Mustaqil ishi mavzu: firma nazariyasi
Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi
Download 45.01 Kb.
|
farrux
4. Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi
Firma ichki tuzilishi u yoki bu modellarining paydo bo`lishi va tarqalishini faqat ularning «prinsipal-agent» muammosini hal etishdagi qiyosiy samaradorligi bilan izohlab bo`lmaydi. Firmaning yangi ichki tuzilishini rivojlantirishga nisbatan ehtiyoj paydo bo`lib, biroq bu amalga oshirilmay qoladigan holat bo`lib turishi tabiiy. Alfred Chandler elektrotexnika sanoatida asr boshida yuzaga kelgan vaziyatni misol tariqasida keltiradi. Buyuk Britaniya, Germaniya va AQShda dastlabki elektrotexnika korxonalari deyarli bir vaqtda paydo bo`lganiga qaramay, jahon bozorida yetakchilik mavqeini faqat Germaniya (AEG) va Amerika (“General Elektrik”) elektrotexnika ishlab chiqaruvchilari egallashdi. Boz ustiga, Britaniya firmalari hatto o`zlarining milliy bozoridan ham siqib chiqarildi: AEG ushbu davrda Britaniyada o`z mahsulotlarini har qanday ingliz firmalariga qaraganda ko`proq sotdi. Britaniya ishlab chiqaruvchilari «germaniya va amerika firmalari bilan teng raqobatlashish uchun zarur bo`lgan tashkiliy xususiyatlarni rivojlantira olishmadi», degan xulosaga keldi, Chandler. Demak, firmaning ichki tuzilishini tahlil qilishda nafaqat transaksiya xarajatlari dinamikasini (birinchi navbatda monitoring xarajatlari va opportunizmni oldini olish), balki institutlar dinamikasidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi» kabi tashkiliy rivojlanishning undan avvalgi trayektoriyaga bog`liqligini ham hisobga olish lozim. Firmaning tashkiliy rivojlanishini tarkibiy o`zgarishlarning alohida trayektoriyasi bo`yicha harakat sifatida talqin etish mumkin. Tashkilot rivojlanishidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi»ning tahlili institutlar dinamikasini o`rganishda ifodalangan dalillarni to`ldirishni va qisman qayta ko`rib chiqishni talab qiladi. Birinchidan, tashkilot doirasida institutsional darajada mafkura bajaradigan funksiyalarga o`xshash funksiyalar tashkiliy madaniyatga o`tadi. «Har qanday tashkilotda: korxonada, kasaba uyushmasida yoki siyosiy partiyada umumiy kognitiv tarkibiy qism – tashkiliy bilim mavjud». Tashkiliy madaniyat, «prinsipal» bilan «agent» o`rtasidagi o`zaro munosabatlar ular asosida quriladigan me’yorlar, qoidalar va an’analarda moddiylashtiriladi. Tashkiliy madaniyatning interpretativ funksiyasi u yoki bu kutilmagan holatlar sodir bo`lganida «prinsipal» qarorlarning asosliligini baholash uchun uning «agentlar» tomonidan foydalanilishidan iborat. «Tashkiliy madaniyat ex antega bo`ysunuvchilarga tashkilot u yoki bu kutilmagan holatga qanday munosabat bildirishi haqida tasavvur beradi. Qat’iyroq aytadigan bo`lsak, u tufayli tashkilot o`zining birxilligiga ega bo`ladi». Download 45.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling