Mustaqil ishi Mavzu: Oraliqning chegaralarini belgilash tartibi Тopshirdi


Download 226 Kb.
bet2/7
Sana22.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1286488
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BOBUR STATISTIKA

Oraliqli variatsion qatorlar

Oraliqli variatsion qator-bu to‘plam birliklarini guruhlarga, oraliqlarga taqsimlashdir.


Cheksiz o‘zgaruvchan belgiga tayangan qator unsurlarini kattaroq miqdoriy o‘lchamlarda ifodalash uchun to‘plam birliklarini muayyan belgiga qarab teng kattalikdagi oraliqlarga bo‘lish joizdir.

Natijada oraliqli variatsion qator hosil bo‘ladi. Demak, bunday qator ikki unsurdan varianta oraliqlar va har bir oraliqqa tegishli bunday birliklar sonidan tarkib topadi. Birinchi element varianta ikkinchisi birliklar yoki variantlar soni deb yuritiladi.




Oraliq soni va kengligini aniqlash

Oraliqli variatsion qatorlar tuzish jarayonida bir qator muammolar paydo bo‘ladi. Eng asosiy muammo oraliqlar (tasnifiy guruhlar) soni va chegarasini aniqlashdir.Bu masalani yechish tekshirishda ko‘zlangan maqsad va to‘plangan materiallarning xususiyatlariga bog‘liq.


Tekshirish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

  • boshlang‘ich ma’lumotlarda bevosita ko‘z ilg‘amay yashirinib yotgan, tabiatan ommaviy jarayonga xos bo‘lib uning o‘zgaruvchanligi (tebranuvchanligi) da yuzaga chiquvchi qonuniyat va xususiyatlarni taqsimot qatorlari yordamida oydinlashtirish, yaqqol va jozibali qilib tasvirlash;

  • taqsimot qatorlarini qayta ishlash yo‘li bilan turli umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar olish va ulardan foydalanib o‘rganilayotgan jarayonlarni har taraflama chuqur tahlil qilish.

Buning uchun:
-oraliqlar kengligi o‘zgarmas va optimal me’yorda bo‘lishi;
-birinchi boshlang‘ich oraliq eng kichik belgini, oxirgi oraliq esa eng katta belgini o‘z ichiga olishi;
-qator oraliqlari o‘rganilayotgan to‘plam tuzilishini obyektiv tasvirlovchi taqsimotni shakllantirishi, me’yoriy mutanosiblik nafaqat guruhlar orasida, ularning ichida ham bo‘lishini ta’minlashi;
-markaziy oraliqlar mumkin qadar g‘ujjak variantalardan, ya’ni to‘liq va zich joylashgan birliklardan iborat bo‘lishi lozim.
Maxsus adabiyotda variatsion qator oraliqlarining maksimal yoki minimal sonini aniqlash uchun turli mezonlar taklif etilgan, ularning ko‘pchiligi yetarli darajada aniqlik bilan o‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblash va shu bilan birga ko‘rimli variatsion qatorlar tuzish imkonini beradi. Amerika statistigi Sterjess (Sturgess,.1926) quyidagi mezonni taklif etgan:

K  1+3.32 logN = 1+1.441 lnN


Bu yerda K - taqsimot oraliqlarining minimal soni;
N - to‘plam hajmi (birliklar soni);
log - o‘nli logarifm;
ln - natural logarifm.
K. Bruks va N. Karuzes tomonidan taklif etilgan quyidagi formula Sterjess mezoniga yaqin natija beradi:

K  5 logN


O‘zgaruvchan belgining eng katta va eng kichik qiymatlari o‘rtasidagi farq (variatsiya kengligi) ni oraliqlar (guruhlar) soniga bo‘lsak, oraliq kengligining qiymati kelib chiqadi. Bu holda Sterjess mezoni




.

K. Bruks va N.Karuzes mezoni




.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling