O’bekiston mustaqillik yo’lida.(1985-1991)


Sotsializmni isloh qilishga urinish: “Qayta qurish” siyosati


Download 105.19 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi105.19 Kb.
#1529271
1   2   3   4   5
Bog'liq
O„zbekiston mustaqillik yo„lida.(1985-1991) Reja Kirish (Автосохраненный)

Sotsializmni isloh qilishga urinish: “Qayta qurish” siyosati


Mustabid tuzum ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot sifati, fan-texnika taraqqiyoti bo’yicha birin-ketin mavqeni qo’ldan boy bera boshladi, jahonning ancha rivojlangan mamlakatlariga nisbatan oradagi farq xavfli ravishda ortib bordi. Sovet iqtisodiyoti jahonda bu borada yuz berayotgan yangiliklarga butunlay e‘tibor bermaydigan bo’lib qoldi, mutaassibligi va puxta emasligi bilan ajralib turdi.
Biroq asosiy xavf shundan iborat ediki, mehnatga nisbatan qiziqtirish tizimining nuqsonlari odamlar ruhiyatining buzilishiga, boqimandalik kayfiyatlarinin avj olishiga olib keldi. YA‘ni, I.Karimov so’zlari bilan aytganda,
―Markazdan boshqarishning amaldagi tizimi, uning idoralari, xo’jalik yuritish uslub va usullari iqtisodiyotning yanada rivojlanishiga sezilarli turtki bo’lishiga, keskin ijtimoiy muammolarni hal qilishga qodir emasligi yaqqol ayon bo’lib qoldi‖.
Xo’jalik organizmiga mustabid tuzum davrida o’rnashib qolgan illatlar O’zbekiston iqtisodiyotiga tag’in ham ko’proq darajada zarar etkazar edi. Yo’l qo’yilgan qo’pol xatolar, nuqsonlar, madaniy xo’jalik yuritish prinsiplarining to’g’ridan-to’g’ri buzilishi natijasida iqtisodiyot olg’a tomon siljishida eng muhim bo’lgan yo’nalishlar barbod bo’la boshladi.
1980-yillarning o’rtalarida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha respublika ittifoqda oxirgi o’rinlardan birini egallar edi. Aholi jon boshiga milliy daromad hosil qilish O’zbekistonda o’rtacha ittifoq darajasiga qaraganda ikki baravar kam edi. O’zbekiston aholisining mamlakatdagi boshqa mintaqalarga nisbatan moddiy va ijtimoiy ne‘matlar bilan ta‘minlanish darajasidagi farq jiddiy ravishda ortib ketgan edi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning yangi mustamlakachilik rejasiga ko’ra respublika iqtisodiyoti uchun bir tomonlama, faqat ―xom ashyo‖ yo’nalishida bo’lish oldindan belgilab qo’yilgan edi. Natijada, respublikada sanoatning xom ashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog’liq tarmoqlari ko’proq rivoj topdi.
Sanoatdagi tayyor mahsulotning salmog’i umumiy mahsulotlarning fakat 25%ni, xalq iste‘mol mollarini ishlab chiqarish esa o’rtacha ittifoq darajasining faqat 40%ini tashkil qilar edi. Iqtisodiyot tizimidagi va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvidagi xatoliklar O’zbekiston resurs imkoniyatlari va ekologik illatlarining ortishiga, moddiy va moliyaviy ahvolning yomonlashuviga olib keldi. O’zbekiston sanoat ishlab chiqarishining ko’payishi, asosan paxta tozalash, yoqilg’i sanoati resurs sohalari, qora va rangli metallurgiya tarmoqlari hisobiga ta‘min etildi. Qora va rangli metallurgiya tarmoqlarining ulushi 60—65%ga etdi.
Holbuki, mashinasozlik va metallga ishlov berish salmog’i ko’pi bilan 2 band yuqori ko’tarilib 16%dan ko’proqni tashkil etgan edi.
Markazning o’ta xudbinlik asosida, faqat o’z manfaatini ko’zlab yuritgan siyosati natijasida mintaqalar aro nooqilona aloqalar yuzaga keltirildi, bunday sharoitda O’zbekistondan uning milliy manfaatlariga zarar etkazgan holda ko’proq miqdordagi xom ashyo va chala mahsulotlar olib ketilar edi, chetdan esa asosan asbob-uskunalar va tayyor buyumlar keltirilar ediki, bu boshqa ittifoqdosh respublikalar bilan o’zaro munosabatlarda ziddiyatlarni chuqurlashtirar, joylarda ijtimoiy-milliy tanglikni vujudga keltirar edi.
Respublika xalq xo’jaligining bir tomonlama (paxtachilikka) ixtisoslashganligi, inson sog’lig’i uchun zararli bo’lgan kimyo va boshqa ishlab chiqarish korxonalarining o’ylamasdan aholi zich yashaydigan joylarda qurilishi, qishloq xo’jaligida, ayniqsa paxtachilikda kimyoviy moddalardan, zararli pestitsidlardan keng foydalanishi atrof muhit, atmosfera, millionlab kishilarning yashab turgan joylarining ekologik ahvolini murakkablashtirib yubordi. Orol dengizining shiddat bilan qurib borishi ahvolni yanada qiyinlashtirdi, bu hol butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ekologik muhitni halokat yoqasiga olib keldi.
O’zbekistondagi iqtisodiy va ekologik keskinlikni yumshatish, milliy o’zlikni anglash, Markaz tomonidan o’tkazilayotgan tazyiqni bo’shashtirishga bo’lgan urinishlarni, respublikaga eng maqbul va xos bo’lgan yo’llarni belgilashga intilishning har qanday ko’rinishi ―mahalliychilik‖, ―millatchilik‖ deb qaraldi va
qattiqqo’llik bilan barham toptirildi (hatto markazlashgan holda ajratiladigan mablag’lar va resurslarni cheklashgacha borib etildi).
Mustabidchilik merosi va iqtisodiy tanglik oqibatlarini barham toptirish yuzasidan qatiy chora-tadbirlar ko’rish o’rniga vaqtli matbuotda, radio, televidenie va shu kabi vositalar orqali sovet jamiyatining ―muammolardan holiligi‖, mutlaqo ―tangliksiz‖ holda rivojlanayotganligi haqidagi, KPSS tanlagan
―sotsialistik taraqqiyot yo’lining to’g’riligi‖ xususidagi ilgaridan hammaga ma‘lum bo’lgan aqidalar, safsatalar yangrashda davom qildi. Biroq unitar Sovet davlatining o’z xalqiga, hatto eng oz miqdordagi hayotiy ne‘matlarni, madaniy davlatlarda beriladigan ijtimoiy kafolatlar va erkinliklarni ham ta‘minlashga qodir emasligi kun sayin yaqqol ma‘lum bo’lib bordi.
Xalq xo’jaligidagi tanglik holatlarining shiddat bilan ortib borishi ijtimoiy keskinlikning avj olishi bilan birgalikda qo’shilib sotsialistik tizimning tayanch negizlariga tahdid soluvchi xatarli siyosiy tanglikka o’sib o’tish xavfini tug’dirdi. Butun jamiyat ijtimoiy hayotida jiddiy o’zgarishlar qilish zarurligini taqozo qila boshladi. Biroq markaziy mustabid davlatning M.S.Gorbachev boshchiligidagi yuqori partiya-sovet rahbariyati jamiyatda tub islohotlar o’tkazishni tezlashtirish zarurligini fahmlasa-da, lekin uni amalga oshirishda shoshilmadi va bu masalaga yondashuvda jiddiy xatolarga yo’l qo’ydi.
Tub islohotlar o’tkazishda sustkashlik qilish, ichki vaziyatning keskinlashuviga, yomon oqibatlarga olib kelish xavfini tug’dirar edi. Boshi berk murakkab vaziyatdan chiqish yo’lini qiyinchilik bilan izlash boshlandi. Nihoyat, 1985 yilning bahorida KPSS MQning aprel plenumi sovet jamiyatini tubdan qayta qurish, uning barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo’lini e‘lon qildi.
―Qayta qurish‖ sovet jamiyatini rivojlantirishning ob‘ektiv ehtiyoji, unda yashovchi millatlar va xalqlar manfaatlari taqozo etgan hayotiy zarurat sifatida ta‘riflandi.
_______________________________________________
Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.–T.,
Avvalgi tugallanmagan islohotlardan farqli o’laroq 1985 yilda jamiyatni har tomonlama yangilashga o’tish zarurligi e‘tirof qilindi. Qayta qurishning tarkibiy qismlari sifatida jamiyat hayotini demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohotlar
o’tkazishdir, deb e‘lon qilindi. O’sha yillardagi partiya-hukumat hujjatlarida jamiyatni ―turg’unlik‖ illatlaridan tozalashga, uni ―inqilobiy yangilash‖ga, oddiy inson ehtiyojlariga diqqat-e‘tiborni kuchaytirishga chaqiriqlar yangi kuch bilan yangradi.
Rahbarlikning eskirib qolgan shakllari va usullari, to’g’anoqlik va tanglik holatlarining mavjudligi, jamiyatda oshkora tanqidning, fikrlar xilma-xilligining, hokimiyat tuzilmalarida va iqtisodiyotni boshqarishda demokratiyaning, Markaz bilan milliy o’lkalar manfaatlarida oqilona nisbatning yo’qligi, inson omilining etarli darajada hisobga olinmasligi qoralandi. Binobarin, siyosat va ijtimoiy munosabatlar sohasida fikr erkinligiga, rahbar lavozimlarga saylashning muqobilligiga yo’l qo’yish, mahalliy sovet organlari vakolatlari va mas‘uliyatining kengaytirilishi nazarda tutildi.
Xususan, mahalliy sovet organlari sanoat korxonalarining o’zlariga buysunishidan tashqari ular faoliyatini nazorat qilishlari, joylarda keng iste‘mol qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish imkoniyatlarini qidirib topishlari, ularning sotilishini nazorat qilishlari lozim edi. Davlat tizimini isloh qilishda ustivorlik milliy respublikalarga ko’proq mustaqillik berilishiga qaratilmog’i kerak edi.
Ittifoqdagi mavjud yakkapartiyaviylikning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini hech bo’lmaganda cheklash, ekvivalentli bo’lmagan iqtisodiy ayirboshlashga, qishloq xo’jalik va mineral xom ashyo ishlab chiqarishga ixtisoslashtirishga, respublikalar, ayniqsa, O’zbekiston uchun zararli bo’lgan ana shunday iqtisodiy yo’nalishga barham berilishi zarur edi. Biroq qayta qurish
―konsepsiyasi‖ avvalboshdanoq noilmiy bo’lib, u mag’lubiyatga mahkum edi.
Qayta qurish borasidagi dastlabki tajribalarning ko’rsatishicha, mamlakat siyosiy rahbariyati birinchi kundanoq ―qayta qurish‖ mafkurasini anglab etishda nihoyatda soddalashgan nuqtai nazar bilan yondashdi. Qayta qurish ―konsepsiyasi‖
―qardosh‖ ittifoqdosh respublikalarning hayotiy manfaatlari va muammolarini chuqur ilmiy tahlil qilishga, ularni bilishga asoslanmagan edi. O’sha davrda sovet
sotsialistik tuzumi iqtisodiy, siyosiy jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega deb hisoblandi, tarixiy istiqbol sotsializm tomonida deb qaraldi.
Sotsializmga sun‘iy ravishda demokratik qiyofa berilib, mustabid tuzumning mavjud yaramas illatlarini ―tasodifiy hol‖, ular uchun ―sotsialistik jamiyatda asos yo’q‖, shuning uchun ularni, ayniqsa, boshqaruv tizimidan olib tashlash kifoya deyildi. SHu bilan birga, sovet iqtisodiyotining, butun xo’jalik tizimining ana shu illatlari kelib chiqishi jihatidan sotsialistik ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyatiga, bozor iqtisodiyoti imkoniyatlaridan to’la-to’kis foydalanishni inkor qiluvchi kommunistik mafkura monopoliyasiga bog’liq ekanligi tan olinmadi.
Mamlakatda qaror topgan xo’jalik yuritish tajribasi SSSR rahbariyatiga sotsializm rivojlanib borgan sari mulkchilik munosabatlarining tuzilishi oddiylashadi, uning turli-tuman shakllari bir-biri bilan yaqinlashib qo’shilib ketadi, iqtisodiy jarayonlar davlat tasarrufiga o’tadi, deb da‘vo qilishlariga imkon berdi. Ana shunga asoslanib markazlashgan rahbarlik usullari uzluksiz kuchayib borishi lozim, degan uzoqni ko’zlovchi xulosa chiqarildi. Bularning hammasi sotsialistik ijtimoiy tuzumning, istisnosiz barcha ishlab chiqarish vositalariga davlat mulkchiligi saqlanib qolgan taqdirdagina,
KPSS etakchiligi hech narsa bilan cheklanmagan sharoitdagina shunday bo’lishi mumkin edi. Boshqacha aytganda, ―qayta qurish‖ tajribasi faqat partiyaning ijtimoiy-siyosiy rahbarligini mustahkamlashni, jamiyatni sotsialistik asosda tashkil etishni yanada takomillashtirishni, uning faqat qismangina, shunchaki, ―pardoz berish‖ tarzida yangilanishini nazarda tutgan edi.
Eskicha uslubda yondashuvlar ta‘siri shunga olib keldiki, hatto amaldagi xo’jalik yuritish mexanizmini shunchaki o’zgartirishga qaratilgan oddiy bir konsepsiya ham taklif qilinmagan edi. Mo’ljallangan islohotlarning tub mohiyati va xususiyatlari to’g’risidagi tasavvur ham qaror topmagan edi.
__________________________________
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. –T.,―O’zbekiston,‖ 1993 y
1980-yillarning ikkinchi yarmi mobaynida ro’y bergan ―qayta qurish‖ islohotlari turkumi sub‘ektiv tarzda, faqat ichki his-hayajonga asoslanib, ixtiyoriy ravishda shunchaki sinab ko’rishlar va xato usullar bilan tashqi tomondan ta‘sirchan bo’lishini umid qilib, aniq ilmiy jihatdan savodli ishlab chiqilgan, siyosiy jihatdan asoslab berilgan dastursiz amalga oshirildi. I.Karimov qayta qurish siyosati davrida iqtisodiyotda ro’y bergan buzilishlarni ta‘riflar ekan, bunday deb ta‘kidlagan edi: ―Inqiroz sabablari va omillarini to’liq tasavvur etmagan, o’zgartirishlarning aniq-ravshan dasturiga ega bo’lmagan butun iqtisodiy siyosat empirik xarakterda bo’lib, avantyuradan iborat eksperimentlardan, har tomonga og’ishlardan boshqa narsa emas edi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va bozor munosabatlariga o’tishning turlicha yondashuvlarga asoslangan dasturlari loyihalarining ko’pligi islohotlarning aniq maqsadi yo’qligidan, ularni ro’yobga chiqarish muddatlari — ―besh yuz kun‖ deb belgilab qo’yilishi esa zarur o’zgartirishlarning tub mohiyati va nihoyatda murakkabligi to’la anglab etilmaganligidan dalolat berar edi‖. SHu bilan birga, iqtisodiyotda, ijtimoiy-madaniy sohada amalga oshirilayotgan, hatto eng yuzaki
―qayta qurish‖ jarayonlari ham odatda shunchaki, oshkora siyosiy tus berilgan jarayonlar edi.
Odatda, markazda ishlab chiqiladigan dasturlarda, aslida federatsiya sub‘ektlari bo’lgan respublikalarning manfaatlari nazar-pisand qilinmas edi. Buning ustiga, Markaz o’zining ko’pgina nuqsonlarini respublikalar zimmasiga yuklashga intilar edi, hatto ularni ishlab chiqarishning umumiy inqirozi, so’mning qadrsizlanishi sharoitida ham oziq-ovqat bilan, xalq iste‘mol mollari va moddiy resurslar bilan o’zlarini ta‘minlashga majbur qildi.
Bu hol vujudga kelgan xo’jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (mahsulot bilan ayirbosh qilish) shakliga o’tishiga olib keldi, mintaqaviy xo’jalik yuritish g’oyasini vujudga keltirdi va g’ayriintegratsion jarayonlarning kuchayishiga turtki bo’lib xizmat qildi. Bu va ko’pgina boshqa omillar ―qayta qurish‖ taqdirini — mustabid tuzumning sotsializmni isloh qilishga qaratilgan so’nggi urinishlarini dastlabki kundanoq zarba ostiga qo’ydi.

    1. Download 105.19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling