Mustaqil ishi mavzu: firma nazariyasi
Firmalarning asosiy xillari
Download 45.01 Kb.
|
farrux
5. Firmalarning asosiy xillari
Korxonalar rivojlanishi trayektoriyalarining o`ziga xos xususiyati korxonalar tashkiliy tuzilishidagi milliy farqlarni belgilab beradi. Bugungi kunda istalgan mamlakatdagi yirik korxonalarning aksariyati jahon bozorida yuzaga kelgan tendensiyalarni hisobga olgan holda harakat qilishiga qaramay, ularning tashkiliy tuzilishlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan strategiyalarning xilma-xilligi kuzatiladi. Chunki tashkiliy rivojlanish trayektoriyasini tanlashga ta’sir ko`rsatgan omillar yig`indisi har bir mamlakatda har xil. Tashkiliy rivojlanish trayektoriyasini belgilab beruvchi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: - institutsional muhit, shu jumladan institutsional rivojlanish trayektoriyasi; - aktivlarning o`ziga xoslik darajasi (raqobot bozorining rivojlanganlik darajasi); - tashqi muhitning noaniqlik darajasi (bozorning barqarorlik darajasi); - xatarga moyillik darajasi (mamlakat aholisining umumiy sonida xatarga nisbatan betaraf bo`lgan insonlar ulushi); - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasiga bog`liq bo`lgan bitimlarning murakkablik darajasi; - qonundan foydalanish narxi va xufyonalik narxining nisbati. Tashkiliy rivojlanish milliy trayektoriyasining farqlari nafaqat tuzilmalarga – unitar, xolding yoki multidivizional, – balki ularning maqsadli funksiyasiga, korxonaning yetkazib beruvchilar, iste’molchilar va yollanma xodimlar bilan munosabatlardagi xatti-harakatiga, shuningdek korxona faoliyat ko`rsatishining ko`plab boshqa parametrlariga taalluqli. Endi korxonalarning bir necha ideal xillarini yoritishga harakat qilamiz: buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona (B korxona); Amerika firmasi (A firma); Yaponiya firmasi (J firma) va o`tish xilidagi korxona (O` korxona). 1. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona. Korxonaning ushbu xiliga nisbatan qiziqish asosan shu bilan bog`liqki, Rossiya va Sharqiy Yevropa korxonalari katta qismining ildizi buyruqbozlik iqtisodiyotiga borib taqaladi. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona foydani ko`paytirishga emas, balki normal yuklamali rejani bajarishga yo`naltirilgan. «Prinsipal» (reja organi)ning farmoyishi mutlaq xususiyatga ega emas, balki muhokama yoki rejali savdoning predmeti hisoblanadi. Bu yerda «prinsipal» siymosi alohida tahlilni talab qiladi. Kommunistik mafkuraga muvofiq sotsializmda o`z manfaatlarining vakili – reja organi orqali B korxona faoliyati ustidan o`zining nazorat qilish huquqini amalga oshiruvchi barcha mehnatkashlar «prinsipal» bo`lib hisoblanardi. Lekin nazorat qilishning samarali mexanizmlari faqat reja organi bilan korxona direksiyasi o`rtasida hamda korxona direksiyasi bilan uning xodimlari o`rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelar edi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishdagi qat’iy intizomiga nazorat qilishning uchta mexanizmi – partiya (partiya tashkilotlari orqali), xo`jalik (vazirliklar va idoralar orqali) va kengash (Xalq deputatlari kengashining ijroiya organlari orqali) mexanizmlari orqali erishildi. Reja organlarining mehnatkashlar tomonidan nazorat qilinishi mexanizmlari esa mavjud emas edi, buning oqibatida mehnatkashlar «prinsipal» sifatida o`z manfaatlarini amalga oshira olmas edi. Shuning uchun reja organi amalda «agent»dan yagona «prinsipal»ga aylandi: nazoratsiz byurokratik apparat o`z manfaatlarini umuman jamiyat manfaatlari bilan moslashtirish imkoniyatiga ega bo`ldi. Keltirilgan dalillarga asoslangan holda B korxonani unitar tashkilot, ya’ni vazirlik yoki idoraning bo`linmasi sifatida ta’riflash mumkin. Ushbu savdoda korxonaning ovozi ruxsatning yuqori chegarasi, normadan tepaga chiqish haqida ogohlantiradi, yuqori turuvchi organning ovozi esa ruxsatning quyi chegarasi, normadan quyiga og`ish haqida eslatadi». Ya.Kornai. Iqtisodchi B korxona ishlab chiqarish va sotish aloqalarining tarkibi uning unitar tashkilot bo`linmasi sifatidagi holati tufayli unga «prinsipal» tomonidan belgilab berilgan. B korxonalar o`rtasidagi barcha gorizontal aloqalar vertikal aloqalar orqali - «prinsipal»ga murojaat etish orqali amalga oshiriladi. Ta’minot-sotish aloqalarining tarkibi resurslarni taqsimlashning ajratish yoki fondlash singari mexanizmidan hosil bo`lgan. Ajratish vazirlik yoki idora tomonidan B korxona mahsulotining asosiy iste’molchilari va yetkazib beruvchilari belgilanishidan iborat. B korxonaning ta’minot va sotish tarkibini mustaqil o`zgartirishga urinishlariga «prinsipal» tomonidan keskin to`sqinlik qilindi. B korxonada mehnat munosabatlarining tizimi ham o`ziga xos. Unda band bo`lganlar sonining quyi chegarasi reja topshiriqlari bilan, yuqori chegarasi esa – ishchi kuchining kutilayotgan taqchilligi bilan belgilanadi. Resurslar cheklangan iqtisodiyotdagi boshqa har qanday resurs singari ishchi kuchi ham taqchil. Shuning uchun korxona o`zining resurs, shu jumladan ortiqcha bandlik shaklida - ishchi kuchi zahirasini barpo etishga urinadi. Bunda, tabbiyki, B korxona o`zining barcha xodimlarini ish bilan ta’minlashga qodir emas va ularga tenglashtiruvchi hamma ular tomonidan amalda ishlab topilmagan ish haqini to`laydi. Ishchidan egalik funksiyasini olib, uni ishlab chiqarish natijalariga real ta’sir ko`rsatish imkoniyatidan mahrum etgan holda, qog`ozbozlik tizimi ushbu imkoniyatning o`rnini ishlab topilmagan ish haqini olish imkoniyati bilan qoplaydi. Download 45.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling