Mustaqil ishi jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana20.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1788687
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
22-25 guruh talabasi A. Xoshimova Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM,FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI 
BO’LIMI 
Jismoniy madaniyat yo’nalishi S 22-25 guruh 
2 kurs talabasi Xoshimova Anoraxonning
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi 
fanidan 
MUSTAQIL ISHI 
 
 


 
JISMONIY TARBIYANING DIDAKTIK TAMOYILLARI 
Reja: 
1. Harakatlarga o’rgatish jarayonining xususiyatlari 
2. Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi 
3. Onglilik va faollik tamoyili
4. Ko’rgazmalilik tamoyili
5. Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish tamoyili 
6. Muntazamlilik tamoyili 
7. Talablarni asta sekin va tobora oshirib borish tamoyili 
8. Jismoniy tarbiyaning maxsus tamoyillari 
9. Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillarining o’quvchi-yoshlar va 
bolalarni o’qitishda amalga oshirishning o’ziga xosliklari 
 
1. Harakatlarga o’rgatish jarayonining xususiyatlari 
Harakat faoliyatlariga o’rgatish jarayonida, faqat ta’lim va tarbiya 
vazifalarigina emas, sog’lomlashtirish ham birga qo’shib olib boriladi. Birorta 
umumta’lim fanlarida sog’lomlashtirish vazifasi bunchalik ochib berilgan emas. 
Harakat faoliyatlariga o’rgatishda ta’lim vazifasi ham o’z xususiyatlariga ega. 
O’quv materialini o’zlashtirib olish jarayonining asosiy komponenti (tarkibiy 
qismi) o’quvchilarning faol harakat faoliyatlaridan iborat. Ularning o’quv-mehnat 
faoliyati, potensial jismoniy kuchlarni sarflashni talab etadi. Shunday ekan, 
o’quvchilar o’quv faoliyatlarining ba’zi bir qonuniyatlarini tushunish uchun, 
ularning umumiy ish qobiliyatini hisobga olish zarur. 
Ishchanlik qobiliyati bir necha omillarga bog’liq:
- merosiy,
- hayot jarayonida o’zlashtirib olingan va
- aniq sharoitda faoliyatni boshqarish usuli.
Bu omillar qancha rivojlangan bo’lsa, odamning ish qobiliyati shuncha ortadi. 
Oddiy sharoitda odam o’zining to’liq ish qobiliyatidan foydalanmaydi. Bir qismini 
ehtiyotdan (zaxirada) ushlab turadi, zarur bo’lgandagina uni ishlatadi. 
Harakat 
faoliyatlariga 
o’rgatishning boshqa xususiyatlari harakat 
malakalarining sistemasini vujudga keltirishdan iborat. Faqat harakat faoliyatlari 
tizimigina o’quvchining jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi. Ammo ko’pgina 
sistema variantlari mavjud. Ular jismoniy tarbiyaning qaysi maqsadga 
yo’naltirilganligi va uning aniq vazifasiga bog’liq holda tanlanadi. 
Yana bir xususiyati – harakat sifatlar majmuyining rivojlanishi bilan 
bog’liqligi, ikki yo’nalish orqali amalga oshiriladi:


1) harakat malakasining shakllanishi harakat sifatlarining bir vaqtda 
rivojlanishi bilan uzluksiz bog’liq;
2) harakat sifatlar malakasining o’ziga xos rivojlanishi boshqa sifatlarning 
rivojlanishi bilan bir vaqtning o’zida samaradorlik bilan amalga oshadi. Masalan, 
qisqa masofaga yugurishga o’rgatishda tezlik rivojlantiriladi, lekin tezlikning o’zi 
kuch va chidamlilikning samarali rivojlanishi orqali sodir bo’ladi. 
Harakat faoliyatlariga o’rgatishning natijasi ma’naviy-ma’rifiy va jismoniy 
rivojlanishda erishilgan natija darajasiga qarab aniqlanadi. Pedagogik jarayonni 
to’g’ri tashkil etish orqali bilimlar sistemasini va harakat faoliyatlarini 
o’zlashtirish, jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarining, albatta, ortishi kuzatiladi. 
Ta’lim vazifasini amalga oshirish tarbiyaviy vazifalar bilan uzviy 
bog’langandir. O’rgatishning tarbiyaviy xarakteri tushunchasi, jismoniy 
tarbiyaning asosiy qonuniyatlaridan biri sifatida qo’llaniladi. 
Har qanday tasodifiy tashkil etilgan jismoniy mashqlar jarayoni pedagogik 
qimmatga ega bo’lmaydi. Ularning tarbiyaviy ta’siri pedagogik jarayonning 
sifatiga to’lig’icha bog’liq. P. F. Lesgaft maxsus mashqlarning odam psixikasiga, 
uning bir butun shaxsiga kuchli ta’sir etuvchi manba ekanligini eslatgan. 
Jismoniy tarbiya o’qituvchisi, umumta’lim maktablarining boshqa fan 
o’qituvchilari singari, o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasini doimo yodda tutishi 
zarur. Ammo o’quv fani xususiyati, umumiy tarbiya vazifalarining metodikasi hal 
etilishini talab etibgina qolmasdan, jismoniy tarbiyaga eng monand bo’lgan ayrim 
tarbiyaviy vazifalarni oldinga suradi: jismoniy mashqlar mashg’ulotlarida 
muntazamlik odatini tarbiyalash lozim.
- bu odat zamonaviy odamning harakat faolligi yetishmasligi muammosini hal 
etishiga ma’lum ravishda yordam beradi, kundalik mustaqil mashqlar uchun 
imkoniyat topishga o’rgatadi; 
- jismoniy og’irlikni yenga bilishni, botirlikni tarbiyalaydi; 
- gigienik malaka va odatlarni tarbiyalaydi. Jismoniy mashqlarning 
samaradorligi gigienik omillardan to’g’ri foydalanishga bog’liq; 
- o’quvchilar orasida o’zaro munosabatni tarbiyalaydi
- harakat faoliyatlarida mustaqillikni tarbiyalaydi; 
- umumiy va alohida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshiradi. 
Harakat faoliyatlariga o’rgatishda sog’lomlashtirish vazifasini hal etishlik 
jismoniy tarbiyaning hamma majmuiy manbalari bilan amalga oshiriladi. O’rgatish 
predmetining o’zi o’quvchining jismoniy va ruhiy tomonlariga intensiv ta’sir etadi. 
Jismoniy mashqlarga o’rgatish tibbiy ko’rik natijalarining ko’rsatkichlari 
asosida differensiyalanadi, shular asosida o’quvchilar uch guruhga bo’linadi:
- asosiy,
- tayyorlov va


- maxsus guruhlar. 
O’quvchilarga beriladigan o’quv materialining mazmuni va yuki ularning 
yoshiga, 
jinsiga 
va 
jismoniy 
tayyorgarligiga 
qarab 
qat’iy ravishda 
differensiallanishi 
kerak. 
Bu 
talabning 
buzilishi 
o’quv 
materialini 
o’zlashtirmaslikka emas, o’quvchilar salomatligining yomonlashuviga ham olib
keladi. 
Sanab 
o’tilgan 
harakat 
faoliyatlariga 
o’rgatishning 
xususiyatlari 
o’qituvchilardan faqat psixologik-pedagogik bilimlarni bilishini emas, anatomik-
fiziologik va tibbiy tayyorgarligi sohasida ham yuqori darajada bo’lishi talab 
etiladi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling