Mustaqil ishi mavzu: Kimyoviy termodinamika Reja: Termodinamika qonunlari. Termodinamik sistemalar. Entalpiya va entropiya. Gess qonunidan kelib chiqadigan xulosalar: I,II,III kimyoviy termodinamika


Download 310.45 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi310.45 Kb.
#1008754
1   2   3   4
Bog'liq
Oripov Shermuhammad

Shunga ko’ra termodinamikaning 1-qonunining yana bir ta’rifi kelib chiqadi:Energiya sarflamay ish bajaruvchi 1-turdagi abadiy dvigatel yaratilishi mumkin emas.Sistemadagi jarayonlar turli sharoitlarda o’tishi mumkin:1.Izoxor jarayon.Izoxor jarayonda sistemaning hajmi o’zgarmas bo’ladi:∆V=0.Bunda bajarilgan ish ham P∆V=0 bo’ladi:QV=∆U2.Izobar jarayon.Izobar jarayonda sistemaning bosimi o’zgarmas bo’ladi:P=const.Bu holat un 1-qonun tenglamasi Q=∆U+P∆V ni quyidagicha yozamiz:QP=U2-U1+P(V2-V1)=U2-U1+PV2-PV1Bu yerdan:QP=(U2+PV2)-(U1+PV1)U+PV funksiyasi entalpiya deb nomlanib,H harfi bn belgilanadi,shunda:H=U+PV

Bu holda:QP=H2-H1 yoki QP=∆HP=const bo’lganda sistemaning issiqligi faqat entalpiya o’zgarishi bn bog’liq bo’ladi.Entalpiya ham ichki energiya kabi sistemaning holat funksiyasi bo’lib, uning o’zgarishi sistemaning faqat dastlabki va oxirgi holatlariga bog’liq. -ham holat funksiyasi energiya o’lchamidir. U sistemaning ichki energiyasi bilan hajmiy (PV) energiyalar yig’indisi bo’lib, sistemaning to’liq energiyasi hisoblanadi. H-izobarik jarayonda sistema energiya zahirasining o’zgarishini xarakterlaydi.

. Тermokimyo. Gess qonuniIssiqlik yutilishi yoki issiqlik ajralishi bilan boradigan reaksiyalar termokimyoviy reaksiyalar jumlasiga kiradi. Issiqlik effektini kalorimetr yordamida o’lchash mumkin. Boshlang’ich moddalarning va mahsulotlarning ichki energiyasi bir-biridan farq qiladi.Muvozanat jarayonida,agar mahsulotlarning ichki energiyasi boshlang’ich moddalar ichki energiyasidan kichik bo’lsa ,ichki energiya qiymatlari o’rtasidagi farq issiqlik sifatida ajralib chiqadi.Bunday kimyoviy jarayon ekzotermik bo’ladi.Agar mahsulotlar ichki energiyasi dastlabki moddalar ichki energiyasidan kata bo’lsa,reaksiya issiqlik yutilishi bn boradi.Bu – endotermik hisoblanadi.Reaksiya vaqtida ajralgan yoki yutilgan issiqlik miqdoriga reaksiyaning issiqlik samarasi deyiladi.

Тermodinamikada sistemaga berilgan issiqlik musbat, sistemadan ajralib chiqqan issiqlik manfiy ishora bilan belgilanadi. Тermokimyoda esa yutilgan issiqlik musbat, ajralgan issiqlik manfiy ishora bilan belgilanadiТermokimyoga oid ikkita qonun kashf etilgan bo’lib, biri Lavuaze-Laplas va ikkinchisi Gess qonunlaridir. Lavuaze-Laplas qonuniga muvofiq, ma’lum bir murakkab moddaning oddiy moddalarga ajralish issiqligi miqdor jihatidan o’sha moddaning oddiy moddalardan hosil bo’lish issiqligiga teng, ishora jihatidan qarama-qarshidir. Gess qonuni. Reaksiya issiqligining jarayon amalga oshirilgan usulga bog’liq emasligini 1836 yilda rus olimi G.I.Gess aniqlagan. Gess qonuni quyidagicha ta’riflanadi:Reaksiyaning issiqlik effekti jarayoninng qanday usulda olib borilishiga bog’liq emas, balki reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning dastlabki va oxirgi holatlariga bog’liq.


Download 310.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling