Mustaqil ishi markaziy osiyoda etikaning taraqqiyot bosqichlari


Etikaning rivojlanish tarixi


Download 43.1 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi43.1 Kb.
#1239474
1   2   3
Bog'liq
Markaziy osiyoda etikaning taraqqiyot bosqichlari

Etikaning rivojlanish tarixi.
Etika mohiyat haqidagi, axloqning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi, uning o’ziga xos xususiy vazifalari haqidagi fan bo’lib o’zining boy tarixiga ega.
Etika fanining asoschisi bo’lib buyuk qadimgi grek faylasofi Sokrat (e.o.gi 469-399) hisoblanadi. Insoniyat tarixida buyuk etikashunoslar sifatida Platon ( e.o.gi428-328 yillar), Aristotel (e.o.gi384-322 yillar), Seneka (e.o.gi 4 yil – eramizning 65 yili), Mark Avreliy (121 – 180), Avgustin Blajenniy (354 – 430), B. Spinoza (1632 – 1677), I. Kant (1724 – 1804), A. Shopengauer (1788 – 1860), F. Nitsshe (1844 – 1900), A. Shveytser (1875 – 1965).
Odob-axloq haqida ko’plab buyuk mutaffakkurlarimiz shug’ullanishgan, qimmatli fikrlarini o’z asarlarida aytib qoldirganlar. Abu Nasr Farobiy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus ibn Iskandar, Amir Temur, Aliher Navoiylarning axloq to’g’risida aytib ketgan qimmatli fikrlari jahonshumul ahamiyatga ega boldi.
Qadimgi davrlardan, eng muhimi 2500 yil oldin Qadimgi Gretsiya fanlarning rivojlangan vaqtlarda boshlab odamlarni yomon harakatlardan saqlagan axloqiy sezgi tushunchalarning mohiyati va paydo bo’lishi masalalari paydo bo’la boshladi. Insonda nima axloqiy deb atalishi to’g’risida ilmiy tushuntirishga urinishlar bo’lib o’tgan. Aynan o’sha sinfiy tsivilizatsiyaga o’tish zamonida filosofik bilimning mustaqil bir qismi sifatida qayd etih vujudga kelgan.
Etikaning rivojlanish tarixini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
etikadan oldingi,
− antik etika,
− o’rtaasrlar etikasi,
− Yangi davr etikasi,
− zamonaviy etika.
Etikadan oldingi davr.
Ibtidoiy jamiyatining mulkiy tabaqalanishining yuqori bosqichini aks ettiruvchi Gomer dostonlaridayoq muhim qaramaqarshiliklar uchraydi. Bir tomondan olganda Gomer qahramonlari axloqli. Ular o’ qabilasiga tegishli, qabilasi uchun kurashadilar va bu ularning hayot mazmuni hisoblanadi. Vatan, qabila sha’ni, jangsshining shon-sharafi, do’stlik, oilaning faravonligi ularning xulq-atvorining asosini tashkil etadi. Boshqa namondan qaralganda, na “Iliada”da va ha “Odisseya” da aniq belgilaab qo’yilgan axloq Kodeksi mavjud emas-ki, unga rioya qilishlik axloqning mezoni hisoblansa.
Gesiodada boshqacha holatni ko’rish mumrin, qaysikim sinfiy wivilizatsiya davriga to’g’ri keladi. Uning dostonlari axkoqiy ma’no bilan sug’orilgan. Asosiy qadriyatlar tariqasida Gesiod mehnat va adolatni ilgari suradi va uning tagida avaylab asrash, hisob kitoblilik, qonuniylikni va umuman olganda mulkni musstahkamlashga qaratadi.
Antik etika.
Eramizda oldingi 5 asrda falsaning inson muammolari tarafiga burilishi etikaning shakllanishida hal qiluvchi rol o’ynadi. Antik etikada ikkita asosiy yo’nalishni aytib o’tish mumkin:
− birinchisi – sofistlar va axloqni inkor etuvchilar, ular axloqiy talablarning majburiyligini inkor qiladi;
− ikkinchisi – qadimgi Gretsiyaning buyuk mutafakkurlari Sokrat, Platon (e.o.gi 5 asr), Aristotel (e.o.gi 4 asr), Epikur (e.o.Z asr) axloq fani tariqasida etikaga asos solganlar.
Sofistlar maktabining bir vakili bo’lgan - Protogor (e.o.5-4 asrlarning oxiri) fikricha axloq muayan bir davrda har bir insoniyat jamiyati uchungina bo’ladi, shu sababli axloqiy talablar barcha xalqlarda har xil bo’ladi, yaxshilik va yomonlik tushunchalari nisbiy hisoblanadi.
Sofistlarga Sokrat (e.o.gi 469-399 yillar.) qarshi chiqdi. Uning fikricha yaxshi fazilatli deganda boshqalarni siqishtirmasdan ularga nisbatan adolatli bo’lish, faqat o’zigagina emas balki jamiyatga xizmat qilishga qodir bo’lish, buningsiz jamiyatni tassavvur qilib bo’lmaydi. Bu boradagi antik yutuqlarning yakuni Aristotelning (e.o.gi 4 asr.) etikasi bo’lib, u birinchi bo’lib etikani yaxsh fazilatlilar haqidagi teoretik fan tariqasida ilgari ham ta’kidlaganimizdek tizimga solgan va unga nom bergan. Aristotelning talimoti bo’yicha aolatli odam tamonidangina sodir etilgan harakatlar adolatli hisoblanadi.
O’rta asr etikasi.
O’rta asrda etikasi diniy etika bo’lib qoldi.
Agar antik etika insonning axloqiy yuksalishi uning o’ziga bog’liq, axloq kishining yaxshi fazilatlari majmuyi bo’sa, o’rta asrdagi etikaning axloqiy talablari xudoning amri kabi bo’ladi.
Yangi davr etikasi.
Ushbu davr axloq kontseptsiyasini T.Gobbs yaratgan.Uning ta’limotiga binoan, axloq tushintirishga muhtoj, dunyo axloqiy baho nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. Su sababli Gobbs ijtimoiy axloqni jazlash xavfi bilan qo’rqitib turadigan hokimiyat kerak degan xulosaga keladi va bu bir kishining yoki odamlar yig’ini hokimiyatimi qat’I nazar barcha bo’ysunishi kerak. Davlatda tabiyatdagiday kuch qonunni yaratadi. Davlatning xohishi oily qonun. Tinch yashash faqat qudratli davlat kuchiga bo’ysunish bilan amalgam oshiriladi.
19 asrning 40 yillarida marksistik nazariya vujudga keldi va u kishilik jamiyatining rivojlanishiga moddiy nuqtai nazardan qaradi. Marksistik etika qoidalari quyidagilarda belgilanadi:
Osnovnoe polojenie marksistskoy etiki zaklyuchaetsya v sle-
duyuщem: inson nima qilishi kerakligini aniqlashda u o’zi nima eydi. Insonning mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlarning majmuidir'1. Axloq inson jamiyat bilan, bnsoniyat bilan uchrashganda yuzaga keladi.
Zamonaviy etika.
20 asr axloq nazariyasi orasida zo’rlikka asoslanmaganlik etiksi bo’lib butun dunyoda tarafdorlari ko’payib bormoqda.
Tarixda bo’lgan, hozirda ham davlatlar o’rtasidagi, millatlar o’rtasidagi, kishilar o’rtasidagi nizolarni kuch yordamida hal qilish mavjud.
Kuch ishlatmaslik etikasi esa nizolarni kuch ishlatishni istisno qiluvchi butunlay o’zgacha yondashishdir.
«Haqiqiy etika so’zdan foydalanishni bekor qilingan joyda boshlanadi” degan A.Shveytserning so’zlarida katta ma’no yotibdi. Uning etik kontseptsiyasi
aktiv maqsadli faoliyatga chaqiradi, hayotning barcha mavjud formalarini saqlab qolishga, odamlarga sharaf bilan xizmat qilishga, ularga hayotining bir parchasini, muhabbatini, mehrini berishga da’vat qiladi.
Axloq tog’risida Sharq mutaffakkirlari va davlat arboblari ko’plab qimmatli fikrlarni bildirganlar. Ulardan Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida, Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” asarida, Kaykovus “Kaykovus” asarida, Amur Temur “Tuzuklar”ida, Alisher Navoiy ko’plab asarlarida davlat rahbari, vazirlar, qozilar axloqi haqida ibratli so’zlarni keltirganlar.
Markaziy Osiyoda Uyg’onish davrining buyuk mutaffakkiri Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida bu shaharga hokim bo’ladigan odam shu shahar ahlisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiyatan o’n ikki hislat-fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur, degan edi. Fozillar shahri hokimi avvalo to’rt muchasi sog’ bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarishida biror a’zosidagi nuqson halal bermasligi lozim, aksincha, u sog’-salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim, deb ta’kidlagan. Ikkinchidan, bunday shahar hokimi tabiyatan nozik farosatli bo’lib, suhbatdoshining so’zlarini, fikrlarini tez tushinib, tez ilg’ab olishi, shu sohadaumumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur. Uchichidan, u anglagan, ko’rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tavsilotlarini unutmasligi lozim. To’rtinchidan, u zehni o’tkir, zukko bo’lib, har qanday narsaning bilinear-bilinmas alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur. Beshinchidan, u fikrini ravshan tushutira olish maqsadida, chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi zarur. Oltinchidan uustozlardan ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo’lishi, o’qish, o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi zarur. Ettinchidan, taom eyishda, ichimlikdan ochofot emas, o’zini tiya oladigan bilishi, (qimor yoki boshqa) o’yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi zarur. Sakkizinchi, u haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur. To’qqizinchi, u o’z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli odam bo;lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug’ma oily himmat bo’lishi, ulug’, oily ishlarga intilishi zarur. O’ninchi, bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlariga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan) bo’lishi zarur. O’n birinchi, tabiatan adolatparvar bolib, odilodamlarni sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon koruvchi, o’z odomlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zalliklarnibarchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zalliklarni ravo ko’ruvchi bo;lishi zarur. O’zi haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi zarur. O’n ikkinchi, o’zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalgam oshirishda qat’yatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasliggi kerak.
Farobiyning fikricha, mana shu barcha hislatlarning bir odamda jamlanishi amri mahol, zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi va ular ular nodir insonlardir. Maboda fozillar shahrida shunday barkamol inson topilib qolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitasi yoki beshtasi kamol topganida ham, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi. Ba’zi mahallarda fozillar shahrida bunday odam yo’ bo’lib qolganida ham (vafot etganida yoki boshqa joyga ketgan vaqtida), ana shu imom (hokim) yoxud uning izdoshlari (agar mazkur imomdan so’ng biri .... shaharga boshlq bo’lsalar) chiqargan qonun va tartiblarga amal qilinadi.

Download 43.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling