Mustaqil ishi jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Topshiriqlarni shakllantirish shartlari va jismoniy yuklamalarni


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana20.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1788687
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
22-25 guruh talabasi A. Xoshimova Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

Topshiriqlarni shakllantirish shartlari va jismoniy yuklamalarni 
oshirishning shakllari. 
Kuchiga yarashalilik, individu allashtirish va muntazamlilik printsiplarida biz 
jismoniy tarbiya jarayonidagi talablarni oshirishning ayrim shartlari ustida 
to’xtaldik. Talablarni oshirish yangi vazifalar va unga bog’liq bo’lgan 
yuklamalarning shug’ullanuvchilar uchun kuchiga yarasha qilib tanlash, 
organizmga keragidan ortiq talab qo’ymaslik, jinsi, yoshi hamda individning 
boshqa xususiyatlariga mos kelsagina, ijobiy natijalarga olib kelishi mumkinligini 
tushunib oldik. 
Bu tamoyilning asosiy muhim shartlaridan biri ketma-ketlilik (mashqlarning 
birini-biriga moslab ulash, o’zaro bog’liqlik) bo’lib, mashg’ulotlarning 
muntazamliligi va nagruzkani dam olish bilan optimal navbatlashtirish qoidalarini 
bilish talabini qo’yadi. 
Shu 
o’rinda 
puxtalilikning 
ahamiyatini 
xam 
e’tibordan 
chetda 
qoldirmasligimiz kerak. Bunda jismoniy sifatlarni rivojlantirish asosida yotuvchi 
egallangan malaka va ko’nikmalarning puxtaligi va organizm moslashuvi 
(adaptatsiyasi)ning puxtaligi ustida boradi. 
Nisbatan yangi, darajasiga ko’ra murakkab va og’ir mashqlarga o’tish 
shakllangan malakalarning mustaxkamlanishi va nagruzkalarga moslashuvi orqali 
borishi lozim. 
Mustaxkamlanmagan malaka nagruzkaning kattaligidan tez buzilishi mumkin 
shuningdek, interferentsiya 
(harakat sifatlarini 
rivojlanishidagi bir-birini 
kuchaytirishi yoki susaytirishi) ta’siridan ham. Chunki yangi mashqlarga o’tish 
paytida ham shu xolga duch kelish mumkin. Bu, o’z navbatida, yangi 


malakalarning shakllanishiga to’siq bo’ladi, sababi malakalar oyoqqa turish uchun 
yetarli darajadagi tayanchni topa olmaydilar. Shu bilan bir qatorda, nagruzka 
dinamikasi va morfofunktsional o’zgarishlar orasida xavfli nomuvofiqlik vujudga 
kelishi mumkin. 
U yoki bu nagruzkaga organizm birdaniga yoki ozgina vaqt ichida (ma’lum 
dasturlarda) moslashmaydi. Shug’ullanganlikning yangi, nisbatan yuqori 
darajasiga ko’tarilishiga imkon beruvchi adaptatsiya davri uchun ma’lum vaqt o’tib 
ulgurishi kerak. Turli funktsional va strukturadagi o’zgarishlar uchun, ko’rsatib 
o’tilgandek, bir hil vaqt (muddat) talab qilinmaydi. 
Ingliz olimi M.Perish sxemasi bo’yicha eng avvalo muskullar va bezlar 
tarkibida fizik-ximik o’zgarishlar, shuningdek, asab tizimining boshqarish 
funktsiyasida ham ma’lum o’zgarishlar sodir bo’ladi. Asab-mushak tizimining 
aktiv hujayralarida funktsional va strukturaviy o’zgarishlari uchun nisbatan 
uzoqroq (kamida bir xafta) vaqt, eng ko’pi esa, bir oy, tayanch bog’lov apparati 
xujayralaridagi o’zgarishlarga moslanish uchun kerak bo’ladi. Moslashuvning bu 
kabi muddatlari albatta jismoniy yuklamalarning xajmiga ham bog’liqdir. 
Xulosa qilib aytganda, nagruzkalar dinamikasini oshirishning turlicha 
shakllari tavsiya qilinadi. Asta-sekin to’g’ri chiziq, bo’ylab, pog’onasimon, 
to’lqinsimon shaklda jismoniy yuklamalarni oshirilishi ta’lim jarayoni amaliyotida 
foydalanilmoqda. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling