Mustaqil ishi mavzu: Boshqaruv xodimlarining kasb maxorati va kompententligi


Mehnat jamoasi shaxsga ta’sir etuvchi


Download 35.95 Kb.
bet2/8
Sana04.02.2023
Hajmi35.95 Kb.
#1164542
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo\'ziyev O\'tkirbek (Boshqaruv xodimlarining kasb maxorati va kompententligi)

Mehnat jamoasi shaxsga ta’sir etuvchi ijtimoiy muhit sifatida

Mehnat jamoasi shaxs kamolga yetishadigan asosiy ijtimoiy muhitlardan (oila va maktab bilan bir qatorda) biridir.



Shaxsning shakllanishi va kamolga yetishish jarayoni oila - maktab - mehnat jamoasi tizimida amalga oshadi, bu unsurlar orasida shaxsiy xislat-ishbilarmonlik sifatlari ijtimoiy shakllanishi jarayonining vorisligi va uzluksizligini ta’minlovchi jips aloqa bо‘lishi kerak. Mehnat jamoasi rahbari zimmasiga salmoqli ruhiy-pedagogik og‘irlik tushadi. U jamoa bilan yosh inson oila va maktabda olgan kо‘nikma va malakalarini mustahkamlashi, uning avvalgi shakllanish jarayonida orttirgan salbiy xislatlarini bartaraf etishi yoki yо‘qotishi lozim.
Mehnat jamoasi (OTM - kafedra, ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va b.)dagi tarbiya kasbiy, huquqiy, axloqiy vl estegik tarbiyaga bо‘linadi. Tarbiyaning bu turlari xodimlar jamoaviy mas’uliyatini yuzaga keltirishga, shuningdek, о‘z mehnati natijasi bо‘yicha shaxsiy javobgarlikni kuchaytirishga yо‘naltiriladi.
Xodimning mehnat jamoasiga taalluqliligiga quyidagi (obyektiv va subyektiv) omillar ta’sir etadi:
- kasbni tо‘g‘ri tanlash;
- ish manfaati yо‘lida birgalikdagi harakatni ta’minlash;
- sog‘lom norasmiy munosabatlarga qо‘shilish;
- turli konsultatsiyaviy yordam kо‘rsatish;
- adolatli moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish;
- xizmatdagi muvaffaqiyatlar kelajagini belgilash.
Bu barcha omillar mehnat jamoasi doirasida samarali hal etiladi.
Kо‘rsatib о‘tilgan omillar xodimning mehnat jamoasiga uyg‘unlashib ketishiga ham ta’sir etadi. Bunday uyg‘unlashishning bir necha turi mavjud:
kasbiy-texnologik, bu - xodimni ish faoliyatining mazmuni va jamoaning kasbiy maqsad hamda vazifasidan kelib chiqib, bularni bajarishning о‘ziga xos tomonlari bilan tanishtirish;
ijtimoiy-ruhiy, bu - xodimni an’analar va mehnat jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tavsifi, norasmiy yetakchilar bilan tanishtirish;
xizmat odobi, bu - xodimni mehnat jamoasida qabul qilingan axloqiy qadriyatlar va muomala odobi qoidalari bilan tanishtirish;
pedagogik, bu - xodimni kasbiy ta’lim va uning a’zolarining tarbiyasiga bog‘liq jamoa talablari bilan tanishtirish;
boshqaruv, bu - xodimni mehnat jamoasini boshqarish organlarining tuzilishi, muayyan rahbarning lozim vakolati va u bilan boshqaruv muomalasi qoidasi bilan tanishtirish.
Xodim moslashuvining kо‘rsatilgan muammolarini hal etish uchun quyidagilar zarur:
- jamoaning unga xayrixoh munosabatda bо‘lishi;
- kasbni о‘zlashtirishida murabbiylik va yordamlashish;
- yaxshi jihozlangan ish о‘rni va mehnat intizomi qoidalarini aniq tushuntirish;
- uni jamoa ijtimoiy hayoti turli yо‘nalishlariga jalb etish;
- xodim о‘z ish natijasidan qoniqishligi monitoringi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har qanday rahbarga psixologik bilimlar bilan bir qatorda muayyan pedagogik bilim ham zarur. Shularga tayanib, u ularni tarbiyalash va о‘z malakalarini oshirish borasida xodimga ta’sir etishning yanada samaraliroq shakl va usullarini topishi mumkin. Tarbiyaviy ta’sir aniq yо‘naltirilgan bо‘lishi va tegishli «texnologik tamoyillar»ga asoslanishi lozim. Shaxsning kasb egasi bо‘lishi va tarbiyasiga mehnat jamoasi sezilarli ta’sir kо‘rsatadi.

Download 35.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling