Mustaqil ishi Bajardi: Yusupova Guliston Qabul qildi: Jumaniyozov Fasliddin 2023-Yil. Reja
Provoslav cherkovlari diniy atrubutlar. Pravoslav oqimi
Download 88.5 Kb.
|
1- mustaqil ish
5.Provoslav cherkovlari diniy atrubutlar. Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri o’laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro’yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Evropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so’zidan olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u erdagi hukmron din edi. Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi etti butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta`limotining asosi deb tan olingan. Xristianlikning Sharqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 14 Mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, Polsha, Chexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan. Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov ta`limotiga ko’ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo’ladi. Cho’qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o’z tanasini uch marta suvga botirishi Xudo-otani, O’g’ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug’ilishni kasb etadi. Badanga eleyni surkash ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi. Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko’rinishida o’z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi. Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o’z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi. Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko’tarish uchun episkopning qo’lini o’sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo’yishi) orqali amalga oshiriladi. Badanni eley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Post diniy marosimi odatda, katta cherkov bayramlaridan oldin o’tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqealariga tayyorgarlikdan iborat.Rus Pravoslaviyasining ko’p kunlik postlari to’rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel kuni oldidan, Bogoroditsa uyqusidan oldin va Iso tug’ilgan kundan oldin. Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o’rinda turadi. Pasxa Isoning o’lganidan so’ng qayta tirilganini nishonlab o’tkaziladigan bayram. U yilning 22 aprelidan may oyining birinchi yakshanbasigacha o’tkaziladigan bayram. U «Ottsovskiy den»dan avval o’tkaziladi. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi pesax bayrami bilan bog’liq bo’lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to’la ajralib chiqqach pasxa yangicha tus olgan.Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular: Iso tug’ilishi, Sretenie, Isoni cho’qintirish, Preobrajenie, Quddusga kirish, Isoning osmonga ko’tarilishi, Troitsa Muqaddas butning osmonga ko’tarilishi, Blagoveshanie (Injilning nozil bo’lishi), Rojdestvo Bogoroditsi (Isoning xochga osilishi) va hakozo.X asr o‘rtalarida nasroniylik katolitsizm va pravoslaviyaga asta-sekin ajrala boshladi. 1054- yildan keyin, papa Lev IX Vizantiya imperiyasi cherkovini la'natlagach, pravoslaviya mustaqil yo‘nalish sifatida butunlay ajralib chiqdi.Avval boshdanoq pravoslaviyening yagona markazi bo‘lmagan, chunki Vizantiyadagi cherkov hokimiyati imperiyaning eng katta viloyatlarida joylashgan to‘rt patriarx o‘rtasida taqsimlangandi. Bular — Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya (Yunon) va Quddus patriarxlari edi.Vizantiya imperiyasi parchalanib ketgach, patriarxlarini har biri mustaqil pravoslav cherkovini boshqara boshladi.Keyinchalik Yaqin sharq va Sharqiy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham avtonom pravoslav cherkovlari vujudga keldi.Pravoslav ta'limoti asosini muqaddas kitob (Bibliya) hamda muqaddas rivoyatlar (cherkov rahnamolari hamda dunyo nasroniylari yig‘ini qarorlari) tashkil etadi. Pravoslavlar ham, katoliklar singari, nasroniylikning asosiy aqidalarini e'tirof etishadi. Ular — Xudoning uch birlikdan iboratligi, xudoning gavdalanishi, istigfor, Iisus Xristning tirilishi va arshi a'loga ko‘tari l ishi dir. Pravoslaviyening farqi esa kult shakllarida, shuningdek, ruhoniylarning jamiyatdagi holatidir. Pravoslav ruhoniylar oq (uylangan) va qora (uylanmaslik to‘g‘risida qasam ichgan) ruhoniylarga bo‘linadi. Pravoslaviyeda rasm-rusmlarni bajarishdagi o‘ziga xoslik shundan iboratki, ruhoniy Xudo va samoviy kuchlar bilan bevosita muloqotni ta'minlovchi vositachi, xolos. U, qavm kabi, oddiy odamdir. Rim papasi esa Xudoning yerdagi noibi, binobarin, Xudo kabi topinish ob'yektidir. Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi yetti butxona soborlarining qarorlari, shuningdek, Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damaskin, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan. Xristianlikning Sharqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 15 mustaqil (avtokefal) cherkov: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexiya, Slovakiya, Rus va Amerika cherkovlari vujudga keldi. Bu cherkovlardan eng kattasi Rus pravoslav cherkovi (RPCH, boshqa rasmiy nomi Moskva patriarxati) bo’lib, unga 19 ming cherkov va 127 yeparxiya birlashgan. Bulardan 150 dan ortiq cherkov va 5 yeparxiya chet elda faoliyat olib boradi. Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko’ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo’ladi.
6.Beruniy al-Xorazmiy, al-Fargoniy tabiatni bilish, organishda asoslangan kuzatish, taqqoslash, tajriba, mantiqiy umumlashtirish tahlil kabi metodlarini oz tadqiqotlarida togri qollash asosida ularni ilmiy mazmun jihatidan boyitdi. U oz ilmiy faoliyati jarayonida tabiatni bilishning tajriba ilmiy metodini ishlab chiqdi. Beruniyning bu metodiga kora, tabiatni bilishda eskilik, fanatizm, aqidachilik, shaxsiy garaz, subektivizmdan ozod, bolish, aksincha, tabiatning oziga, uni kuzatishda tajribaning rad etib bolmaydigan dalillariga asoslanish lozim. Shuni alohida takidlash kerakki, Beruniy asarlarida, uning tabiiy-ilmiy qarashlari bilan bogliq chuqur ijtimoiy-falsafiy mulohazalar, umumlashmalar ham oz ifodasini topgan. U Forobiy falsafiy talimotiga asoslanib ollohni hamma narsaning birinchi sababi, deb hisoblaydi. Uning tushunishicha ham xudo hamma narsaning yaratuvchisi ekanligi etirof qilinadi. Lekin Beruniy shu birinchi sababdan kelib chiqqan hamma narsaning rivojlanish va ozgarish huquqini tabiatga beradi. BERUNIY AL-XORAZMIY, AL-FARGONIY TABIATNI BILISH, ORGANISHDA ASOSLANGAN KUZATISHLARIUning talimoticha, tabiatda hamma narsa tabiiy qonunlar asosida yaratiladi, tabiat ozining tabiiy kuchiga ega bolib, shu kuch tasirida tabiatda toxtovsiz harakat, ozgarish, osish, rivojlanish, vujudga kelish, emirilish, halok bolish jarayonlari sodir boladi. Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki Beruniy oz falsafiy qarashlarida deizmga yaqin pozitsiyada turgan. U moddiy dunyoning adabiyligi haqida gapiradi. Beruniy fikricha, xudo va boshlangich modda, yani materiyadan boshqa hech narsa bolmagan. Borliq abadiy, u ozgarish va taraqqiyotdadir. Materiya muayyanlik libosiga burkanadi, u faoldir, harakat tamomila materiyaga tegishli, u ruhni modda bilan boglaydi va uni turli shakllarda kezib yurishga majbur etadi. ABU RAYHON BERUNIYNING TALIMOTLARIBeruniy yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit qarashlariga qoshilib, atomistika talimotini tan oladi, lekin ulardan farqli olaroq borliqda boshliqning mavjudligini inkor etadi. U atomlar sifatjihatdan ozgarish xususiyatiga ega, degan fikrni bildiradi. Beruniy nuqtai nazaricha, makon va zamon borliqning muhim xususiyatlaridir.Beruniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari insonparvarlik goyalari bilan sugorilgan. U insonni engsharafli borliq sifatida tushuntiradi. Inson faqat ozi uchun yashamasligi, insonlar bir-birlarigayordam berishlari kerakligini takidlaydi. Uningcha, insonlar ortasidagi tafovut koproq tashqijihatdan mavjud bolib, ular ichki tuzilashi va tashkil topishi jihatdan bir umumiylikka ega. Lekin inson maymunga oxshasa ham, ular ortasida tub farqlar mavjud. U «Hindiston» asarida insonlarda tillarning turlicha ekanligi togrisida toxtalar ekan: «Tillarning turlicha bolishiga sababodamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoqda yashashlaridir»,-deydi.Beruniy jamiyatda ijtimoiy hayotning oziga xos «shartnoma» asosida tuzilishini etirof etadi. U: «Inson oz ehtiyojlarini tushunib, oziga oxshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. SHuning uchun ozaro kelishuvchanlik qabilidagi «shartnoma» tuzishga kirishadi. Odamlarning birgalikdagi turmushi bu hali insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun (ular) yana mehnat qilishlari ham zarurdir»,-deydi.Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshohga xizmat qilmay, balki podshoh jamiyatga xizmat qilishi lozimligini aytadi. «Tabiatan boshqarishga moyil» bolgan hokim, -deb yozadi u -oz fikri va qarorlarida qatiy bolishi kerak, oz ishlarini amalga oshirishlarida faylasuflarning... fikrlariga amal qilishi lozim; «shohning ozi ham» yaratuvchilik ongiga ega bolmogi, ayniqsa, dehqonlar togrisida koproq gam eyishi kerak. «Podshohlik» dehqonchiliksiz yashay olmaydi. Xulosa: Kundan-kunga rivojlanib, sayqalanib borayotgan dunyo madaniyati shuni o‟rsatadiki hech bir millat madaniyati va an‟analari , urf-odat , qadriyatlari o‟z-o‟zidan vujudga kelgan emas. Xar bir xalqning buguni va yashash tarzi uning o‟tmishdagi moddiy va ma‟naviy merosi bilan uzviy bog„langandir . Ana shunday xalqimizning ma‟naviy meroslaridan biri bu Muhammad Sodiq Qoshg‟ariyning «Odob as- solihin» asaridir. Asarni chinakam manoda odobnoma darsligi sifatida o‟qish va ta‟lim-tarbiya jarayonida axloqiy manba, sifatida har bir sinfda tarbiya fani tarkibiga kiritish mumkinligi uning qadr –qimmatini oshiribgina qolmasdan balki, hozirda ham o'z mohiyatini davr va zamon talabiga ko‟ra saqlab qolganidadir. Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turilganidek, unda ilgari surilgan g‟oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi xulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma‟lumotlar berishga xizmat qiladi. «Odob assolihin» asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat‟iy amal qilinishi zarur bo'lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va axloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo‟lga qo‟yishdagi o‟rni va roli borasida batafsil so‟z yuritiladi.Demak, dunyoviy davlatda din davlatdan, uning siyosatidan ajratilgani bilan xalq ko’nglidan, dilidan ajratilmaydi. Islom dinida asosiy hayotiy muammolar uning shariati ahkomlarida bayon qilingan . SHuning uchun islom shariatida qanday ma’naviy asoslar mavjudligini bilib olaylik . Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling