Mustaqil ishi мavzu: nanooptikaning nazariy asoslari bajardi: Tekshirdi: toshkent-2023 Reja


Nanooptika va Nanomuhandislik fani maqsad va vazifasi


Download 1.96 Mb.
bet3/6
Sana29.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1308574
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Karababayev Sanjarali Nano Mustaqil ish

Nanooptika va Nanomuhandislik fani maqsad va vazifasi
Nanotexnologiya va nanomuhandislik fanlararo fan sohasi boʻlib, unda yangi molekulalar, nanostrukturalar, nanoqurilmalar va maxsus fizik-kimyoviy materiallarni yaratishda alohida atomlar, molekulalar, molekulyar tizimlarni boshqarish uchun nanometr oʻlchamdagi fazoviy hududlarda fizik-kimyoviy va biologik jarayonlarning qonuniyatlari oʻrganiladi.
Nanofan - atom, molekulyar va makromolekulyar darajadagi hodisalar va ob'ektlarni o'rganadigan fan bo'lib, ularning xususiyatlari so'l hamkasblarining xususiyatlaridan sezilarli darajada farq qiladi.
Nanotexnologiya - bu xossalari nanometr darajasida shakli va o'lchamlari bilan belgilanadigan tuzilmalar, qurilmalar va tizimlarni loyihalash, tavsiflash, ishlab chiqarish va qo'llash.
Nanooptika -bu optika va nanotexnologiya fanlarining bir bo’lagi bo’lib, unda to’lqin uzunligidan kichik (λ) yoki to’lqin uzunligi o'lchamli hajmdan kichik bo’lgan (λ³) masofalarda yorug'likni turg’unlashuvini o'rganuvchi fan. Ushbu sohaning amaliy rivojlanishi lazer va nanotexnologiyalarni yaratishga asoslangan bo’lib,bu nanostrukturalarni (klasterlar, plenkalar, naychalar) yaratishga imkon beradi.


Nanooptika fanini maqsadi nano o’chamdagi optik hodisalarni va optik xususiyatlarni,o’zgarishlarni o’rganishdan iborat.
Nanooptikaning yangi bilim sohasi bo’lib rivojlanishni o’z-o’zidan nano ilm-fan va nanotexnologiya fanlari rivojlanish tezligiga chambarchas bog’liq.
Nanooptika bu doimiy yangilanuvchi va rivojlanuvchi ilmiy tadqiqotlar sohasi hisoblanadi.
Mazkur fanning asosiy maqsadi talabalarda zamonaviy elementar, nanooptika va nanomuhandislik qurilmalari hamda ularni yaratish usullarini amalga oshirishning fizikaviy prinsiplari haqidagi zamonaviy fizik va texnik tasavvurlarni shakllantirish xisoblanadi.
Bu fanning vazifalari talabalarda muhandislarcha fikr yuritish va olingan bilimlarni amaliy tatbiq qila olishni shakllantirishga xizmat qiluvchi umumfizikaviy xarakterdagi bilimlarga ega bo’lish, yorug’lik maydonlariga mikrometr 10-6 va nano 10-9 o’chamdagi ko’ndalang kesimida strukturali yo’naltirilgan cheklovlar mavjudligida nanomuhandislik, nanooptika, optikaviy va nochiqli optikaviy effektlarning asosiy tushunchalarining ratsional usullarini yaratish sohasidagi ilmiy izlanishlar va amaliy ishlar uchun zarur bo’lgan maxsus amaliy va nazariy bilimlarni olish hisoblanadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling