O’bekiston mustaqillik yo’lida.(1985-1991)


ijtimoiy-siyosiy hayotning demokratiyalashuvi. xalq milliy ongining o„sishi. mustabid tuzum inqirozining muqarrarligi


Download 105.19 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi105.19 Kb.
#1529271
1   2   3   4   5
Bog'liq
O„zbekiston mustaqillik yo„lida.(1985-1991) Reja Kirish (Автосохраненный)

2.2 .ijtimoiy-siyosiy hayotning demokratiyalashuvi. xalq milliy ongining o„sishi. mustabid tuzum inqirozining muqarrarligi


―Gorbachevcha‖ qayta qurish natijasida mamlakatda yalpi kommunistik senzura zaiflashdi va deyarli yo’q holiga keltirildi, uzoq vaqtdan buyon kutib kelingan hurfikrlilik va matbuot erkinligi pallasi boshlandi. ―Qayta qurish‖ ning eng birinchi natijasi ―oshkoralik‖ bo’ldi. Oshkoralik tazyiqi ostida sotsialistik mafkura o’zining ―jozibadorligini‖ tobora yo’qotib bordi. Oshkoralik natijasida sovet jamiyatining ahvolini tahlil qilish va mamlakat oliy darajasidagi siyosiy rahbariyatning yo’l qo’ygan xatolariga birinchi bor ochiqchasiga baho berishga qo’l urildi. Lekin shu bilan birga, ―oshkoralik‖ O’zbekiston uchun o’zining bir qator salbiy tomonlari bilan ham namoyon bo’ldi.
1983 yilda Markaz tomonidan ataylab o’ylab topilgan uydirma asosida O’zbekistonda paxtani terish va qayta ishlashdagi ―o’g’irlik,‖ ―qo’shib yozish,‖ moliyaviy buzilishlarni tergov qilish bilan markaziy prokuratura va ichki ishlar organlari maxsus shug’ullandi. Buning natijasida respublikadagi jamoa xo’jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60% idan ko’prog’i, qishloq xo’jaligi etakchi mutaxassislarining qariyb 45%i, har uch paxtachilik brigadasi boshlig’idan biri vazifasidan olib tashlandi (jami 40 mingga yaqin fuqarolar tergov qilingan edi). Ularning aksariyat ko’pchiligi tergov izolyatorlarida bo’lishdi, turmalar va lagerlarga yuborildi. Agrosanoat xodimlariga nisbatan qilingan bu qatag’onlar O’zbekiston qishloq xo’jaligida kadrlar salohiyatini sezilarli ravishda zaiflashtirdi.
Boshqa respublikalarda ham katta ―jinoyatlar‖ ochib tashlandi. Biroq ―paxta ishi‖ eng shov-shuvli ish sifatida butun itgifoqqa namoyon qilindi. Bir qator Rossiya gazetalarining zo’r berishi tufayli ―paxta ishi‖ ―o’zbeklar ishi‖ga aylantirildi. Matbuotdagi shovqin-suronli kampaniya ongli ravishda ataylab tashkil etilganligi yaqqol sezilib turar edi. O’zbekiston aholisining qandaydir misli ko’rilmagan tarzda ―boyib‖ ketganligi haqida afsonalar to’qib chiqarilgan edi. ―Paxta ishi‖ ni umumiy qoralashning salbiy ruhi butun o’zbek xalqiga nis- batan tatbik etildi, bu o’z-o’zidan adolatsizlik edi. Bundan tashqari, yana shu narsa ham ma‘lum ediki, qo’shib yozishlar, poraxo’rlik ma‘lum darajada sotsializmni
―ko’z-ko’zlash‖ maqsadida butun mamlakat xalq xo’jaligi hisobotlariga xos oddiy
voqealarga aylanib qolganligi hech kimga sir emas edi. O’zbekistonga va o’zbek xalqiga nisbatan qilingan bu adolatsizlik xalq ommasini sovetlar rejimiga nisbatan nafratini oshirdi, munosabatini o’zgartirdi.
―Qayta qurish‖ jarayoni avval boshdanoq asosan siyosiy sohani qamrab oldi. Iqtisodiy islohotlar esa, oqibatda bo’ysunuvchan ahamiyat kasb etdi, u iqtisodiyot qonunlari asosida emas, balki mafkuraviy andozalar tarzida amalga oshirildi. Oradan ko’p vaqt o’tmay jadallashib borayotgan siyosiy jarayonlar bilan sust rivojlanayotgan iqtisodiyot o’rtasida katta farq ko’zga tashlana boshladi. SSSRning tarkibiy qismi bo’lgan O’zbekiston ham ―qayta qurish‖ girdobiga tortildi, uning ―qonunlariga‖ amal qildi. Jamiyat har tomonlama demokratiyalashuvining e‘lon qilinishi eng avvalo sotsialistik xalq hokimiyati va o’zini-o’zi boshqkarish rivojlanishidan iborat deb tushunildi.
SHuning uchun ham u avvalo sovet saylov tizimini takomillashtirish, deputatlikka nomzodlarning shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini erkin va har tomonlama muhokama qilishni ta‘minlash orqali amalga oshirilishi lozim edi. Biroq, 1987 yil iyun oyida mahalliy sovetlarga bo’lib o’tgan saylov hali bu jarayon
―demokratiyalashuvdan‖ ancha uzoq ekanligini ko’rsatdi. O’zbekistonda 1987 yil 21 iyunda bo’lib o’tgan saylovda mahalliy sovetlarga 106484 kishi saylangan bo’lib, ulardan 37709 nafari, ya‘ni 35,7% ishchilar, 29209 nafari yoki 27,7% kolxozchilar edi. Taajjubligi shundaki, respublika ishchilari tarkibida mahalliy millat vakillarining ulushi doimo ozchilikni tashkil qilganligi ma‘lum.
1985 yilda respublika ishchilari orasida o’zbeklar 45,7% bo’lsa, aholi tarkibida esa ular 70% dan ortiq edi. Demak, saylangan deputatlar orasida o’zbek millatiga mansub ishchilar ozchilikni tashkil qilgan. YOki boshqa bir nisbatni olaylik. 1987 yilda saylangan deputatlardan 47046 nafari KPSS a‘zolari va a‘zolikka nomzodlar bo’lib, (44,6%), partiyasizlar esa, 58 448 deputatdan iborat edi (55,4%).
O’zbekiston kompartiyasining a‘zolari soni 642 mingdan ortiq ekanligini hisobga oladigan bo’lsak, hokimiyat organlaridagi bunday nisbat partiyaning respublika aholisi orasidagi salmog’iga mutlaqo to’g’ri kelmas edi, ya‘ni partiya
a‘zolari respublika aholisining 3,3%dan kamrog’ini tashkil qilgani holda deputatlarning asosiy qismini tashkil etar edi. Aslida esa, O’zbekiston kompartiyasi ham butun ittifoqda bo’lganidek respublikada yagona hukmron partiya bo’lib, kommunist bo’lmaganlar uchun hokimiyatda qatnashish avvalgidek qattiq cheklangan edi.
O’zbekistonda saylov tizimini demokratiyalashtirish maqsadida 1990 yil fevral-aprelda respublika Oliy Sovetiga ko’p mandatli okruglar bo’yicha eksperiment sifatida saylov o’tkazib ko’rildi. Biroq yakkapartiyaviylik tizimi sharoitida bu yangilik rasmiyatchilikdan nariga o’tmadi. CHunki bu saylovlar Oliy Sovet tarkibini demokratlashtirmadi, aksincha, avval ishlab turgan Oliy Sovetga nisbatan deputatlar orasida ishchilar, kolxozchilar, xotin-qizlar, yoshlar soni kamayib ketdi, avvalgidek davlat hokimiyatining oliy organi deyarli mutlaq partiya a‘zolaridan iborat bo’lib qoldi, deputatlarning qariyb 95%i kommunistlar edi. Lekin, bu saylovda ko’pgina okruglarda birinchi bor deputatlik mandatiga bir nechtadan nomzodlar da‘vogarlik qildi. SHunga qaramasdan, 500 okrudan 174 tasida muqobil nomzodlar ko’rsatilmadi.
SHuningdek, deputatlik vakolatlarining to’xtatilishi va saylovchilarning deputatni chaqirib olishi to’g’risidagi masala ham deputatlikka nomzodlarni ko’rsatish tartibi kabi (nomzodlarni partiya qo’mitalari ko’rsatar edi) avvalgidek partiya qo’mitalari tasarrufida qolaverdi. Lekin saylov tizimida ―demokratiya‖ga amal qilinayotganini ko’rsatish maqsadida matbuot sahifalarida faqat deputatlarni chaqirib olish hollarining o’sish dinamikasini namoyish qilish bilan cheklandi. 1985 yilda O’zbekistonda turli darajadagi sovetlar deputatlarining vakolatlari 1216 kishida, 1986 yilda 2877 kishida to’xtatilgan. Lekin bu vakolati to’xtatilgan deputatlarning aksariyati o’zlarining deputatlik burchlarini yoki saylovchilarning nakazini bajarmaganligi uchun ular tomonidan chaqirib olinganligida emas, balki ―paxta ishi‖ bilan bog’liq bo’lganligi uchun chaqirib olinganligi hozirgi
kunda ma‘lum.
Ijtimoiy-siyosiy sohada ―qayta qurish‖ siyosatining asosiy ziddiyati (ayniqsa, uning dastlabki davrida) KPSSning ―rahbarlik roli‖ni va uning
yakkahukmronligini to’la saqlagan holda sovet jamiyatini demokratiyalashga intilishdan iborat ekanligida edi. KPSSning ―rahbarlik roli‖ uning mutlaq yakkahokimlikka intilishida o’z ifodasini topgan. Partiya nafaqat mafkuraviy hukmronlikni, shuningdek, davlat organlari, sovetlar va kasaba uyushmalarining vazifalarini, ishlab chiqarishni boshqarishni ham o’z qo’liga mustahkam olgan edi. Har qancha ―qayta qurish‖lar amalga oshirilmasin, partiya o’zining cheklanmagan hukmronligini qo’ldan bermasligi tabiiy edi. Masalan, XIX partiya konferensiyasi (1988 y. Iyun- iyul) ham sovet federatsiyasini demokratik prinsiplar asosida qayta qurish masalasiga to’xtalar ekan, ―sotsialistik qardoshlik negizi‖ bo’lgan ―respublikalarning noyob ittifoqi‖ ni zaiflashtirib qo’yish mumkin degan mafkuraviy aqidalar bilan muammoni hal qilishni
rasmiyatchilik tomoniga burib yubordi.
SHuningdek, ittifoqdosh respublikalar o’rtasidagi bevosita (Markaz ishtirokisiz) aloqalar o’rnatish masalasiga, uni ―huquqiy jihatdan chuqur anglab chiqish‖ni talab qiladi, deb ta‘kidladi, konferensiya milliy respublikalarda mil- liy—rus ikki tillikni yoqlab chiqdi. Partiya konferensiyasining ―qayta qurish‖ masalasiga bunday yondashuvi hukmronlikni qo’ldan bermaslikdan dalolat edi.
Respublikada tobora kuchayib borayotgan demokratik jarayonlar mustabid tuzum davrida yillar davomida to’planib qolgan salbiy illatlarning yuzaga chiqishiga sabab bo’ldi. 1989 yil may-iyun oylarida Farg’ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro’y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g’oyat darajada katta shov-shuvga sabab bo’ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Bu mojaro shunchaki, oddiy bezorilikdan iboratdek ko’rinsa-da, lekin uning zaminida mustabid sovet tuzumi yillarida to’planib, pishib etilgan, ertami-kechmi
―portlashi‖ kutilgan milliy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy muammolar yotgan edi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan bo’lib, buning oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va
millatlararo munosabatlarda qo’shimcha muammolarni yuzaga keltirgan edi. Bu muammolarga Sovet davlati o’z vaqtida e‘tibor bermadi. Aksincha, ―rivojlangan sotsializm‖ davriga kelib SSSRda ―milliy masala butunlay hal qilindi‖ deb
―tantana‖ qilindi. Biroq 1989 yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar o’rtasida (R.Nishonovning ta‘rificha, ―bir banka qulpinoy‖ uchun) bo’lgan bezorilik mil- latlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o’rtasida) to’qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg’ona vodiysida ommaviy tus oldi.
Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni o’z vaqtida to’g’ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg’ona, Marg’ilon, Toshloq, Qo’qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo to’qnashuvlarga sabab bo’ldi. Farg’ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to’g’ri ma‘lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan ―mahalliy aholi aybdor‖ deb bir tomonlama va noxolis baholanishi va- ziyatni yanada keskinlashtirdi. 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o’qiyotgan farg’onalik yoshlardan 100 ga yaqini ―Qizil maydonda‖ namoyish uyushtirib, Farg’ona voqealari haqida ―noto’g’ri ma‘lumot‖ berishlarga qarshi fikr bildirdilar va boshqa bir qator talablar qo’ydilar.
Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga ―ko’nikmagan‖ mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989 yil 8 iyunda Qo’qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o’qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo’ldi (ularning ko’pchiligi yoshlar edi),
200 dan ortig’i esa yarador qilindi. Umuman 3—12 iyun kunlari Farg’ona viloyatida bo’lgan millatlararo to’qnshuvlar va ularni harbiylar tomonidan o’qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo’lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o’t qo’yilib, vayron qilingan.
Farg’ona fojialariga taalluqli ma‘lumotlarning (lekin ma‘lumotlar yo’q darajada) tahlili shuni ko’rsatdiki, mesxeti turklari uchun bu mojaro mustabid tuzum aybi bilan urush davrida majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga
qaytib borishlari uchun bahona sifatida kerak bo’lgan. Mahalliy aholi esa bu mojaroga tabiiy ravishda qo’shilib ketgan. CHunki joylarda aholining ijtimoiy- iqtisodiy muammolariga e‘tibor berilmagan, mahalliy yoshlar o’rtasida ishsizlik ko’payib, aholining turmush darajasi pasayib borgan, aholi uy-joylar bilan ta‘minlanmagan, uy qurish uchun uchastkalar ajratilmagan, paxta yakkahokimligi, ekologiya muammolari hal qilinmagan, poraxo’rlik, ko’zbo’yamachilik, qonunbuzarlik avj olgan.
Bu muammolar to’planib, oxir-oqibatda millatlararo to’qnashuvlarni yuzaga keltirdi, natijada begunoh, qurbonlar berildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan majburan o’z vatanidan badarg’a qilingan mesxeti turklari Farg’ona viloyatidan mamlakatning boshqa hududlariga ko’chishga majbur bo’ldilar.
Mudhish voqealardan keyin berilgan rasmiy bayonotlarga ko’ra, respublikada vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikdan ommaviy tartibsizliklarni, millatlar o’rtasida nifoq va to’qnashuvlarni keltirib chiqarishga uringan ekstremistik kuchlar turgan. Lekin, shuni alohida ta‘kidlash kerakki urushning azob- uqubatlariga qaramasdan, majburan ko’chirib keltirilgan, och-yalang’och, holdan toygan, xo’rlangan xalqqa nisbatan o’zining insonparvarlik xislatini ko’rsatgan o’zbek xalqi, o’zining tabiiy mehmondo’stligini necha bor butun jahonga namoyish qilgan xalq uchun hech qanday ijtimoiy muhtojliklar millatlararo janjal tug’dirishga bahona bo’lib xizmat qila olmas edi.
Bu ataylab uyushtirilgan siyosiy ig’vogarlik edi. Farg’onadagi mudhish voqea Sumgait, Boku, Tog’li Qorabog’, O’sh-O’zgan va boshqa mintaqalarda xuddi shunday tarzda uyushtirilgan ig’vogarliklar bilan bir qatorda turar edi. Tub xalqlarning milliy uygonishini, tobora o’sib borayotgan milliy o’zlikni anglash jarayonini bostirish, asosiy va hayotiy muammolardan, ―inqilobiy qayta qurish‖ rejalarining aniq barbod bo’lganligidan mamlakat aholisining e‘tiborini chalg’itish uchun qora niyatli kuchlar tomonidan ataylab uyushtirilgan favkulodda holat edi.
Lekin Farg’ona fojialari sodir bo’lgan vaqtda O’zbekiston kompartiyasining birinchi kotibi lavozimida o’tirgan R.N.Nishonov va u boshliq siyosiy rahbariyat bu mudhish hodisalarning aniq mohiyatini tushunib etmadi, uni siyosiy jihatdan to’g’ri baholay olmadi. Oqibatda begunoh insonlar hayotdan ko’z yumdi. Farg’ona voqealaridan keyin O’zbekiston KP MQning birinchi kotibi lavozimiga saylangan I.Karimov va u boshliq siyosiy rahbariyat bu masalada prinsipial mavqeni egalladi.
Xu l o s a
1917-1991 yillar O’zbekiston tarixida sezilarli darajada murakkab iz qoldirdi. Ana shu davrda o’zbekistonliklarning bir necha avlodlari kuch-g’ayrati bilan bir qadar iqtisodiy va ma‘naviy salohiyat yaratildi. Biroq bularning hammasiga xalqning juda katta zo’r berishi va mehnati bilan erishildi, buning uchun u ko’p mahrumliklarga duchor etildi va hatto qurbonlar berishga majbur bo’ldi.
Mustabid tuzum 1917 yilgi oktyabr‘ to’ntarishi natijasida 70 yildan ko’proq vaqt mobaynida xalq ustidan zo’ravonlik qilish bilan saqlanib turdi, bu ayniqsa mazkur rejimning Turkiston Muxtoriyatiga, istiqlolchilik harakatiga qarshi kurashida, qishloq xo’jaligini jamoalashtirish davrida, 1930-yillarning oxirida va 1950-yillar boshida ro’y bergan ommaviy qatag’onlar davrida, 1980-yillarning birinchi yarmida Moskvada to’qib chiqarilgan ―paxta ishi‖ yoki ―o’zbeklar ishi‖ deb atalgan buhronlarda, fojeiy tarzda namoyon bo’ldi. Mustabid tuzum boshqacha fikrlashning eng arzimas ko’rinishiga, uning imperiyacha siyosatiga bildirilgan shunchaki norozilikka, respublikaning mustaqilligi va manfaatlarini oshkora himoya qilish kabi ko’rinishlarga shafqatsizlik bilan zarba berdi.
Respublikaning Markazga mustahkam bog’liqligi, Markaz esa birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlashi natijasida O’zbekistonning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy rivojlanishi nihoyatda ziddiyatli tarzda kechdi: Kommunistik partiya O’zbekiston va boshqa milliy respublikalar Sovet Itgifoqiga qaramligining yangicha davlat shaklini vujudga keltirar ekan, u O’rta Osiyo klassik mustamlakachiligi davrida vujudga kelgan ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va iqtisodiy aloqalariga asoslandi. Binobarin, barcha ittifoqdosh respublikalarning iqtisodiyotini baravarlashtirish g’oyasi o’n yilliklar mobaynida faqat nomigagina amalga oshirildi, ularning tengsizligi esa baribir amalda saqlanib qoldi.
O’zbekistonga Konstitutsiya bo’yicha berilgan suveren huquqlar ham faqat ko’r-ko’rona edi, aslida esa respublika metropoliya mustamlakasiga aylantirilib, bundan kelib chiqadigan barcha oqibatlarga duchor qilindi. Mustabid tuzum
―xalq hokimiyati‖ sifatida ―mehnatkashlar ommasi‖ni davlat qurilishiga keng jalb qilar ekan, ayni vaqtda o’zining 70 yildan ko’proq hukmronlik davrida aholining ―ekspluatatsiya qiluvchi,‖ ―mehnatkash bo’lmagan‖ sinflarini va ijtimoiy guruhlarini eng oddiy fuqarolik huquqlaridan ham mahrum etdi.
O’zbekistonni dabdabali ravishda ishchilar va dehqonlar respublikasi, keyin esa ―mehnatkashlar‖ va nihoyat ―xalq ommasi‖ respublikasi deb e‘lon qilgan
―xalqparvar‖ tuzum uni mamlakatda hukmron bo’lgan kommunistik partiyaning qatiy boshqaruviga, ―partiya-sovet nomenklaturasi‖ qo’liga topshirib qo’ydi, barcha jamoat tashkilotlari esa partiyaning oddiy ―dastyoriga,‖ uning harakatlantiruvchi vositasiga aylantirildi.
Markaz respublikada sanoatni jadal sur‘atlar bilan rivojlantirar ekan, ayni vaqtda unga bir tomonlama, mustamlaka xususiyatini bag’ishladi. Sovet davlati qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, unga ma‘lum darajada mablag’ ajratar ekan, bu erda metropoliya manfaatlari yo’lida respublika iqtisodiyoti agrar sektorining boshqa an‘anaviy tarmoqlariga zarar etkazgan holda paxtachilikni yuqori sur‘atlar bilan rivojlantirdi, bu esa pirovard natijada og’ir ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlarga ega bo’lgan paxta yakkahokimligi qaror topishiga olib keldi. Moskvaning imperiyacha iqtisodiy siyosati natijasida O’zbekiston sovet hokimiyati yillarida metropoliyaning xom ashyo bazasiga aylantirildi. Ittifoqning sanoat markazlariga va oziq-ovqat mintaqalariga to’la- to’kis bog’liq qilib qo’yildi.
Mustabid tuzum O’zbekistonda umumiy, o’rta maxsus va oliy ta‘limni, fan va madaniyatni keng rivojlantira borib, ularni ko’p darajada mafkuralashtirish, siyosiy va baynalmilal tus berishga va hatto ruslashtirishga, xalqni ko’p asrlik ma‘naviy merosidan, milliy an‘analari va urf-odatlaridan bebahra qilishga intildi.
Bularning barchasi oxir-oqibatda mustabid Sovet davlatini tag-tomiri bilan emiradigan ichki ziddiyatlarga aylandiki, bu illatlar tuzum inqirozini muqarrar qilib qo’ydi.
Sovet imperiyasi inqirozining asosiy sabablari nimalardan iborat edi?
Birinchidan, ―ittifoq‖ning inqirozga uchrashiga shu narsa sabab bo’ldiki, u avval boshdanoq ixtiyoriy asosda emas, balki zo’ravonlik, tazyiq o’tkazish yo’li bilan ―ittifoq‖qa kirgan xalqlarning hohish-irodasiga zid ravishda tashkil etilgan edi. Haqiqatdan ham, o’z mohiyatiga ko’ra bu qatiy markazlashtirish tamoyillari asosida qurilgan va har qanday demokratik normalarni rad etuvchi davlat edi.
―Ittifoq‖ning ―ittifoqdosh sotsialistik respublikalar‖ nomi bilan ataluvchi sub‘ektlari amalda zarur huquqlarga ega bo’lmay, Markaz bilan sub‘ektlar o’rtasidagi munosabatlar esa qonunlar bilan emas, balki KPSSning ko’rsatmalari va buyruqlari bilan tartibga solinar edi. Bunday ―ittifoq‖ning kelajagi bo’lmasligi, inqirozga yuztuban ketishi muqarrar edi.
Adabiyotlar

  1. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.–T.,

―O’zbekiston,‖ 1992 y.

  1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. –T.,

―O’zbekiston,‖ 1993 y.

  1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari. Taraqqiyot kafolatlari. –T., ―O’zbekiston,‖ 1997 y.

  2. Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. –T., ―O’zbekiston,‖ 1998 y. 4.Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. –T., ―O’zbekiston,‖ 1999 y. 5.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.,

―O’zbekiston,‖ 2011 y.
1. Abdullaeva R. XX vek i razval velikoy derjavы SSSR. –M. Versinaj, 2002. 2.Abdunabiev.A. Ko’p partiyalilik: tarix va hozirgi zamon. O’zbekiston
kommunisti. 1990 yil, 11-son. 40-49 b.

  1. Azizxo’jaev A. CHin o’zbek ishi. T. Akademiya. 2003.

  2. Alimov I. Rajabov Q. O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning kuchayishi va iqtisodiy turg’unlik (1971-1985 yy) //O’zbekiston Respublikasi. T, 2006. B. 182-184. O’sha mualliflar. O’zbekiston mustaqillik yo’lida (1985-1991 yy).

  3. Bobobekov H. Farg’ona fojialari kundaligi. Fan va turmush. 1990 yil, 4-son, 26-29 b.

  4. Katasonov V. Kulibinы na eksport. Dialog. 1990 g. №5. S.90-95. 7.Mamajonov D.S. O’zbekistonda qayta qurish davrida madaniy hayot (1985-

1991 yillar). Nomzodlik dissert. 2019 yil.

  1. »Ostatochnыy podxod» k zdravooxraneniyu i ego posledstviya.

Politicheskoe obrazovanie. 1989 g.№1. s.74-76.

  1. Ravshanov P. Qashqadaryo istiqlol arafasida. 1986-1989 yillar. -T.

«Ma‘naviyat».2003.

  1. Utechka mozgov (tol‘ko faktы). Dialog. 1990 g. №5. S.96-98.

  2. O’zbek diplomatiyasi yaratuvchilik va hamkorlik yo’lida. Xalq so’zi.

2001 yil, 31 avgust.

  1. G’iyosov B. Elchi va elchixonalar. Fan va turmush. 1999 yil, 2-son, 11-b. 13.Muzokaralar olib borish san‘ati. Xalq so’zi. 2003 yil, 24 yanvar‘.

  1. O’zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qat‘iy himoya qilish- diplomatik korpusimizning asosiy vazifasidir. O’z. Resp. Prez. SH.Mirziyoevning Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag’ishlangan yig’ilishdagi nutqi. Xalq so’zi. 2018 yil, 13 yanvar‘, 8- son, 12-b.

  2. Mo’minova G. O’zbekistonda sog’liqni saqlash tizimi tarixi (1917-1991 yy)

–T., ―YAngi nashr,‖ 2015 yil.

  1. Iymanova Dilafro’z. O’zbekistonda sovet tuzumining kadrlar siyosati va uning oqibatlari (1945-1991 yillar).t.f.n. diss. –T., 1991 yil.

  2. YUnusova X. Sotsialno-ekonomicheskie protsessы i duxovnaya jizn v Uzbekistane v 80-x godax XX veka: Avtoref. Diss. dokt.ist. nauk. T., 2009.

  3. Hayitov SH. O’zbekiston jamoat tashkilotlarining mamlakat xalqaro aoqalaridagi ishtiroki 91970-1980). Nomz.diss. 1991 y.

  4. ‖Jamoat birlashmalari to’g’risida‖gi (SSSR Oliy Sovetining 1990 yil 30 maydagi Qarori bilan tasdiqlangan). Sovet O’zbekistoni 1990 yil, 9 iyun, 132-son.

  5. ‖Jamoat birlashmalari to’g’risida‖gi Qonun. Marifat. 2002 yil, 20 fevral, 21.O’zbekistonning chngi tarixi. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida.

3 jildlik. 2-jild. –T., ―SHarq‖, 2000 y.
22. Qoraqalpog’iston tarixi 1917-1994 yillar. –Nukus., 1995 yil.
Download 105.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling