O’bekiston mustaqillik yo’lida.(1985-1991)


”Qayta qurish” va O„zbekiston madaniyati


Download 105.19 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi105.19 Kb.
#1529271
1   2   3   4   5
Bog'liq
O„zbekiston mustaqillik yo„lida.(1985-1991) Reja Kirish (Автосохраненный)

2.1.”Qayta qurish” va O„zbekiston madaniyati


1980-yillarning o’rtalaridan boshlangan ―qayta qurish‖ madaniyat sohasini ham qamrab oldi. Mamlakat siyosiy rahbariyatining madaniyat sohasini ―qayta kurish‖ i aslida ma‘naviy jabxada ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi, rivojlanishning ekstensiv yo’li yaroqsiz bo’lib qolganligidan dalolat edi. Haqiqatdan ham shunday edi. CHunki uzoq yillar davomida mustabid tuzumning milliy respublikalar madaniyatini inkor etib, butun mamlakatda yagona ―sotsialistik madaniyat‖ni shakllantirish borasida olib borgan g’ayriilmiy siyosati madaniyatda ham ijtimoiy-iktisodiy sohalarda bo’lganidek tushkunlik, turg’unlik mexanizmini yuzaga keltirdi.
Bunday mexanizm 1980- yillar o’rtalariga kelib to’liq pishib etilgan bo’lib, uni bartaraf qilish kerak edi. SHu bois ta‘lim, fan, madaniyat va san‘at sohalarida ham ―qayta qurish,‖ ya‘ni, mamlakat siyosiy rahbariyatining ta‘biri bilan aytganda, uning ―rivojini sun‘iy ravishda jadallashtirish‖ lozim edi. Lekin, shuni alohida ta‘kidlash lozimki, madaniyat rivoji, ma‘naviy jarayonlar jamiyatning o’ziga xos ichki, tabiiy Qonunlari asosida ro’y beradi, uni sun‘iy jadallashtirish uchun ko’r- ko’rona aralashuv salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
YAna shuni ham tan olish kerakki, qayta qurish O’zbekistonda milliy madaniyatni, ayniqsa, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, xalqning o’zligini anglash jarayonini tezlashtirish yo’lida ma‘lum qadam bo’ldi. Qayta qurish munosabati bilan madaniyatda milliylik tiklana boshladi, madaniy merosga munosabat o’zgardi, ijtimoiy hayotda milliylik va baynalmilallik nisbatida, qisman bo’lsa-da adolat tiklanishi sodir bo’ldi. Biroq qayta qurish o’zbek xalqi madaniyatini rivojlantirishni, uni haqiqiy xalq ma‘naviyatiga aylantirishni bosh maqsad qilib qo’ymagan edi
Madaniyatdagi ―Qayta qurish‖ hukmron mafkuraning o’z siyosiy barqarorligini tiklash yo’lidagi navbatdagi urinishi edi, xolos. Uning maqsadi madaniyatdagi shakllanib bo’lgan sekinlashtirish mexanizmining ―ko’zga tashlanib‖ turgan ayrim
―qusurlarini‖ engil ta‘mirlashdan boshqa narsa emas edi. Bu narsa, ayniqsa, xalq ta‘limi va oliy ta‘lim tizimida yaqqol ko’zga tashlanib qoldi.
1985—1990 yillar xalq ta‘limi tizimidagi ayrim siljishlar ma‘muriy- buyruqbozlik tizimining zo’r berib qilgan harakati bilan tavsiflanadi. Lekin bu davrda ta‘lim va tarbiya soxasida ziddiyatli holatlar yanada keskinlashdi. Maktab, o’rta maxsus va oliy ta‘lim tizimi moddiy jihatdan etarli darajada ta‘minlanmadi. Sovet ta‘lim tizimi jahon andozasidan ajralib qoldi, jahonning ilg’or tajribalaridan bahramand bo’lmadi. SHuningdek, o’quvchi va talabalarning ijtimoiy faolligi ortib borgan sari ta‘lim tizimining konseptual tarzda cheklanishi xalq maorifidagi eng katta muammoga aylandi. Ta‘lim, tarbiya sohasi kadrlarini sifat jixatdan qayta ko’rib chiqa olmadi, mafkuraviy cheklashlar tobora kuchayib bordi.
1980-yillarning o’rtalaridan boshlangan xalq maorifidagi islohotlar juz‘iy ahamiyatga ega bo’lib, mavjud muammoni hal qilishdan ko’ra uni keng xalq ko’z o’ngidan yashirish, ―bo’yab-bejab‖ ko’rsatish ma‘qulroq ko’rindi. Aslida, islohotdan ko’zlangan maqsad ―sovet ta‘limi tizimi‖ni xalqaro darajaga ko’tarish, mutaxassis va o’quvchilar bilim saviyasi sifatini oshirish, ta‘limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirishdan iborat edi.
Ammo ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmadi. Buning sababi islohotning o’lib borayotgan kommunistik ―ta‘limot‖ga, mustabid jamiyatning tafakkuriga asoslanganligi bo’ldi. Bulardan tashqari, islohotni quruq va‘dalarga asoslanib o’tkazib bo’lmas edi, u kuchli moddiy bazaga ega bo’lishi kerak edi. Lekin u moddiy jixatdan ta‘minlanmadi, shuning uchun ham u kutilgan natija bermadi. Masalan, xalq ta‘limi soxasida belgilangan islohotlarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston SSR Maorif vazirligi respublikadagi tabiiy o’sishni e‘tiborga olgan holda yuqori saviyadagi ta‘lim tizimini yaratish maqsadida 1985—1990 yillarga mo’ljallab tuzilgan istiqbolli rejada 3693 ming o’quvchiga mo’ljallangan yangi maktablar qurishni ko’zda tutgan edi.
Lekin Markaz islohotni ta‘minlash uchun etarli mablag’ga ega bo’lmaganligi sababli O’zbekistonda yangi maktablar kurilishini 920 ming o’ringa tushirdi. Holbuki, bu paytda respublika qishloqlaridagi mavjud maktablarning 20%i haligacha moslashtirilmagan binolarda faoliyat ko’rsatayotgan edi. O’qituvchi kadrlar tayyorlashda ham nomutanosiblik yuzaga kelgan edi. 1985 yilda respublika maktablarida ishlayotgan o’qituvchilar soni 268,4 ming kishini tashkil qilgan holda, bu raqam 1990 yilga kelganda 243,9 ming nafarga tushib qoldi. Buning sababi, birinchidan, aholi o’rtasida asosiy ziyo tarqatuvchi o’qituvchiga nisbatan e‘tiborsizlik bo’lsa, ikkinchidan, o’qituvchilarni ijtimoiy himoyalashdagi yo’l qo’yilgan jiddiy xatolar bo’ldi.

      1. Karimov boshliq siyosiy raxbariyat xalq xo’jaligini qayta qurish doirasida mutaxassislar tayyorlash tizimiga ham bir qator o’zgartirishlar kiritdi. Ba‘zi bir mutaxassisliklarni tayyorlash qisqartirildi, yangi soxalar bo’yicha mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yildi va ana shu yo’nalishda oliy o’quv yurtlarining tarkibi qayta ko’rib chiqildi (yangi institutlar va universitetlar ochildi, bir qator institutlarning yo’nalishi o’zgartirildi).

1989—1991 yillarda O’zbekiston xalq xo’jaligining yangi istiqbolli yo’nalishini hisobga olgan xolda oliy ta‘lim tizimida amalga oshirilgan bu tadbirlar keyingi yillarda O’zbekiston FA ―Quyosh fizikasi‖ o’zining ijobiy natijalarini 1985—1990 yillarda O’zbekiston fanida ham bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi. O’zbekiston Fanlar akademiyasi, oliy o’quv yurtlari tizimidagi ilmiy- tadqiqot muassasalari, ilmiy laboratoriyalar o’z faoliyatlarini ―qayta qurish‖ talablari asosida takomillashtirishga harakat kildilar. Ta‘kidlash lozimki, bu davrda O’zbekiston fani o’zining uyg’onish davrini boshidan kechirayotgan, tabiiy va ijtimoiy fanlar bo’yicha jiddiy izlanishlarga qo’l urilayotgan edi. Xususan, 1987 yilda Toshkent viloyatining Parkent tumanida nihoyatda noyob ilmiy- eksperimental majmua — bizerkal optika—energetika qurilmasi foydalanishga topshirildi.
___________________________________________________
Azizxo’jaev A. CHin o’zbek ishi. T. Akademiya. 2003.
1991 yilda FA tarkibida Suv muammolari instituti tashkil etildi. Fan bilan ishlab chiqarishni yaqinlashtirish maqsadida ba‘zi institutlar qoshida ishlab chiqarish birlashmalari, markazlari tashkil qilindi.
Ayniqsa astronomiya sohasida katta ishlar amalga oshirildi. 1980-yillarning o’rtalaridan boshlab Astronomiya instituti olimlari fransuz olimlari bilan hamkorlikda Quyoshning global tebranishini tadqiq etish soxasida keng kulamli ishlar olib bordilar. Kuyosh faoliyatini tekshirish sohasida YU.Solonim, I.Sattorov, 3.Korobova, SH.Egamberdiev kabilarning xizmati katga bo’ldi.
1986 yilda esa yuksak energiyali astrofizika bo’limi tashkil qilindi, unda gamma—astronomiya sohasida tadqikotlar o’tkazish ishlari boshlab yuborildi. SHuningdek, biologiya, kibernetika, yadrofizika, kimyo va meditsina fanlari sohalarida ham bir qator muhim va dolzarb muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib borildi.
Ijtimoiy gumanitar fanlar sohasi uchun ―kayta qurish‖ uyg’onish va hurfikrlilik davri bo’lib xizmat qildi. Ilgari mumkin bo’lmagan mavzularni o’rganishga qisman bo’lsa-da imkon yaratildi. Falsafa, tarix, ayniqsa, Vatan tarixini o’rganish uning uslubiyatiga, ―oq dog’lari‖ga doir masalalar faol muhokama etila boshlandi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag’ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi.
Biroq kommunistik mafkura yakkahokimligi sharoitida mazkur masalalarni to’liq hal etish mumkin emas edi. Mustabid tuzum milliy o’zlikni anglash jarayoniga tish-tirnog’i bilan qarshilik ko’rsatar, jamiyatdagi mavjud ziddiyatlar, nuqsonlar, illatlar aslida mustabid sovet tuzumi, kommunistik mafkura yakkahokimligi tufayli yuzaga kelayotganligini yashirishga, niqoblashga urinar edi.
―Qayta qurish‖ yillarida o’zbek ziyolilarining sa‘y-harakatlari bilan milliy- madaniy merosni tiklash, tarixiy-madaniy yodgorliklarni himoya qilish va saqlash, O’zbekistondan olib chiqib ketilgan tarixiy-madaniy yodgorliklarni qaytarish
muhim masalalardan biriga aylandi. SHu ma‘noda, 1980-yillarning ikkinchi yarmidan O’zbekistonda ―Meros‖ dasturi amalga oshirila boshladi. Bu harakat respublika bo’ylab keng yoyildi.
Jumladan, O’zbekiston tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash Toshkent viloyati kengashi huzurida tuzilgan yangi tashkilot—―Bobur jamiyati,‖ 1989 yilda birinchi jamoat ekspeditsiyasi sifatida tashkil etilgan ―Bobur yo’li‖ ilmiy-ma‘rifiy uyushmasi, ayni shu paytlarda Farg’onada faoliyat ko’rsatgan ―Farg’ona madaniyatini tiklash,‖ Toshkent shahridagi 254-o’rta maktabda vujudga kelgan
―Madaniy merosga ixlos‖ markazlari xalqimizda, ayniqsa yoshlarda milliy g’urur, faxr-iftixor, yuksak ma‘naviy-axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishda muhim rol o’ynadi.
―Qayta qurish‖ yillarida bunday markaz, tashkilot va uyushmalar O’zbekistonning barcha hududlarida tashkil etilgan edi. ―Qayta qurish‖ yillarida tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash, muhofaza etish, ayniqsa, muzeylar faoliyatini yaxshilash muammosi eng muhim masalalardan biri sifatida kun tartibida turdi. Ma‘lumki, muzeylar xalq milliy o’zligini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ―kayta qurish‖ yillarida ham ilgarigi davrda bo’lgani kabi respublika muzeylari asosiy e‘tiborni inqilobiy-siyosiy, ―sotsializmning afzalliklarini‖ targ’ib qilishga qaratdi.
Agar, 1985 yilda O’zbekistonda 46 muzey faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 1989 yilga kelib ular soni 58 taga etdi. Lekin, yuqorida qayd etganimizdek, ular asosan hali hukmron bo’lib turgan kommunistik mafkuraning ―targ’ibotchilari‖ sifatida faoliyat ko’rsatar edi. Ammo, shunday sharoitda ham tarixiy-madaniy yodgorliklarni saqlash masalasiga bo’lgan kommunistik munosabat o’zgarmadi, yodgorliklarni hisobga olish, muhofaza kilish, ta‘mirlash va ulardan foydalanishdek muhim va murakkab jarayonga e‘tiborsizlik bilan qaraldi.1980- yillarning ikkinchi yarmida O’zbekistonda 9310 ta tarixiy va madaniy yodgorlik hico6ra olingani holda ulardan faqat 6466 tasigina (70%) davlat muhofazasiga o’tkazildi, xolos.
________________________________________
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.,

YAna shunisi taajjubliki, milliy ma‘naviyatning asosi bo’lgan yodgorliklarni saqlashga davlat tomonidan arzimagan mablag’ ajratilar, u ham bo’lsa yildan- yilga kamayib borar edi. XX asrning boshlaridan boshlab adabiyot muayyan ma‘noda jamiyat hayotining barometri bo’lib kelgan. Bu hol qayta qurish yillarida ayniqsa yaqqol ko’zga tashlandi. Agar o’zbek adabiyoti namoyandalari siyosiy-ijtimoiy tuzumning ―qosh-qovog’i‖ga qaramay, urush davridan e‘tiboran tarixiy mavzularga katta e‘tibor bergan va bu sohada Oybek, Mirkarim Osim, Maqsud SHayxzoda kabi yozuvchilar faollik ko’rsatgan bo’lsalar, qayta qurish yillarida tarixiy mavzularga e‘tibor yanada kuchaydi. Jumladan, Mirmuhsin shu yillarda ―Temur Malik‖ romanini e‘lon qildi. Muhammad Ali ―Sarbadorlar‖ romanini, Azim Suyun shu nomdagi dramatik dostonini yaratdi. SHu tariqa, tarixiy mavzularga o’zbek adabiyotining yangi avlodi ham qo’l ura boshladi.


Qayta qurish davri tarixiy mavzuda ijod etuvchi yozuvchilar uchun qanchalik keng imkoniyat yaratganiga qaramay, bir tomondan, Oybek, M.Osim, M.SHayxzoda singari o’zbek xalqi tarixini puxta bilgan yozuvchilarning bu davrga etib kelmaganligi, ikkinchi tomondan, P.Qodirov va O.YOqubov singari yozuvchilarning boshqa yumushlar bilan band bo’lib bu mavzuda asar yaratmaganliklari sezildi. YOzuvchilar, garchand qisqa vaqt davom etgan bo’lsa- da, sovet jamiyati hayotida burilish yasagan qayta qurish davri imkoniyatlaridan shu ma‘noda etarli foydalana olmadilar.
Ammo shu bilan birga qayta qurish davri bergan ikkinchi muhim imtiyoz oshkoralik edi. Kommunistik mafkura hukmronlik qilgan yillarda jamiyatda kechayotgan hayotiy xodisalarni faqat sharhlovchi yoxud ijobiy buyoqlar bilan tasvirlovchi asarlargina yaratildi, xolos. YOzuvchilar bu hodisalarga teran nazar tashlash va badiiy tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lmadilar. SHuning natijasida sovet voqeligini ideallashtiruvchi, real hayot haqiqatidan uzoq bo’lgan asarlar ko’plab maydonga keldi. Holbuki, sovet davri nafaqat ayrim shaxslar, balki butun- butun xalqlarning fojiasi bilan to’la bo’lgan.

Download 105.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling