Mustaqil ishi jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik tamoyilidan foydalanish


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana20.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1788687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
22-25 guruh talabasi A. Xoshimova Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

 
Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik tamoyilidan foydalanish 
O’qitishga ongli munosabat va unda shug’ullanuvchining faolligi har qanday 
pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P.F.Lesgaft ilgari surgan jismoniy 
tarbiya ta’limidagi onglilik va faollilik printsipi harakat faoliyatlarini mexanik 
ravishda taqlid qilib bajarishni qoralagan. 
Har bir bola bajarayotgai harakatlarini taxlil qilish orqali nazariy bilimlarni, 
harakat faoliyatlarini egallashi maqsadga muvofiq degan g’oyani ilgari surdi. U 
“jismoniy mashq bilan shug’ullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikning 
ko’rsatkichlarini oshiradi” - deb tushunish qo’pol xatolardan biri deb ta’kidladi. 
Onglilik – bu insonning ob’ektiv qonuniyatlarni to’g’ri tushunish, ularni tahlil 
qila olish va shunga muvofiq o’z faoliyatini amalga oshirish qobiliyatidir. O’z 
faoliyati natijalarini oldindan ko’ra olish va aniq vazifalarni oldinga qo’yish 
onglilikning asosi hisoblanadi. Onglilik o’qishga tarbiyaviy xususiyat bag’ishlaydi 
va ko’p jihatdan shaxsning yuksak axloqiy-psixologik hamda kasbiy sifatlarining 
shakllanishiga yordam beradi. 
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida bu printsipni qo’llash 
mashg’ulotning umumiy vazifalariga qiziqishni uyg’otish va fikrlashni 
shakllantirishga yo’l ochadi. Eng avvalo, harakat faoliyatini xayotiy-amaliyligini 
aniq misollar yordamida “motivlash” orqali ta’limning mavzulashtirishni amalga 
oshirilishi tamoyil mazmunida yetakchi yo’nalish bo’lishi lozim. 


O’qitishning boshlang’ich etapidagi ongli fikrlash tor doiradagi mazmun 
(qomatini chiroyli qilish, kuchning ortishi)ni nazarda tutmasligi, mashg’ulotlarda 
hayotiy-amaliy misollar orqali shaxsni ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga 
tayyorlashdek ulug’vor vazifalarni hal qilish nazarda tutilishi lozim. 
Ular asta-sekinlik bilan ixtisoslik bilimlarga tayanib amalga oshirilishini 
xisobga olib, shug’ullanuvchilarga maxsus ommabop adabiyotlar, qo’llanmalar 
tavsiya qilinishi ta’lim jarayonining samaradorligida ko’rinadi. 
Nazariy 
bilimlarni 
ortishiga 
erishish 
onglilik 
tamoyilining 
o’zak 
maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan 
jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlariga odatning shakllanishini 
susaytiradi, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni odatga aylanishiga to’sqinlik 
qiladi. 
Bundan tashqari, shug’ullanuvchilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga 
oid muntazam ma’ruzalar, suhbatlar, hikoyalar eshitishlari, ta’lim muassalarining 
jismoniy tarbiya dasturlarini nazariy qismini o’rganishlari, metodik va hujjatli 
filmlar ko’rishlari, o’z-o’zini tibbiy nazorat qilish qoidalarini bilishlari, “aktiv, 
passiv dam”, “bajara olish”, “harakat malakasi”, “oliy harakat tartibi”, 
“malakaning ijobiy va salbiy ko’chishi” atamalari mohiyatini bilishining ahamiyati 
muhim. 
O’zlashtirilishi, mustaxkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo’lgan, harakat 
faoliyatini nima uchun aynan o’qituvchi yoki murabbiy ko’rsatganidek bajarish 
shart ekanligi o’quvchi ongiga yetkazilishidek ta’lim qoidasi, kerak bo’lsa 
majburiyati ushbu tamoyilning yetakchi talabidir. 
Mashqlangan barmoqlar (voleybolchi, basketbolchiniki) turmushda nozik 
harakatlarni talab qiladigan kasblarni egallashda (soatsoz, zargar va boshqalar) qo’l 
kelishi shug’ullanuvchining ongiga yetkazilishi ta’lim jarayoniga, uning 
mashg’ulotlariga 
ongli 
munosabatni 
shakllantirishdan 
tashqari, 
shug’ullanuvchilarning faolligini orttiradi. 
Mashq, harakat texnikasini egallash, oz energiya sarflab samarali harakat 
qilish, uni bajarish orqali organizmda sodir bo’ladigan turli hil o’zgarishlarni 
tushunish, topshiriqqa nisbatan onglilik va faollikni oshiradi. 
O’qituvchilarning ko’tarinki kayfiyati, yuzidagi tabassumi, kiyimlarning 
yarashganligi va ixchamligi, harakatlarni xavas qiladigan darajada maroqli, ravon 
ketma-ketlikda bajarishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi ritmiga moslab, 
to’rtliklar tarzida baravariga aytiladigan aytishuvlarning kiritilishi ta’lim 
jarayonidagi vazifalarni ijobiy hal qilishga qiziqishni kuchaytiradi, fikrlashini 
shakllantiradi. 


Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida ongli analiz va jismoniy 
mashqni bajarishda nazoratdan foydalanish ta’limning printspial mexanizmlaridan 
biridir. 
Ongli ravishda bajarilayotgan “ihtiyoriy xarakat”ning mohiyatiga yetib, uning 
bajarilishi texnikasining asosi, zvenolari, detallarini nazorat qila olishning 
ahamiyati ta’lim jarayonida o’z samarasini berishi ilmiy-amaliy isbotlangan. 
Abelskiyning tajribasi bo’yicha shug’ullunuvchilarni sakrash texnikasiga 
o’rgatish uchun 120-150 urinish qilish tavsiya qilingan. Urinishlar tugallangandan 
so’ng, shug’ullanuvchilar bilan shu harakatning tuzilishi, bajarish texnikasi 
haqidagi suhbatlar, (baxslar) o’ta qoniqarsiz o’tgan. Chunki, jismoniy harakatlarga 
oid bunday baxs va munozaralar hamma uchun bir hil qiziqish uyg’otmagan. 
Navbatdagi guruhga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi, hayotiy-amaliy 
ahamiyati haqida yetarli darajadagi nazariy tayyorgarlikdan so’ng mashqni bajarish 
tavsiya qilinganda, shug’ullanuvchilar 2-3 urinishdan keyin mashq texnikasini 
osongina o’zlashtirib olganliklari kuzatilgan. 
Amaliyotda 
yuqori 
malakali 
sprotchilar 
mashqni 
sport 
texnikasi 
avtomatlashgan darajada, ya’ni harakatni oliy maqomda bajarishni maqsad qilib 
qo’yadilar. Mexanik ravishda tushunmay, ko’r-ko’rona, taqlid tarzida mashq 
qilishning samarasizligi, surunkali mashq qilish jarayonida me’yoridan ortiq 
energiya sarflashga, shug’ullanuvchida shu harakatga nisbatan sovish, toqatsizlikni 
yuzaga keltiradi. Shuning uchun ongli tahlil - o’zi bajargan harakatini baholashga 
o’rgatadi, ta’lim jarayoni cho’zilib ketishining oldini oladi. 
Ongli analiz davomida mashq texnikasining tahlili bilangina chegaralanmay, 
uni biomexanik, matematik xisoblash, bioritmik va sport metrologiyasining 
qonuniyatlarini nazarda tutgan holda, shug’ullanuvchining anatomiya, sport 
fiziologiyasi, bioximiya sohalaridagi bilimlarga tayaniladi. 
Mashqni 
bajarishdan 
oldin 
uning 
tuzilishi, 
qanday 
bajarilishini 
shug’ullanuvchi fikran ko’z oldiga keltira olishi («ideomotor trenirovka») lozim. 
Qayd qilingan trenirovka onglilik printsipining asosiy vositalaridan biridir. 
Faollik – bu inson tomonidan namoyon qilinadigan faoliyat o’lchovi yoki 
kattaligi, uning ishga kirishish darajasidir. Faollik o’rgatish nuqtai nazaridan 
bilimlar, ko’nikma va malakalarni ongli o’zlashtirish shart- sharoitlari va natijasi 
sifatida qatnashadi. 
Faollik mashg’ulotlarda shug’ullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, 
ular faoliyatini “frontal”, “guruhli”, tashkillash orqali, asosiy jihozlar yoniga 
qo’shimcha sport anjomlari qo’yib, kuchiga yarasha bo’lmagan mashqlarni bir-ikki 
haftalik tayyorgarlik va trenirovkadan so’ng bajara boshlashsalar, mashqni 
mustaqil bajarishga urinish o’z-o’zidan jonlanadi, aktivlik ortadi. 


Ta’lim jarayonida o’yin va musobaqa (“Jismoniy tarbiyaning uslublari” 
mavzusiga qaralsin) metodlarining qo’llanishi, sport maydoni, mashg’ulot 
o’tkaziladigan joylarning badiiy jihozlanishi, gigienik orastaligi, ta’lim jarayonida 
shug’ullanuvchilarda tashabbus (initsiativa)ni, harakat vazifani hal qilish uchun 
javobgarlik hissini o’z bo’yniga olish, mas’uliyatni xis etish va o’zlashtirish 
jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi. 
Ushbu tamoyildan quyidagi talablar kelib chiqadi: 
1. Mashg’ulot 
maqsadi 
va 
vazifalarini 
qo’yish hamda ularning 
shug’ullanuvchilar tomonidan anglanishi. 
2. Pedagogik jarayonda harakatlarni ongli tarzda o’rganish va egallash. 
3. Egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llash usullari 
hamda imkoniyatlarini anglash. 
4. Jismoniy kamol topish jarayoniga tashabbuskorlik, mustaqillik hamda 
ijodiy faollik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling