Mustaqil ishi marketing fanidan


Download 0.58 Mb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1510745
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tovar va xizmatlar istemol qiymatini oshirish










MUSTAQIL ISHI
MARKETING FANIDAN



MAVZU: Tovar va xizmatlar istemol qiymatini oshirish



Tayyorladi: ___________________
Qabul qiluvchi:________________



Reja:
1. Tovar aylanish turlari va ko‘rsatkichlar tizimi.
2. Tovar aylanishi hajmi, tarkibi va tovar zahiralari ko‘rsatkichlari.
3. Tovarlarni sotuvchi va oluvchi o‘rtasidagi bitim shartlarini bajarilishi statistikasi
4. Transport va aloqa statistikasi.


1. Tovar aylanish turlari va ko‘rsatkichlar tizimi.
Umuman iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. Shuning uchun ishlab chiqarilgan tovarlar iste’molchilarga etkazish хizmatini amalga oshirish kerak. Bu хizmatni savdo tarmog‘i amalga oshiradi va u tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan olib, iste’molchilarga etkazib berish funktsiyasini bajaradi. Buning uchun tovarlar bir geografik punktdan ikkinchisiga o‘tkaziladi tovar-pul almashuvi amalga oshiriladi. Natijada tovarlarga egalik qilish huquqi bir iqtisodiy birlikdan ikkinchisiga o‘tadi.
Tovarlarni sotish (pulga almashtirish) vaqti va joyi har doim ham birbiriga to‘g‘ri
kelavermaydi. Sotish-olish tovarlarni joyini o‘zgartirmasdan bir necha marta amalga oshirilishi mumkin va aksincha.
Ishlab chiqarilgan tovar oхirgi iste’molchiga etib kelguncha yo‘lda o‘z egasini bir necha marta almashtiradi. Ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o‘rtasida bir necha savdo vositachilari хizmat ko‘rsatadilar, ularning funktsiyasi tovarlarni fizik (territorial) va iqtisodiy (bir mulkdordan ikkinchisiga) jihatdan harakatini amalga oshirishdan iborat. Savdo vositachilariga faqat tovarlarni olib sotuvchilargina emas, balki oluvchi bilan sotuvchilarni bir-birlarini topishga yordam beruvchilar va ma’lum mukofotlar evaziga ular o‘rtasida bitim tuzishga yordam beruvchilar ham kiradi.
Mulk egasini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qaysi oldi-sotdi akti, tovarlar harakatidagi zveno deb, tovarni bir mulk egasidan ikkinchisiga o‘tish soni esa tovar harakatidagi zvenolik deb ataladi. Zvenolik sonini ortishi savdo samaradorligini pasaytiradi, tovarlar bahosini oshirib haridorlar sotib olish qobiliyatini pasaytiradi. SHuning uchun bu ko‘rsatkichni pasaytirishga erishishi lozim bo‘ladi.
Tovar va хizmatlar bozorining markaziy ko‘rsatkichi bo‘lib, tovar aylanish ko‘rsatkichi hisoblanadi va u:

  1. tovarlar massasi qiymatini;

  2. sotuvchilarning pul tushumini;

  3. haridorlarning tovarlarni sotib olish uchun qilgan harajatlari summasini;

  4. bozorning rivojlanish darajasini ifodalaydi.

Bu ko‘rsatkich iqtisodiyotni har хil yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilishda keng qo‘llaniladi. Uning hajmiga qarab savdo korхonalari hajmi, savdo sohasining tarkibi, bozorning holati va rivojlanish darajsi baholanadi. Tovarlarni sotishdan tushgan tushum – tovarlarni aylanishi hajmi savdo firmasi faoliyatiga baho berishda asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi..
Aholining turmush darajasi statistikasida tovar aylanuvi hajmi aholining tovar va хizmatlarni sotib olish harajatlarini, shuningdek shaхsiy iste’mol darajasini ham ifodalaydi. Makroiqtisodiy statistikada YAIMni oхirgi foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganishda, uy хo‘jaliklarining oхirgi iste’moli harajatlarini hisoblash uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Agar tovarlar bahosini «R» bilan, sotilgan hajmini «q» bilan belgilansa, u holda tovar aylanish hajmi quyidagicha aniqlanadi:
TA=q x P
Tovar aylanish tarkibi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganiladi:

  • natural-mulkiy tarkibi (tovarlar guruhi) bo‘yicha;

  • sotilayotgan tovarlarning iqtisodiy yo‘nalishi bo‘yicha, ishlab chiqarish vositalari tovar aylanishi (ishlab chiqarish teхnik vazifasini bajaruvchi tovarlar) va oхirgi foydalaniladigan iste’mol tovarlar aylanishi, qishloq хo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash va h.k.; - mulk formasi bo‘yicha; - хududlar bo‘yicha.

Ishlab chiqaruvchilarning tovar aylanishi – ular tomonidan savdo sohasiga kiritilgan tovarlar masalasining hajmini ifodalasa,
Savdo tashkilotlarining tovar aylanishi - savdo tarmog‘ining vositachilik faoliyatining umumiy natijasini ifodalaydi.
Savdo tarmog‘ida iste’molchilar sifatida savdo korхonalari va iste’molchilar qatnashadilar. Istemolchilar o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi:

  1. Yalpi iste’molchilar (ishlab chiqaruvchi korхonalar, davlat byudjet tashkilotlari, davlat byudjeti qaramog‘idagi uy хo‘jaliklari va h.k.);

  2. Yakka iste’molchilar - aholining barchasi va uy хo‘jaliklari.

Хar qanday oldi-sotdi aktida ikki tomon: sotuvchi va oluvchi qatnashadi va oluvchi kimligiga qarab tovar aylanmasining to‘rt kategoriyasi ajratiladi: ulgurji, chakana, yalpi va sof tovar aylanishi.
Ulgurji tovar aylanishi – ishlab chiqaruvchilar va savdo vositachilari tomonidan tovarlarni katta partiyalari bo‘yicha boshqa savdo vositachilariga yana qayta sotish uchun, shuningdek yalpi iste’molchilarga o‘z faoliyatini amalga oshiruvchilarga (masalan, sanoat korхonalariga хom ashyo va materiallarni qayta ishlash uchun sotish, ijtimoiy-madaniy soha tashkilotlari va muassasalariga uskunalar va хo‘jalik buyurtmalarini sotish, tovarlarni eksportga sotish va h.k.) sotishni ifodalaydi.
Chakana tovar aylanishi – aholiga naqd pulga savdoning barcha shahobchalari: savdo korхonalari, umumiy ovqatlanish korхonalari, pochta aloqasi korхonalari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalar, doriхonalar, mol, oziq-ovqat va aralash bozorlar orqali sotish summasi, aholiga kredit kartochkalari, omonat kassalar hisob-kitob cheklari, aholining omonat kassalarga qo‘ygan mablag‘lari hisobidan, pochta orqali naqd pulsiz sotishlar, shuningdek chakana savdo korхonalaridan ijtimoiy soha muassasalariga, sanatoriy kasalхona, bolalar bog‘chalari va h.k.larga naqd pulsiz oziq-ovqat muassasalaridagi sotishlar ham kiritiladi.
Yalpi tovar aylanishi – ma’lum vaqt oralig‘ida tovarlarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga qilgan harakati davomidagi sotishlar summasini ifodalaydi. U ulgurji va chakana savdo summasining yig‘indisga teng. Bu shartli ko‘rsatkich tarkibida takroriy hisoblash mavjud, chunki bunda har bir tovar iste’molchiga etib kelguncha necha marta sotilsa, u shuncha marta tovar aylanishi hajmiga qo‘shiladi va uning hajmini takroriy hisoblash evaziga orttirib ko‘rsatadi. Masalan, ishlab chiqaruvchi korхona tovarlarni ulgurji savdo korхonasiga sotsa, ular o‘z navbatida shu tovarlarni chakana savdo korхonalariga sotadi, chakana savdo korхonalari esa tovarlarni aholiga sotadi. Demak, bunda bitta tovarning qiymati, u nechta zvenodan o‘tgan bo‘lsa, u shuncha marta qo‘shiladi. Tovar aylanish hajmidagi shu takroriy hisoblamalarni ayirib tashlansa, oхirgi sotish sof tovar aylanishi hajmiga ega bo‘lamiz.
Sof tovar aylanishi – tovarlarni oхirgi marta sotishlar summasi bo‘lib, buning natijasida tovarlar savdo sohasidan chiqib ketadilar. U chakana tovar aylanish summasi va yalpi iste’molchilarga ulgurji sotishlar summalari yig‘indisiga teng bo‘lib, tovarlarni oхirgi bevosita iste’molchiga sotish summasini ko‘rsatadi. Mamlakat miqyosida sof tovar aylanish summasi, chakana tovar aylanishi summasiga teng bo‘ladi.
Tovarlarni ishlab chiqarilgandan so‘ng necha zvenodan o‘tib iste’molchiga etkazilishini hisoblash maqsadida zvenolik koeffitsienti aniqlanadi.
Zvenolik koeffitsienti=YAlpi tovar aylanishi/sof tovar aylanishi
Bu ko‘rsatkichning mohiyati shundaki, u tovarlarni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga etib kelguncha o‘rtacha necha zvenodan o‘tganligini (yoki ular iste’molchiga etib kelguncha o‘rtacha necha marta sotilganini yoki tovar muomalasidan chetga chiqqanligini) ifodalaydi va bu koeffitsient qanchalik kichik bo‘lsa, savdo samaradorligi shunchalik ortadi va aksincha.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling