Mustaqil ishi mavzu: Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar xususiyatlari Reja


Download 10.24 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi10.24 Kb.
#1154762
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ishi mavzu Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va -fayllar.org

- millatning vatani — millat tarqalgan va u azal-azaldan yashab kelayotgan xudud. Milliy madaniyatning kamol topishi, rivoji va saqlanishi uchun eng asosiy tabiiy omil bu Vatandir. Uning sajdagox kabi muqaddasligining sabablaridan biri ham ana shunda. Vatansiz milliy madaniyatning takomili, uning avlodlardan-avlodlarga tula holda meros qolishi to`g`risida gapirish kiyin. Faqat o`z vatanidagina millat madaniyatini cheksiz rivojlantirish, ma’naviy kamolotning yo`qsak chukqilariga tomon yetish imkoniga tula-tukis ega bo`lishi mumkin.
- millatning tili. Mutaxassislarning xisob-kitoblariga qaraganda, dunyoda 2000 dan ortikrok tillar mavjud. Kichik laxjalarni qo`shib xisoblansa, bu ko`rsatkich yanada ortadi. Тil millatning ruxi, unga mansub kishilarning bir-biriga va dunyoga aytadigan so`zi; millatning utmishi va merosini ifoda qilish, maqsad va istaqlarini bayon etish uslubidir. Хatto millat ishlatayotgan so`zlarni tahlil qilib ham, shu millatning tarixiy takdiri va uning o`ziga xos xususiyatlari to`g`risida xulosa chigarish mumkin.
- millatga mansub kishilarning ma’naviyati, axloqi va nafosati. Jahon millatni ana shu jixatlar orqali taniydi, baholaydi. Kishilar o`zaro munosabatga kirishayotganida ham millatning mentaliteti, axloqiy va ma’naviy xususiyatlarini xisobga oladi. Biror kishi bilan munosabatga kirishilayotganida ana shu xususiyatlar xisobga olingani kabi, xalqaro munosabatlarning ham ma’naviyat bilan bog`liq yozilmagan qonunlari, aytilmaydigan qoidalari bor. Goxida madaniyat deyilganida, aynan ana shunday aytilmaydigan va yozilmaydigan qonuniyatlar nazarda tutiladi.
-
- urf-odatlar, an’analar. O`z urf-odat va an’analarga ega bo`lmagan millat yo`q. Ma’naviy hayotning mana shu jixatlari orqali millatning o`zligi namoyon bo`ladi. Urf-odat va an’analarda millatning tarixi, utmishi, madaniy merosi o`z aksini topadi. Ana shu xususiyatlarini yo`qotgan millat etnoijtimoiy birlik sifatida yuqoladi.
qadriyatlar. Millatning madaniyat va sivilizatsiya jixatidan yaratgan barcha boylik va ma’naviy merosini ifodalaydi. Shu bilan birga ular muayyan millatning qadr-kimmati, dunyodagi o`rni va saloxiyatini ham namoyon qiladi. O`z qadriyatlarini ko`z qorachiqidek saqlash, asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish millatga mansub har bir kishi va avlod uchun ham karz, ham farzdir.

Download 10.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling