Mustaqil ishi mavzu: Mehnat munosabatlari modellari Reja: Reja
Download 1.98 Mb.
|
Mehnat munosabatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rus va ingliz tilidagi ma’lumotlar
Model
Rus va ingliz tilidagi ma’lumotlar
2. Mehnat munosabatlari modellari. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotida amal qilayotgan mehnat munosabatlarining uchta modelini ajratish mumkin: Liberal model. Korporativ model. Ijtimoiy - bozor model. 1. Liberal model. Ushbu model uchun o’ziga xos xususiyati shundaki, unda kasaba uyushmalarning roli uncha yuqori bo’lmaydi. Bu model uchun xususiy mulkning davlat mulkidan ustunligi markaziy o’rinni egallaydi. Bu model asosan AQSH, Buyuk Britaniya va Irlandiyada samarali amal qilmoqda. Keyingi yillarda bu mamlakatlarda erkin mehnat munosabatlariga oid keng qamrovli qonunchilik rivojlanib bormoqda.
a)Demokratik yo’nalish bo’yicha ijtimoiy konsensus, yahni o’zaro kelishishga intilish katta o’ringa ega. Bu tizimda iqtisodiy o’sish va umumiy ijtimoiy farovonlikka erishish uchun jamoat va xususiy manfaatlarni turli milliy institutlar, kapital, moddiy resurslar, ishchi kuchi bozoridagi jarayonlarni tartibga solishni muvofiqlashtirish asosida amalga oshiradi. ishchi kuchini o’zgarayotgan sharoitga tezda moslashtirish kasbiy tayyorgarlikni kuchaytirish orqali kasbiy tayyorgarlikni kuchaytirish orqalt amalga oshiriladi. Bu model davlat sharoitiga nixoyatda moslashgan bo’lib, sharoit taqozosi bilan o’zgarishi mumkin b)Ierarxik korporatizm esa Yaponiyada mavjud bo’lib, resurslardan foydalanishni tartibga solish bilan harakterlanadi. Bunda davlat mehnat faoliyatini rivojlantirishga katta ahamiyat beradi, lekin tadbirkorlik tarmog’ida kam ishtirok etadi. Mehnat bozoridagi o’ziga xoslik shundaki, barcha tarmoqlardagi mehnat shartnomalari firma doirasida kuzatiladi. 2. Korporativ model. Bu modelda boshqariladigan bozor tizimi ustun bo’lib, davlat iqtisodiyotda faol ishtirok etadi. Uning ikki ko’rinishini ajratish mumkin: a) demokratik yoki sotsial-reformatik korporatizim; b) ierarxik korporatizim. 3. Ijtimoiy - bozor modeli o’z xususiyatlariga ko’ra, liberal modeldan Korporativ modelga yaqinroq turadi. Xo’jalik rivojini boshqarishning ijtimoiy-bozor tizimi asosan Germaniyaga xosdir. Bu tizim ijtimoiy - iqtisodiy qiyinchilikka uchraganlarni qo’llab - quvvatlashni nazarda tutadi. Bu avvalo yoshlar, fermerlar, kam ta`minlangan oilalar, shuningdek, kichik va o’rta firmalardir, chunki ularhar doim ham yirik kompaniya va transmilliy korporatsiyalar tazyiqiga dosh bera olmaydi. Davlatning iqtisodiyotdagi faol ishtiroki axoli farovonligini ta`minlash bo’yicha keng majburiyatlar bilan uyg’unlashib ketadi. Ijtimoiy - bozor modeli ayniqsa, Shvetsiyada ijobiy natija bermoqda. Shvetsiya dunyoda axolini sotsial kafolati eng yaxshi yo’lga qo’yilgan ilg’or mamlakatdir. Ijtimoiy himoya uchun sarflanayotgan harajatlar salmog’i yalpi ichki maxsulotning 42 foizini tashkil etadi. Shu jumladan, pensiya ta`minoti salmog’i 12 foizini, vaqtincha ishlamayotganlarga to’lanadigan nafaqalar 11 foizni, ishsizlar nafaqasi 2 foizni, muxtoj oilalarga yordam 5 foizni, ilm olishga sarflar 7 foizni tashkil qiladi. Shvetsiyada mana shu narsa maqtovga sazovorki, ishlovchi ham, ishsiz ham, uy bekasi va nafaqaxo’r ham kasal bo’lib qolsa, sug’urta fondidan foydalanish huquqiga ega. Mehnat munosabatlarining uchta modeli o’zida mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, demografik jarayonlar, milliy qadriyat va milliy mentalitetini mujassam etadi. Tadqiqot jarayonida biz mehnat munosabatlari xususiyatlari klassifikatsiyasini, unda iqtisodiy subyektlar harakteriga bog’liq vositalarni birikishini quyidagi chizmada aks ettirdik (1.2-rasm). Chizmada keltirilgan har bir komponent birgalikda yoki mustaqil ravishda mehnat munosabatlari mazmuni hamda muddatiga tahsir o’tkazishi mumkin. Ish beruvchi va ishga yollanuvchi harakteriga xos bu komponentlar iqtisodiy adabiyotlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning sotsial-iqtisodiy omillar sifatida ta’riflangan bo’lsada, umumiy klassifikatsiyasi to’liq ishlab chiqilmagan. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling