Mustaqil ishi mavzu: Mehnat munosabatlari modellari Reja: Reja
Mehnat munosabatlarida qo’llaniladigan tamoyillar
Download 1.98 Mb.
|
Mehnat munosabatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan materiallar
3. Mehnat munosabatlarida qo’llaniladigan tamoyillar.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar natijasida halqimizning bozor iqtisodiyoti sharoitlariga mos keluvchi yangicha huquqiy qarashlari yuzaga kela boshladi. Bu qadriyatlar keyingi yillarda qabul qilinayotgan qonunlarda yangicha tamoyillar shaklida o’z ifodasini to’moqda. Shu jumladan, Mehnat Kodeksining qabul qilinishi, mehnatga oid boshqa bir qator qonunlarning ishlab chiqilishi natijasida ushbu huquq sohasiga xos bo’lgan yangicha tamoyillar - mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solishga oid g’oyalar, yetakchi tushunchalar shakllana boshladi. Eng avvalo, mehnat munosabatlari fan sohasi sifatida insonparvarlik tamoyillari: ijtimoiy adolat, kamsitishga yo’l qo’yilmasligi, fuqarolarning qonun oldida teng ekanliklari, qonunchilikka qat’iy amal qilinishiga so’zsiz rioya etilishi ta’kidlanmog’i lozim. Mehnat munosabatlarining tamoyillari deganda amaldagi qonunlar bilan mustahkamlangan, mehnat bozori faoliyatini ta`minlash sohasidagi davlat siyosatini ifodalovchi asosiy g’oyalar, raxbariy qoidalar tushunilmog’i lozim. Mehnat munosabatlarining tamoyillari iqtisodiy qonuniyatlar bilan belgilanuvchi Mehnatni tashkil etishga oid ijtimoiy munosabatlarni aks ettirsa, boshqa tomondan esa mehnatni tartibga solishga taalluqli gumanistik va demokratik qoidalarni ham o’z ichiga oladi. Mehnat munosabatlarga oid normalar ierarxiyaviy tuzilishga ko’ra: sohalararo printsiplar, tarmoq va huquq institutining printsiplariga bo’linadi. Mehnat munosabatlarining tamoyillari o’z ichiga qamrab oladigan munosabatlar doirasiga ko’ra quyidagicha guruxlarga ajratilishi mumkin: a) mehnat bozorini huquqiy tartibga solish va bandlikni samarali tarzda ta`minlashga qaratilgan printsip(erkin mehnat qilish, mehnat shartnomasi tuzish erkinligi va boshqalar); b) mehnat shartlarini belgilash sohasidagi printsip(mehnat shartlarining ish sharoitlari va boshqa omillarga ko’ra tabaqalanishi; mehnat shartlarini belgilashda xodimlar vakilligi organlarining bevosita ishtirok etish va x.k.); d) xodim mehnatini qo’llashga oid printsip(mehnat funktsiyalarining aniqligi, mehnat munosabatlarining barqarorligi; mehnat intizomini ta`minlash va boshqalar); e) xodimning mehnat sohasidagi huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga oid printsip(mehnat muhofazasi va xodimlar sog’ligini ta`minlash; mehnat huquqlarining kafolatlanishi va himoya qilinishi va x.k.). e) faoliyat turini, ish joyini tanlashning erkinligi singarilarni kiritish mumkin. d) huquqlar va majburiyatlarning birligi; b) qariganda, mehnat qobiliyatini yo’qotganda moddiy ta`minot olish huquqining ta`minlanishi; a) fuqarolar sog’ligi va hayotining har tomonlama muhofaza qilinishi; Mehnat munosabatlarida sohalararo tamoyillarga ham amal qilish zarur, bularga: 1) mehnat munosabatlariga kirishishning ixtiyoriyligi, erkinligi va majburiy mehnatga yol qo’yilmasligi; 2) o’z jismoniy va aqliy imkoniyatlaridan foydalanish chog’ida fuqarolarning mutlaqo mustaqil va erkin ekanliklari; 3) ishchi kuchining tovar ekanligi, uning bahosi mehnat bozoridagi taklif va talablarga ko’ra belgilanishi, davlat mehnat bozorining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishiga ko’maklashuvi; 4) davlatning ijtimoiy himoyaga muxtoj, mehnat bozorida teng raqobatlasha olmaydigan axoli qatlamlarini ishga joylashtirishda qo’llab-quvvatlashi va yordam ko’rsatishi; 5) ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlanishi; 6) mehnat munosabatlarini tartibga solishda shartnomaviy hamda lokal me’yoriy hujjatlar ustivorligi; 7) minimal mehnat sharoitlari yaratish barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar uchun majburiyligi; 8) mehnat intizomiga amal qilishning zarurligi; 9) mehnatga xaq to’lashda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga ko’ra cheklanmagan xaq to’lanishi; 10) xodimlar va ish beruvchilar vakilligining mavjudligi va mojarolarni muzokaralar yoli bilan hal etilishi; 11) xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar mehnatining maxsus muhofaza etilishi, ularga qo’shimcha kafolatlar berilishi va boshqalar. Mehnat munosabatlari o’zigagina xos bo’lgan tamoyillarga ham amal qiladi. Bu tamoyillar mehnat munosabatlari fani hamda tarmog’ining o’ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Mehnat munosabatlarining o’ziga xos tamoyillari quyidagilardan iboratdir: Mehnatga oid qonun hujjatlarida mehnat munosabatlarida qo’llaniladigan boshqa tamoyillar ham nazarda tutilgan bo’lishi mumkin. Mehnat munosabatlari tamoyillariga og’ishmay amal qilinishi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini himoya qilishning qonunchilik va ijtimoiy adolatni taxminlashning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Davlat va jamiyat rivoji bilan bog’liq ravishda, bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi natijasida mehnat munosabatlarining tamoyillari ham takomillashib, yangilanib boraveradi. Foydalanilgan materiallar
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling