O’bekiston mustaqillik yo’lida.(1985-1991)


Download 105.19 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi105.19 Kb.
#1529271
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O„zbekiston mustaqillik yo„lida.(1985-1991) Reja Kirish (Автосохраненный)




Kirish


O’bekiston mustaqillik yo’lida.(1985-1991)
Reja



    1. Sotsializmni isloh qilishga urinish: “Qayta qurish” siyosati


    2. Xalq xo’jaligida “qayta qurish”ning samarasizligi. O’zbekiston bilan markaz manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi.

2.1.Qayta qurish” va O’zbekiston madaniyati


    1. .Ijtimoiy-siyosiy hayotning demokratiyalashuvi. xalq milliy ongining o’sishi. mustabid tuzum inqirozining muqarrarligi

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


1980-yillarning o’rtalariga kelib SSSRda tanglik holati keskin kuchaydi, u mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki monopoliyasi va boshqaruvda ma‘muriy— taqsimlash tizimi hukmronligi tobora kuchayib bordi, natijada ishlab chiqarishning o’sish sur‘atlari, yalpi mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi shiddat bilan pasayib ketdi, ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat samaralari va shu kabilardan begonalashuvi yanada ortib bordi.Xalq xo’jaligini tanazzulga olib kelgan chuqur izdan chiqish jarayonlari, xalq ijtimoiy manfaatlarining nazar-pisand qilinmasligi kabi boshqa omillar bilan birgalikda KPSSning ulkan, lekin kutilayotgan natijalarni bermayotgan iqtisodiy siyosati butun ijtimoiy-siyosiy tizimning oqsashini oldindan belgilab berdi. CHunki bu vaqgga kelib, xalqning bunyodkorlik g’ayrati partiya-davlat tuzilmalarining siyosiy hukmronligi bilan butunlay siqib qo’yilgan edi. Sarf-xarajatlarga to’lib-toshgan sovet iqtisodiyotining jiddiy nuqsonlari, boshqaruv tizimining o’ta markazlashganligi va taraqqiyotga to’g’anoq bo’layotganligi markaziy siyosiy rahbariyatni bu yo’nalishda muayyan islohotlar o’tkazishga undadi. Masalan, 1950-yil va 1960-yillarning o’rtalarida sovet jamiyatini bir oz bo’lsa-da demokratlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish jarayonlarini isloh qilishga urinishlar bo’lgan edi. Vaqt jihatidan farq qiluvchi ana shu islohotlar strategiyasida xalq xo’jaligi va siyosiy sohada, shunchaki juz‘iy o’zgarishlar qilish bilan cheklanilgan edi. Eskilikka yopishib olgan holda ma‘muriy tizim doirasida, iqtisodiyotga partiya rahbarligi va uning haddan tashqari mafkura izmida bo’lishi sharoitida qilingan islohotlar kutilgan natija bermadi, iqtisodiyotning jonlanishiga erishib bo’lmadi. ―Aksincha,—deb ta‘kidlagan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov,— so’nggi o’n yillar mobaynida soxta obro’ orttirish maqsadida qabul qilingan va mavjud imkoniyatlarni hisobga olmagan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi ko’pgina dasturlar iqtisodiy qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirib yubordi. Natijada iqtisodiyotni batamom izdan chiqarib, moddiy va moliyaviy mablag’lar taqchilligining dahshatli tarzda o’sishiga olib keldi‖.

    1. Download 105.19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling