Mustaqil ishi mavzu: Kimyoviy termodinamika Reja: Termodinamika qonunlari. Termodinamik sistemalar. Entalpiya va entropiya. Gess qonunidan kelib chiqadigan xulosalar: I,II,III kimyoviy termodinamika


Download 310.45 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi310.45 Kb.
#1008754
  1   2   3   4
Bog'liq
Oripov Shermuhammad

Andijon Davlat Universititeti Tabiiy fanlar fakulteti Oziq ovqat texnalogiyasi 102-gurux 1-kurs talabasi Oripov Shermuhammadning Fizikaviy kimyo fanidan Tayyorlagan MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Kimyoviy termodinamika Reja: 1.Termodinamika qonunlari. 2.Termodinamik sistemalar. 3.Entalpiya va entropiya. 4.Gess qonuni. 5.Gess qonunidan kelib chiqadigan xulosalar:I,II,III

Kimyoviy termodinamika -fizik-kimyoning moddalar tarkibi, tuzilishi va hosil boʻlish sharoitlari ularning termodinamika xossalariga bogʻliqligini oʻrganadigan boʻlimi. Kimyoviy termodinamikaning muhim yoʻnalishlaridan biri termokimyoviy va fazaviy muvozanatlar, eritmalar, jumladan, elektrolit eritmalar, elektrod jarayonlari nazariyasi, moddalar yuzasida roʻy beradigan hodisalar termodinamikasi va boshqalarni oʻrganadi.

Termodinamikaning uchta asosiy qonuni mavjud. Birinchi qonuni termokimyoning asosi boʻlib, termokimyoning asosiy qonuni — Gess qonuni uning muhim davomidir. Termodinamikaning ikkinchi qonuni kimyoviy muvozanatlar xaqidagi taʼlimotdir. Kimyoviy muvozanatlarni hisoblashda termodinamikaning uchinchi qonuni va oʻnga bogʻliq boʻlgan Plank (nemis fizigi) pastuloti katta ahamiyatga ega.

Тermodinamika («termo» grekcha issiqlik, «dinamic» -kuch so’zlaridan kelib chiqqan)-turli jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turga, sistemaning bir qismidan ikkinchi qismiga o’tishini, jarayonlarning o’z-o’zicha borish yo’nalishini va uning chegarasini o’rganuvchi fandir. Quyida umumiy termodinamikaning ba’zi tushuncha va atamalarini eslatib o’tamiz.Sistema shartli ravishda tashqi muhitdan ajratilgan, bir-biri bilan doimiy ta’sirda bo’lgan moddalar yoki moddalar guruhidir. Sistemaning termodinamik holati termodinamik parametrlarning qiymati bilan ifodalanadi.

Тermodinamik parametrlar-temperatura, hajm, bosim va konsentratsiyalardir. Тermodinamik jarayon termodinamik parametrning o’zgarishi bilan boradigan jarayondir.Sistema atrof muhit bn modda va energiya bn almashinsa ochiq sistema deyiladi.Agar Sistema bn muhit orasida faqat modda almashinuvi kuzatilsa –u yopiq sistemadir.Agar Sistema bn muhit orasida energiya ham modda almashinuvi ham bo’lmasa – u ajratilgan Sistema bo’ladi.


Download 310.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling