Mustaqil ishi jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Yuklamalar dinamikasining moslashtirilgan


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana20.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1788687
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
22-25 guruh talabasi A. Xoshimova Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

Yuklamalar dinamikasining moslashtirilgan 
 muvozanati tamoyili. 
Bu tamoyildan uchta asosiy qoida kelib chiqadiki, ularga muvofiq jismoniy 
tarbiya bosqichlari doirasida umumiy yuklama dinamikasining tipik shakllari 
aniqlangan. 
1.Jismoniy tarbiya jarayonida foydalaniladigan umumiy yuklama miqdori 
shunday bo’lishi kerakki, uning qo’llanilishi sog’liqda salbiy o’zgarishlarni keltirib 
chiqarmasligi lozim. Ushbu qoida yuklamalarning kumulyativ samarasini 
muntazam nazorat qilishni ko’zda tutadi. 


2.Qo’llaniladigan yuklamaga moslashib borgan sari, ya’ni moslashishli 
o’zgarishlar barqaror holat bosqichiga o’tgan sayin umumiy yuklama 
o’lchamlarining navbatdagi oshirilishi bajarilishi kerak.
Erishilgan tayyorgarlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, yuklama parametrlari 
shuncha katta oshiriladi. 
3. Jismoniy tarbiyada umumiy yuklamalar miqdoridan foydalanish 
mashg’ulotlar tizimining ayrim bosqichlarida uning vaqtinchalik kamayishi, yoki 
barqarorlashishi, yohud vaqtinchalik oshishini nazarda tutadi. 
Yuqorida bildirilgan fikrlar jismoniy tarbiyada umumiy yuklamalar miqdori 
dinamikasining ikkita shaklidan: zinasimon ko’tariluvchi va to’lqinsimon 
ko’tariluvchi shakllaridan foydalanish uchun asos bo’ladi. Umuman olganda, 
to’g’ri chiziq bo’ylab ko’tariluvchi yuklama dinamikasidan ham foydalansa 
bo’ladi. Biroq vaqti juda qisqa bo’lgan bosqichlardagina undan foydalanish 
mumkin. 

 
Mashg’ulotlarni siklli tuzish tamoyili 
Jismoniy tarbiya jarayonida bu – sikllarni hosil qiluvchi mashg’ulotlar va 
bosqichlarning berk aylanishidir. Shunga muvofiq uchta turi ajaratiladi: 
mikrotsikllar (haftalik), ular mashqlarning takroriy qo’llanilishi va bir vaqtning 
o’zida ularning har xil yo’nalganligi, yuklama va dam olishning uyg’unlashuvi 
bilan tavsiflanadi; mezotsikllar (oylik), ular ikkitadan oltitagacha mikrotsikllarni 
o’z ichiga oladi, ularda vositalarning miqdori, uyg’unlashish tartibi va nisbatlari 
o’zgarib turadi; makrotsikllar (yillik), ularda jismoniy tarbiya jarayoni uzoq vaqt 
davom etadigan bosqichlarda amalga oshiriladi. 
Ushbu tamoyil jismoniy tarbiya va sport xodimlarini tugallangan sikllarni 
e’tiborga olgan holda va ular doirasida, shuningdek, mashg’ulotlar kumulyativ 
samarasining o’sib borishini, jismoniy tarbiyaning umumiy borishini hamda 
shug’ullanuvchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi ketma-ket 
rivojlantirilishini e’tiborga olgan holda mashg’ulotlar tizimini tuzishga 
yo’naltiradi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling