,7 ming t gʻalla tayyorlandi. Gʻallachilikni rivojlantirish uchun tabiiy sharoitlar va boshqalar imkoniyatlar mavjud, Viloyat qishloq xoʻjaligida pillachilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Joylarda yiliga 440—480 t pilla yetishtirish imkonini beradigan tabiiy resurslar yaratildi.Qishloq xoʻjaligida kartoshka, poliz, sabzavot, uzum, hoʻl meva yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Bir yilda 25—30 ming t kartoshka yetishtiriladi. Poliz va sabzavotdan yiliga oʻrtacha 70 ming t dan hosil olinadi. Jizzax viloyatida 9,4 ming ga dan ortiq, maydon mevali bogʻ (olma, behi, shaftoli, oʻrik, olcha, gilos, anor), 7,9 ming ga tokzor, 2,4 ming ga tutzor, 410 ga koʻchatzor. 78,7 ming ga yer qoʻriqxonaga aylantirilgan.
Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 1241,4 ming ga, shu jumladan haydaladigan yerlar 478,5 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 266 ming ga, lalmi yerlar 212,5 ming ga, yaylovlar 850 ming ga, pichanzorlar 12,5 ming ga, koʻp yillik daraxtzorlar 21,5 ming ga.Don ekinlari 212 ming ga, paxta ekiladigan maydon 110,8 ming ga, sabzavotpoliz ekinlari 10 ming ga, ozuqa ekinlari 12,5 ming ga, 165 ming ga oʻrmonzor bor. Jizzax viloyatida jamoa, davlat, shirkat va fermer xoʻjaliklari mavjud. Fermer xoʻjaliklarining salmogʻi ortib bormoqda. Viloyat qishloq xoʻjaligida chorvachilik aloxida oʻrin tutadi. Barcha xoʻjaliklarda 280 mingdan ziyod qoramol, 800 mingdan koʻproq qoʻy va echki, qariyb 15 ming ot, 410 mingga yaqin parranda boqiladi.Viloyat hududida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan 1,2 mln gektar yer bor. Buning 1/3 qismidan dehqonchilikda foydalanilmoqda. Viloyatda paxta bilan birga g‘allakorlik ham katta salmoqqa ega . G‘alla maydonining kattaligi jihatidan Jizzax viloyati mamlakatimizda oldingi o‘rinlarda turadi. Mustaqillikdan oldin 210 ming tonna paxta, 80 ming tonna g‘alla yetishtirilgan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich bir necha barobar oshdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tomonidan Jizzax viloyatining 2021 yildagi sanoat sohasi tahlil qilindi. Download 100.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling