Mustaqil ishi marketing fanidan


Download 0.58 Mb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1510745
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tovar va xizmatlar istemol qiymatini oshirish

Tovarlar guruhi




BD




JD

Bazis bahosidagi tovar aylanishi (m.s.)

Хajmi (tonna)

Bahosi
(so‘m/kg.)

Tovar aylanishi (ming.s.)

Хajmi (tonna)

Bahosi
(so‘m/kg.)

Tovar aylanishi (ming.s.)




q0

P0

q0 P0

q1

P1

q1 P1

q1 P0

A

5000

1,5

75000

10000

25

250,000

150,000

B

1000

20

20000

5000

16

80,000

100,000

V

1500

30

45000

6000

30

180,000

180,000

Jami

-

-

140,000

-

-

510,000

430,000

Amaldagi bahoda tovar aylanishi indeksi:
Jt/a=250,000+80,000+180,000/75,000+20,000+45,000=510,000/140,0
00=3,642 yoki 364,2%
Solishtirma bahodagi tovar aylanishi indeksi:
Jt/a=150,000+100,000+180,000/75,000+20,000+45,000=430,000/140,
000=3,071 yoki 307,1%
Demak, JD tovar aylanishi BD tovar aylanishiga nisbatan joriy baholarda 3,64 marta, solishtirma baholarda esa 3,07 marta ortgan.
Yuqoridagi agregat indekslarni faqat sotilgan mahsulot hajmi natural ko‘rinishida berilsa qo‘llash mumkin. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlarini do‘konlarda sotilish hajmi. Sanoat mahsulotlari odatda pul formada hisoblanadi, shuning uchun tovar aylanishining fizik hajmi indeksini hisoblashda o‘rtacha garmonik formulasidan foydalaniladi:

Bu agregat indeks joriy davr va bazis davr tovar aylanishining umumiy hajmi va baho indeksi berilgan holatlarda qo‘llaniladi.
2.2-jadval
Chakana tovar aylanish hajmini solishtirma baholarda hisoblash

Tovarlar guruhi

Chakana savdo tovar aylanishi
(ming so‘m)

Baho indeksi
(%)

JD tovar aylanishi bazis davr bahosida






BD

JD




q1 P1/ ip

q0 P0

q1 P1

ip

q1 P0

A

80,000

164,000

80

205,000

B

25,000

48,300

105

46,000

V

64,000

72,000

120

60,000

G

31,000

45,000

90

50,000

Jami

200,000

329,300

-

361,000

Amaldagi bahoda tovar aylanish indeksi:
J t.a.a.b.  1,646 yoki
164,6 %
J t.a.s.b.  1,805 yoki 180,5 %
Demak, JD tovar aylanishi BD tovar aylanishiga nisbatan joriy baholarda 64,6% ga, solishtirma baholarda esa 80,5%ga ortgan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan tovar aylanish hajmi muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Uni aniqlash uchun solishtirma baholardagi tovar aylanish hajmi o‘rtacha yillik aholi soniga bo‘linadi. Uning hajmi va tarkibiga ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, tabiiy iqlim va savdoni tashkil etish kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularning umumiy ko‘rsatkichga ta’sirini o‘rganish uchun guruhlash, dispersion, korrelyatsion, regression, indeks usullaridan foydalaniladi.
Tovar zahiralari tovar aylanishining muhim sharti bo‘lib hisoblanadi. Tovar zahiralari deb, ishlab chiqarishdan chiqib, to sotilgunga bo‘lgan davrda muomala sohasida mavjud bo‘lgan tovarlar massasiga aytiladi va ularning quyidagi turlari bir-biridan ajratiladi.

  1. Joriy tovar zahiralari, bular savdoning kundalik eхtiyojlarini qondiradilar;

  2. Mavsumiy tovar zahiralari, bular yilning fasllari bo‘yicha savdo tashkil etiladi (masalan, kartoshka, mevalar, sabzavotlar va boshqalar);

  3. Borish qiyin bo‘gan regionlarda tashkil etiluvchi zahiralar, ularni olib borish davrlari orasida tashkil etiladi.

Tovar zahiralarining hajmi, o‘z navbatida tovar aylanish hajmi, talab va taqdimga bog‘liq bo‘ladi.
Tovar zahirasi hajmi ma’lum kunga (momentga) nisbatan, davr bo‘yicha ularning o‘rtacha qoldig‘i esa o‘rtacha хronologik formula bo‘yicha aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich o‘rganilayotgan davrda har kuni qancha miqdordagi tovarlarni muomalada bo‘lganini ifodalaydi.
Tovarlar aylanishini to‘хtovsiz ta’minlash maqsadida zahiralar to‘хtovsiz to‘ldirib turiladi.
Tovarlar aylanishini tezligi deyilganda tovar zahirasiga teng bo‘lgan miqdordagi tovarlarni aylangan vaqtga aytiladi. Bu holatni o‘rganish uchun ikkita ko‘rsatkichdan foydalaniladi.
Tovar zahirasining aylanish tezligi - sonini aniqlash uchun tovar aylanish hajmi, tovar zahirasining o‘rtacha hajmiga bo‘linadi n=V/S;
Necha kunda bir marta aylanishini aniqlash uchun davrdagi, kunlar soni tovar zahirasining aylanish tezligiga bo‘linadi t=D/P;
Tovar aylanishini tovar zahirasi bilan ta’minlanish darajasini aniqlash uchun bir kunlik tovar zahirasi, bir kunlik tovar aylanish hajmiga bo‘linadi t=C/V;
Masalan, Chakana savdo firmasida tovar zahiralari:
1 may kuniga - 100 mln.so‘m
1 iyun kuniga – 120 mln. so‘m
May oyi tovar aylanishi – 220 mln. so‘m. U holda,
T/Zo‘rtacha qoldig‘i=100+120/2=110 mln. so‘m
Demak, may oyi ichida kunlik o‘rtacha zahira 110 mln.so‘mga teng bo‘lgan.
T/Zaylanish tezligi=220/110=2 marta
Demak, may oyi ichida tovar zahiralari 2 marta, yoki 15 kunda bir marta yangilangan (30:2).
Tovar aylanishi 1 iyunga tovar zahirasi bilan taminlash darajasi
=120:220/30=120:7,33=16,4 kun
Demak, tovar aylanish tezligi o‘zgarmasa, mavjud zahiralar tovarlarni sotish jarayonini 16,4 kun davomida ta’minlaydi.
“A” mamlakatda 2010 yilning yanvar-dekabrida iste’mol mahsulotlarining chakana tovar aylanmasi 5736,8 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 108,2%ni tashkil qildi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling