Mustaqil ishi jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida munatazamlilik


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana20.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1788687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
22-25 guruh talabasi A. Xoshimova Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida munatazamlilik 
uslubiy printsipi 
Mashg’ulotlarning tizimliligi, yuklama bilan dam olishning o’rin 
almashinuvini to’g’ri navbatlashuvi va ularning ketma-ketligining ta’lim 
jarayonida muntazamliligi qayd qilingan uslubiy tamoyilning asosini tashkil qiladi. 
Mashg’ulotlarning muntazamligiga jismoniy yuklamani dam olish bilan 
ratsional almashinuvi. 
Mashq qilishning, mashg’ulotlarning muntazam emasligi shakllanayotgan 
harakat malakasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy yuklamadan so’ng sarflangan 
quvvatni 
tiklanishi 
uchun 
dam 
olishni 
muntazamligi 
ta’lim jarayoni 
samaradorligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi ham jismoniy madaniyat ta’limi 
amaliyotida isbotlangan. 
Tabiiy rivojlanish qonuniyatlaridan amaliyotda biz shunga guvohmizki
mashg’ulotlar uzluksiz va muntazam olib borilsa, jismoniy mashqlar ta’siridan 
organizmning funktsional imkoniyati, jismoniy qobiliyati yaxshilanadi. 
Muntazam mashg’ulotlardan hosil bo’lgan reflekslar uzluksizlikni talab qiladi. 
Uzluksizlikning buzilishi malakani asta-sekinlik bilan so’nishiga olib keladi. 
Mustaxkamlanib avtomatlashgan yoki “oliy harakat maqomi”da bajarila 
boshlangan harakatlar, ta’lim jarayonida muntazam takrorlashlar qilish lozimligi 
shartini, kerak bo’lsa, talabini qo’yadi. 


Organizmning funktsional holati yaxshilanib, muntazam mashq qilish 
mashg’ulotlar natijasida 
yuqori 
natija 
ko’rsatila boshlangan bo’lsa, 
muntazamlilikdagi nisbatan oz bo’lsada buzilishi-trenirovkani o’tkazib yuborish
shug’ullanishdagi tizimni buzilishi erishilgan yutuqni asta-sekin pasayishi va 
yo’qqa chiqishiga sabab bo’lishi isbotlangan. Harakatni uzoq vaqt e’tibor berib 
bajarishimiz uni xotirada uzoq vaqt muxirlanishi (yarim sharlar pustlog’ida shu 
bajarilayotgan harakat haqida chuqur iz qoldirishi)ga sabab bo’ladi. Muntazam 
tizimli mashg’ulotlar qoldirgan yarimsharlar po’stlog’idagi “iz” keyinchalik 
tiklanishi, ular yangi, oldin o’zlashtirilmaganlarni o’zlashtirishni osonlashtiradi. 
J.Lamark fikricha, tizimli va muntazam ravishda mashq qildirilgan organ 
asta-sekinlik bilan rivojlanadi, o’sadi, mashq qildirilmagani o’z qobiliyatini 
susaytiradi va keyinchalik xizmat xususiyatini yo’qotadi. 
Nisbatan katta bo’lmagan tanaffus aktiv mushak hujayralarining vaznining 
kamayishiga, tuzilishining ayrim komponentlari (tarkibiy qism)ni lozim bo’lmagan 
o’zgarishlariga, xatto morfologiyasidagi ijobiy siljishlarni orqaga ketishiga 
(regressiyasiga) sabab bo’lishi mumkin. Ayrim regressiv o’zgarishlar xatto 5-7 
kunlik tanaffuslarda ham kuzatilgan, sodir bo’lgan (N.V. Zimkin, D.L.Ferdman, 
O.I.Faynshmidt va boshqalar). 
Jismoniy kamolotga erishish jismoniy tarbiya jarayonining uzluksiz olib 
borilishi – tanaffuslarsiz, oqlanmagan yo’qotishlarsiz, har bir mashg’ulotdagi 
samara oldingi mashg’ulotning “iz”i xisobiga qatlam-qatlam bo’lib qalinlashsa, 
avvalgi mashg’ulotlar keltirib chiqargan ijobiy o’zgarishlar takomillashtirilsa va 
rivojlantirilsagina sodir bo’ladi. Bu talabni amalga oshirish jismoiy tarbiya 
amaliyotida xaftada 2, 3, 4, xatto 5 marotabali mashg’ulot orqali yo’lga qo’yiladi. 
Qolaversa, “shug’ullanganlik” qancha yuqori bo’lsa, mashg’ulotlarning oraliqlar 
(intervallari) shuncha qisqaradi va jismoniy tarbiya jarayoni mashg’ulotlari 
shunchalar zichlashadi. Bu, o’z navbatida, organizmning funktsional imkoniyatini 
ijobiy tomonga o’zgartiradi. 
Akademik mashg’ulotlar va sport trenirovkasi, mashg’ulotlarning zichligi 
(kontsentratsiyasi) qanchalik yuqori bo’lsa, uzluksizlikning ifodalanishi shunchalar 
xarakterli bo’lishi mumkin. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling