Mustaqil ishi jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Glossariy  Umumiy didaktik tamoyillar


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana20.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1788687
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
22-25 guruh talabasi A. Xoshimova Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

Glossariy 
Umumiy didaktik tamoyillar – jismoniy tarbiya jarayonining umumiy 
metodikasini belgilab beruvchi dastlabki qoidalardir. 
Onglilik – bu insonning ob’ektiv qonuniyatlarni to’g’ri tushunish, ularni 
tahlil qila olish va shunga muvofiq o’z faoliyatini amalga oshirish qobiliyatidir. 
Faollik – bu inson tomonidan namoyon qilinadigan faoliyat o’lchovi yoki 
kattaligi, uning ishga kirishish darajasidir. Faollik o’rgatish nuqtai nazaridan 
bilimlar, ko’nikma va malakalarni ongli o’zlashtirish shart- sharoitlari va natijasi 
sifatida qatnashadi. 
Jismoniy tarbiyada bajara olish va individuallashtirish tamoyili -
jismoniy tarbiya vazifalari, vositalari va metodlarining shug’ullanuvchilar 
imkoniyatlariga optimal mos kelishini talab etishdir. Kuchiga yarashalilikning tub 


ma’nosi - individning hayotiy faoliyati davomida uning organizmini belgilangan 
ishda namoyon qilish uchun funktsional tayyorgarligining xususiy darajasidir. 
Nagruzalarning to’lqinsimon oshirilishi - haftalik, oylik, yillik fon asosida 
bo’lib, unga ham to’g’ri chiziqli, ham pog’onasimon shakldagi nagruzkalarning 
fonidan foydalanish jismoniy tarbiyaning turli etaplaridagi konkret vazifalarning 
hal qilinishi sharoiti bilan bog’liq. 
Nagruzka dinamikasini pog’onama - pog’ona oshirish qatorasiga 
o’tkazilgan bir necha mashg’ulotlarda nisbatan stabillashuv sodir bo’lganidan 
so’ng navbatdagi yangi pog’onaga o’tish, deb tushuniladi. 
Kuchiga yarashalilikning tub ma’nosi - individning hayotiy faoliyati 
davomida uning organizmini belgilangan ishda namoyon qilish uchun funktsional 
tayyorgarligining xususiy darajasidir. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Jismoniy tarbiya jarayonida qanday vazifalar amalga oshiriladi? 
2. Ishchanlik qobiliyati qanday omillarga bog’liq? 
3. Harakat faoliyatlariga o’rgatishda ta’lim vazifasi qanday hususiyatlarga 
ega? 
4. Kim maxsus mashqlarning odam psixikasiga, uning bir butun shaxsiga 
kuchli ta’sir etuvchi manba ekanligini eslatgan? 
5. Tamoyil so’ziga ta’rif bering! 
6. Jismoniy tarbiya jarayonida qanday tamoyillar biri-biridan farq qiladi? 
7. Jismoniy tarbiyada tamoyillar tizimi deb nimaga aytiladi? 
8. Harakat faoliyatini o’zlashtirish, mustahkamlash, takomillashtirishga ongli 
munosabat. 
9. Tushunmasdan, ko’r-ko’rona taqlid tarzida o’qitishning salbiy oqibatlari. 
10. Faollikni ta’lim jarayonida shakllantirish uslubiyotlari. 
11. Vositali va vositasiz ko’rgazmalalilik. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling