Mustaqil ishi Mavzu: O‘zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning kirib kelish va rivojlanish bosqichlari Тopshirdi


Ijtimoiy media tarmoqlarda auditoriyalar faolligining kvartal o‘zgarishi dinamikasi (yanvar 2018/ yanvar 2019),%


Download 41.6 Kb.
bet5/6
Sana24.09.2023
Hajmi41.6 Kb.
#1687308
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ishi Mavzu O‘zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning k-fayllar.org

Ijtimoiy media tarmoqlarda auditoriyalar faolligining kvartal o‘zgarishi dinamikasi (yanvar 2018/ yanvar 2019),%20
Hozirda O‘zbekiston mobil aloqa texnologiyalarining rivojlanishi asosan jismoniy shaxslar foydalanib,ularning ulushi 97,5 %ni tashkil etmoqda.

SMS(Short Message Service) – qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida abonentlarning bir-birlariga qisqa matn xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati hisoblanadi. Qisqa xabarlar deyilishiga asosiy sabab texnologik jihatdan bir xabar uzatishda 140 ta belgini uzatish mumkin.


MMS (Multimedia Messaging Service)–GPRS texnologiyasiga asoslangan multimedia xabarlarini almashish xizmati. Xizmat rangli rasm, fotosurat, musiqa va hatto videoroliqlarni uzatish va qabul qilish imkonini beradi. MMS texnologiyasi bevosita xabar matniga tasvir va musiqani biriktirishni nazarda tutadi. MMS-xabarlarni jo‘natish-qabul qilish uchun, MMS xizmatni nafaqat telefon qurilmasi, balki mobil aloqa operatori ham qo‘llashi zarur.
Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati. Mobil telefonlar va boshqa mobil aloqa vositalaridan foydalanganda so‘zlashish madaniyatiga, xabarlarni yozish va elektron pochtadan foydalanish etikasiga hamda telefon apparatidan foydalanish qoidalariga rioya qilish zarur. Telefon orqali nojo‘ya so‘zlarni gapirish, turli nojo‘ya xabarlarni jo‘natishdan saqlaning.

    1. Mobil texnologiyalar va biznesning raqamli transformatsiyasi

Mobil ta’lim simsiz va mobil tarmoqlarning rivojlanishidan uncha uzoq emas. Elektron ta’limning ajoyib o‘sishi davom etmoqda, lekin uning rivojlanishi asosan simli infratuzilmalarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Rivojlanayotgan simsiz va mobil tarmoqlar, jamiyatdagi smartfonlarning tezkor kirib borishi, tezkor mobil ta’lim uchun yangi ilovalar yaratilishiga olib keladi.

Dunyodagi uyali aloqa abonentlarining umumiy soni internet foydalanuvchilari sonining bir necha barobar ko‘p ekanligi taxmin qilinmoqda. Ta’lim muhitida yuzaga kelgan so‘nggi va muhim o‘zgarishlardan biri mobillikning zaruriyatga aylanishidir.
Bundan tashqari, simsiz va mobil aloqa tarmoqlarining eksponensional o‘sishi
mobil qurilmalarda sezilarli o‘zgarishlar, protokollarni ishlab chiqish, standartlashtirish va tarmoqni joriy qilish, foydalanuvchilarni qabul qilish qobiliyatini oshishiga olib keladi. Mobil ta’lim asosan simsiz tarmoq orqali amalga oshiriladi. Ta’limning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini qondirish uchun tezda moslash mumkin. Talabalar o‘zlariga mos bo‘lgan narsalarni topish va o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi. Mobil ta’limda o‘quvchilar yaxshi o‘rganish uchun o‘qituvchilar va boshqa talabalar bilan birgalikda ishlashlari mumkin. Mobil ta’lim bilan o‘quv materiallari tez va iqtisodiy arzon tarzda multimedia formatida taqdim etilishi mumkin.
Joriy tendensiyalarga muvofiq elektron ta’limni rivojlantirishning navbatdagi bosqichi mobil ta’limga qaratiladi. Mobil ta’lim - mobil hisoblash va elektron o‘quv muhitlarini kesish nuqtasi bo‘lib, u har qanday joyda ta’lim amaliyotiga olib keladi. Quyidamobilta’limuchuntavsiyaetilganstrukturakeltiriladi:

    • mobil ta’lim uchun ilovalar(dasturlar)


    • mobil foydalanuvchilar uchun infratuzilma


    • mobil protokollar


    • tarmoq infratuzilmasi


Mobil ta’lim tuzilmasi turli funksional darajalarni belgilaydi, shuningdek, turli ishtirokchilar (masalan, chakana savdo korxonalari, telekom operatorlari, dizaynerlar va h.k) alohida darajalarga ega bo‘lishlari uchun dizayn va ishlab chiqarishni soddalashtirish bilan shug‘ullanadi. Bitta predmet uchun ushbu tuzilmani qo‘llagan holda, mobil ta’lim tizimlarini yaratish uchun hamma narsani qilish kerak emas, buning o‘rniga boshqalar tomonidan taqdim etilgan yuqori darajadagi funksiyalarga asoslanish mumkin.


Ushbu tuzilma to‘rt darajaga bo‘linadi. Mobil ta’lim uchun dastur darajasida ko‘plab yangi ilovalar mavjud bo‘lib, mavjud elektron ta’lim dasturlarining ko‘pchiligi mobil muhit uchun o‘zgartirilishi mumkin. Mobil foydalanuvchilar uchun yangi mobil ilovalarni ishlab chiqishda infratuzilma darajasida maxsus mobil qurilmalarning imkoniyatlari e’tiborga olinishi kerak. Uyali aloqa protokollari darajasida tarmoqlardan foydalanish haqidagi ma’lumotlarni boshqa ilovalardan yashirish va ayni paytda yagona va oson ishlatiladigan interfeyslarni ta’minlashdir. Mobil tarmoq infratuzilmasi darajasida xizmat ko‘rsatish sifati asosan tarmoq resurslari va imkoniyatlariga bog‘liq.
Mobil ta’lim internet va uyali aloqa tarmoqlari uchun yaxshilanishlarni oshirishni taqozo etadi. Mobil ta’lim quyidagi xususiyatlarga ega.
Mobil o‘rganish dinamik. Bu eskirgan yangilikni emas, balki bugungi axborot materiallarini taqdim etadi. Favqulodda vaziyatlar uchun real vaqtda mutaxassislar va eng yaxshi manbalar mavjud.
Mobil ta’lim talabalar real vaqtda kerak bo‘lgan narsani oladi va kerak bo‘lganda uni ulashadi. Odamlar bir-birlaridan o‘rganganlari uchun mobil ta’lim bilan hamkorlik yaxshi samara beradi. Talabalarni mutaxassislar, ishchilar va tengdoshlar bilan professional darajada bog‘laydi.
Mobil jihatdan individual o‘rganish mumkin. Har bir talaba hozirgi vaqtda o‘z darajasiga juda mos bo‘lgan ta’lim olish imkoniyatlari mavjud va ular menyudan istagan faoliyat turini tanlaydi.
Mobil ta’lim ko‘p qirrali. Talabalar talab qilinadigan formatni yoki o‘quv suli yoki o‘quvni tashkil etuvchi tashkilotni tanlab olish imkoniyatini beradigan ko‘plab manbalardan ta’lim faoliyati uchun shug‘ullanadi. Mobilo‘rganish agressiv tarzda oldinga siljiydigan ta’lim jamiyatlarini yaratadi. Mobil ta’limning yana bir kuchli tomoni shundaki, u fikrlarni darhol shakllantirish qobiliyatidir. Boshqa odamlardan g‘oyalar olish va ularni bir necha soniya davomida butun dunyo bilan baham ko‘rishingiz mumkin; fikrlar, yangilanishlar, materiallar va boshqalarni olishingiz mumkin. Bundan tashqari, ulanish va o‘zaro bog‘liqlik mobil ta’lim o‘quvchilari o‘rtasida osonlik bilan o‘rnatiladi va ta’lim jamiyatlarini shakllantiradi. Innovatsion o‘qituvchilar talabalarni shaxsiylashtirilgan mobil veb-saytlar yaratishga undashadi. O‘quvchilar o‘zlari yozish, tahrir qilish, ko‘rib chiqish va nashr etishda ishtirok etadigan axborot materiallarini o‘zlari boshqarayotgan paytda ularning g‘ayratini kuchaytiradi.
Kelgusida treninglar shaxsiy raqamli loyihalar guruhlarini shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Har qanday ta’lim ijtimoiy jarayondir. Ilgari, odamlar kundalik hayotda bir-biri bilan suhbatlashish orqali kerakli effektga erishish usullarini o‘rgandilar. Mobil ta’lim o‘quvchilarga erkinlik, bo‘sh vaqtni orqali o‘rganish jarayonini rag‘batlantiradi.Mobil ta’lim bu kishiga maxsus darsni o‘rgatishning yagona to‘g‘ri usulini aniqlamaydi. Biroq u, o‘rganish uchun bir necha mumkin bo‘lgan yo’llarni taqdim etib, muvaffaqiyatga erishish imkonini oshiradi.
O‘quvchilarga zamonaviy talablar darajasida ta’lim va bilim berishga doimo ehtiyoj bor .
Mobil ta’limda o‘zgarishlar doimiy ravishda ro‘y beradi. Odamlar o‘z malakalarini muntazam ravishda takomillashtirishga erishadilar, shuning uchun keng qamrovli mobil ta’lim dasturlari ular uchun jozibador bo‘ladi. Mobil ta’limning samaradorligi ham muhimdir. Talabalarni an’anaviy sinflarda qo‘shimcha o‘qitish uchun katta mablag‘lar sarflanadi. Ishlab chiqarish jarayonidan ajralib o‘qishga to‘g‘ri keladigan hollarda mobil ta’lim bilan xarajatlarning sezilarli qismi kamaytirihs mumkin. Mobil o‘rganish buxgalteriya hisobi va o‘lchashga ko‘proq mos keladi, chunki u qisqa vaqt ichida kerakli odamlarga kerakli treninglar bilan ta’minlaydi va o‘z maqsadlariga erishish uchun natijalarni o‘lchashni amalga oshiradi. Biroq, uyali ta’lim an’anaviy sinflarni o‘rganishni o‘rnini egallashiga ishonish qiyin bo‘lishi mumkin. An’anaviy sinfda, odamlar bir-birlarini bilish va munosabatlarni rivojlantirish imkoniga ega. Mobil aloqa saytga bog‘liq o‘quv muhitidan mobil telefonga o‘tishga olib keldi. Dialogning o‘zaro munosabatlariga emas, balki axborotni o‘z-o‘zidan qayta ishlashga ko‘proq vaqt sarflanishi sababli, bunday vosita, albatta faqat ko‘proq o‘zlashtiriadigan odamlarga mos keladi. Biroq, muloqot va maslahatlashuvda o‘zaro hamkorlik qilmasdan mobil o‘quv juda sovuq va noaniq bo‘lib qoladi.Talabalar o‘qituvchilar va boshqa talabalarga savollar berishlari va ko‘rsatmalar olishlari mumkin. O‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotining ba’zi qismlarini ko‘chma mashg‘ulotlar orqali amalga oshirishlari mumkin, ammo strategik nuqtalarda o‘quv markazi sharoitida bir joyga to‘planish uchun ideal muhitni yaratish kerak.
Shu sababli ham mobil ta’lim auditoriyadagi ta’limning o‘rnini bosa olmasada, mustaqil ta’limni tashkillashtirishda eng qo‘l keladigan texnologiya sifatida qarash mumkin.


XULOSA

Mobil aloqa texnologiyalarning rivojlanishi va raqabatbordoshligini baholash, uning ko‘p jihatliligi va omilliligini hisobga oladigan indikatorlar tizimi umumlashtiriladi. Mobil aloqa texnologiyalarning olinadigan daromad ko‘rsatkichlari qiymat dinamikasining turli omillari ya’ni ichki (abonentlar soni, SMS soni, ovozli xizmatlar, so‘xbatlarning davom etish vaqti, reklama xarajatlari va b.q.) hamda tashqi (mintaqa mobil aloqalarning kirib borishi darajasi. Raqobatchilarning jami abonentlari soni, raqobatchilarning bitta abonentga hisoblangan trafiki, mintaqada mobil uyali aloqa abonentlarining o‘sishi, mintaqadagi aholi soni, mintaqadagi o‘rtacha ish haqi, mintaqadagi korxonalar soni va b.q.). Mobil texnologiyasi muhitida innovatsiya jarayoni juda yuqori suratlar bilan o‘sayotgani odatiy holga aylanib bormoqda. Ayniqsa, bu internet global tarmog‘i uchun harakterlidir. Hozir internet nafaqat behisob hajmdagi axborotga ega bo‘lgan global kompyuter tarmog‘i hisoblanishi bilan birga behisob odamlar uchun prinsipial yangi muloqot qilish muxitiga aylanib bormoqda. Internet gorizontal usul, deb atalishi mumkin bo‘lgan yangi insoniy muloqot usulini kashf etmoqda. U paydo bo‘lgunga qadar muloqot va axborot tarqalishi asosan vertikal tarzda bo‘lgan. Masalan, muallif kitob yozadi, o‘quvchilar uni o‘qiydi, radio va televideniya eshittirish va ko‘rsatuv uzatadi–tamoshabin va tinglovchilar uni ko‘radi va tinglaydi, gazeta yangiliklar nashr qiladi–obunachilar uni o‘qiydi va h.k. Unga talab juda yuqori bo‘lsada, teskari aloqa umuman yo‘q edi. Gazetalarga yuboriladigan xatlar, radio va teleko‘rsatuvlardagi talab va mulohazalar yuqoridagi fikrimizga guvohlik berib turibdi. Konkret bir kitob o‘quvchilari o‘rtasida, konkret uzatuv tinglovchilari o‘rtasida axborot almashuvi praktik tomondan amalga oshishi qiyin edi. Mobil texnologiyasi esa, son–sanoqsiz iste’molchilar davrasi uchun axborot tarqalishini ta’minlaydi.





Download 41.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling