Mustaqil ishi bajardi: Tekshirdi: Toshkent-2023


Download 100.51 Kb.
bet1/8
Sana01.11.2023
Hajmi100.51 Kb.
#1737867
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Hamraqulov S


O`zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti
Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti

Geografiya (sirtqi) yo`nalishi 5-bosqich talabasi
Hamraqulov Sardorning
Geografik tadqiqot usullari fanidan bajargan

MUSTAQIL ISHI


Bajardi:____________________
Tekshirdi:____________________

Toshkent-2023

Mavzu: Shaxarlarning geografik o’rganilish asoslari


Reja:
Kirish

  1. Forish tumaniga iqtisodiy geografik tavsif

  2. Tumanning demografik rivojlanish bosqichlari

  3. Tuman xo’jaligining ixtisoslashuvi

  4. Tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mommolari va istiqbollari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

KIRISH


Forish tumani – Jizzax viloyatidagi tuman. 1935-yil 9-fevralda tashkil etilgan. 1962-yilda Nurota va Jizzax tumanlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1964-yilda qayta tashkil etilgan. Forish tumani dastlab Samarqand, 1964-yil Sirdaryo, 1974-yil Jizzax viloyatlari tarkibiga kiritilgan. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qozogʻiston, sharqdan Sharof Rashidov, Zafarobod, Arnasoy, Doʻstlik, Mirzachoʻl tumanlari, janubidan Gʻallaorol tumani, gʻarbdan Samarqand, Navoiy viloyatlarining Qoʻshrabot, Nurota tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 9,53 ming km². Aholisi 93,500 kishi.
Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha tuman nomiga oʻtgan Forish qishlogʻining nomi Amir Temur Samarkand atrofida qurdirmoqchi boʻlgan „Parij“ shahri nomidan olingan. Keyinroq mahalliy xalq shevasida bu atama Farij, Farish, Forish deb oʻzgarib borgan degan, taxmin mavjud.
Tuman hududi viloyatning shimoli.gʻarbiy qismida joylashgan. Relyefi payettekislik, qir, adir va Nurota, Pistali togʻlaridan iborat. Nurota tizmasi shimoli-sharqdan (230-250 m) janubi-gʻarbga (1400-2000 m) koʻtarila boradi. Eng baland joyi 2169 m (Zargar togʻidagi Hayotboshi choʻqqisi). Janubi-gʻarbda Nurota togʻlari va Qoʻytosh, Baliqlitov, Pistalitogʻ, Yetimtogʻi tizmalari joylashgan. Tumanda Arnasoy, Tuzkon, Baliqli, Pistali koʻllari va Aydar botigʻi bor.
Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, quruq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura 14,5°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —1,5°, eng past temperatura —32°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 29,5°, eng yuqori temperatura 46°. Yiliga oʻrtacha 340- 360 mm (shimoli-sharqida 240-260 mm, janubi-gʻarbida 459-480 mm) yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 216—218 kun. Adirlar kumtosh, qum, mergel, lyosslardan tashkil topgan, ayrim joylar chagʻir toshlar bilan qoplangan. Soylik, jar, yezda qurib qoladigan soy koʻp. Bahorgi yogʻingarchilik paytida soylarda suv toʻlib oqadi.

Download 100.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling