Mustaqil ishi jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Uslubiy printsiplarning o’zaro aloqasi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana20.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1788687
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
22-25 guruh talabasi A. Xoshimova Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

 
Uslubiy printsiplarning o’zaro aloqasi 
Jismoniy tarbiya printsiplari xususida aytib o’tilgan fikrlarni diqqat bilan 
tahlil qilsak, ularning mazmuni bir biri bilan tutashgan, biri ikkinchisiga singib 
ketgan va xatto o’zaro muvofiqlashganligini ko’ramiz. Chunki ularning barchasi 
bir jarayonni alohida ajratilgan tomonlari, qoidalari va qonuniyatlarini ifodalaydi. 
Mohiyati va mazmuniga ko’ra ular alohida lekin bu alohidalik shartli. 
Onglilik va faollilik printsipi jismoniy tarbiyaning boshqa barcha 
printsiplarining amalga oshirilishidagi umumiy shartlarni o’rtaga tashlaydi. 
Chunki, shug’ullanuvchilarning harakat faoliyatiga ongli va aktiv munosabati 
o’quv materialining kuchiga yarashaliligiga, egallangan bilim, malaka va 
ko’nikmaning puxtaligi, avvalgilarining keyingalariga bog’lanishi va hokazolar 


bilan xarakterlanadi. Boshqa tomondan, shug’ullanuvchilarning aktiv faoliyati 
orqali belgilangan maqsadga erishish, ko’rgazmalilik, kuchiga yarashalilik
individuallashtarish, 
sistemalilik, 
talablarni 
asta-sekinlik 
bilan 
oshirish 
printsiplaridan kelib chiqsa, haqiqatdan ham ta’limga ongli munosabat deb qabul 
qilinadi. Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish printsiplarini hisobga 
olmasak, mashg’ulotlarning ketma-ketligi va nagruzkaning oshirishning ratsional 
yo’llarini tanlay olaolmaymiz. O’z navbatida kuchiga yarashalilik chegarasini 
belgilash muntazamlilik va talablarni asta-sekinlik bilan oshirish printsipi asosida 
amalga oshiriladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, qayd qilingan printsiplarning xech biri 
boshqa printsipni inkor qilish bilan to’laligicha amaliyotga tadbiq qilinmaydi. 
Ularning o’zaro aloqalarining birligi asosida ularning ta’sir doirasi tarbiya 
jarayoniga kutilgan samarani berishi mumkin. Ta’lim jarayoniga samarali ta’sir 
ko’rsatuvchi qayd qilingan printsiplar tarbiya ta’limi jarayonida o’z isbotini 
topgan. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling