Mustaqil ishi boshqariluvchi to’g’rilagichlar
Kuchaytirgichning tuzilish sxemasi
Download 1.23 Mb.
|
4-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analog elektronika
Kuchaytirgichning tuzilish sxemasi.
Birinchi avlodga mansub uch kaskadli Operatsion kuchaytirgichlar funksional sxemasi 1- rasmda keltirilgan. U kirish, muvofiqlashtiruvchi va chiqish kuchaytirish kaskadlaridan tashkil topgan. Uch kaskadli Operatsion kuchaytirgichlar funksional sxemasi. K544UD1 turli ikki kaskadli Operatsion kuchaytirgichlar prinsipial sxemasi. Bunday sxemotexnik yechimga, ISning umumiy asosda bir xil xarakteristikalarga ega bo‘lgan egizak n — p — n va p — n — p BTlarni yasash texnologiyasi o'zlashtirilgandan so‘ng erishildi. Bundan tashqari, DKlarda ВТ o'rniga n — kanalli VT2 va VT5 M Tlar ham qo'llanilgan. Ular kuchaytirish va chastota xususiyatlari BTlarga nisbatan past bo'lishiga qaramasdan, kirish toklarini keskin kam aytirish va kirish qarshiligi ortishini ta’minlaydilar. VT1, VT3 va VT4 tranzistorlarda hosil qilingan BTG dinamik yuklama hisoblanadi. DK ning kirish toki VT6 va VT7 tranzistorlar asosidagi tok generatori yordamida barqarorlashtirilgan. Chiqish kaskadi ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich UE ulangan VT8 tranzistor asosida hosil qilingan bo‘lib, unga yuklama toki bo'yicha ketma-ket manfiy TA zanjiri kiritilgan. Ikkinchi bosqich VT10 va VT11 komplementar tranzistorlarda hosil qilingan AB sinfiga mansub ikki taktli quvvat kuchaytirgichdan iborat. Yuqori chastotalarda har bir kaskad fazani siljitadi. Analog elektronika uzluksiz o‘zgaruvchi elektr signallarni uzatish, qayta ishlash, qabul qilish uchun xizmat etuvchi EQlarni ishlab chiqish va o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bu, analog EQ (AEQ)larda signal qiymati minimaldan maksimalgacha o‘zgarganda, uni qayd qilish va uzatish uzluksiz amalga oshirilishini anglatadi. AEQlarning asosiy afzalligi nisbatan tezkor ishlashidan va soddaligidan iborat. Kamchiliklari sifatida temperatura va boshqa omillar ta’sirida parametrlari nobarqarorligini va halaqitbardoshligining kichikligini; axborotni uzoq vaqt saqlash qiyinligini aytib o‘tish kerak. Analog qurilmalar asosini sodda kuchaytirgich kaskadlar tashkil etadi. Ular asosida murakkabroq kuchaytirgichlar, tok va kuchlanish stabilizatorlari, chastota o‘zgartgichlar, sinusoidal tebranishlar generatorlari va boshqa qator sxemalar yaratiladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling