Mustaqil ishi Mavzu: O‘zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning kirib kelish va rivojlanish bosqichlari Тopshirdi


Download 41.6 Kb.
bet1/6
Sana24.09.2023
Hajmi41.6 Kb.
#1687308
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ishi Mavzu O‘zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning k-fayllar.org


Mustaqil ishi Mavzu: O‘zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning kirib kelish va rivojlanish bosqichlari Тopshirdi

Urganch RANCH texnologiya
Universiteti
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

2103-IQ-S-guruh talabasi Rajabov Azizbekning


Raqamli iqtisodiyot fanidan


Mustaqil ishi


Mavzu:O‘zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning
kirib kelish va rivojlanish bosqichlari


Тopshirdi: ____________________


Qabul qildi: ________________


Urganch-2023


RAQAMLI IQTISODIYOTDA MOBIL INTERNET TEXNOLOGIYALARI


Reja:


1. Raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalar
2. O‘zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning kirib kelishi va rivojlanish bosqichlari
3. Mobil texnologiyalar va biznesning raqamli transformatsiyasi

1. Raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalar

Jahonda axborotlashgan jamiyat jadal shakllanib borayotgan sharoitda raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalarni rivojlantirish bugungi kundagi eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.O‘zbekiston espublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yi-cha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish jarayonida raqamli iqtisodiyotni rivojlantishga alohida


e’tibor qaratilmoqda. 2018 yil 3 iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son Qarori ushbu sohaning mamlakatimizning strategik rivojlanishidagi zarurati va ahamiyatini, eng muhim vazifalarni va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarni belgilab beradi. Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning dunyo miqyosida tutgan o‘rni va uning rivojlanish tendensiyalari tobora ortib bormoqda. Misol uchun, ma’lumotlar oqimi ko‘lamining o‘zgarishi internet protokoli (IP) ga asoslangan global trafik hajmining 1992 yilda kuniga 100 gigabaytni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich sekundiga 45000 Gb dan oshdi. Bu ma’lumotlar raqamli iqtisodiyot rivojlanishining dastlabki bosqichiga tegishli ekanini hisobga olsak, uning rivojlanishi sur’ati to‘g‘risida tasavvur hosil qilish qiyin emas. Prognozlarga ko‘ra, 2022 yilga kelib global IP-trafik hajmi sekundiga 150,700 Gb ga etadi, bu Internet tarmog‘ida yangi foydalanuvchilarning ko‘payishi va Internetning yanada kengayishi natijasida amalga oshadi.
Jahon miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyotning rivojlanish geografiyasida ikki mamlakat etakchi o‘rinni egallab turibdi. Bular AQSH va Xitoy. Bu mamlakatlarga blokcheyn texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha patentlarning 75 foizi, “Internet of Things (Narsalarinterneti)”ga2 sarflanadigan xarajatlarning 50 foizi va bulutli hisoblash ochiq texnologiyalari global bozorining 75 foizidan ortig‘ini to‘g‘ri keladi. Eng diqqatga sazovor tomoni shundaki, ular dunyodagi 70 ta eng yirik raqamli platformalarning bozor kapitallashuvining 90%ni nazorat qilishadi. Evropaning ulushi 4%, Afrika va Lotin Amerikasiningumumiy ulushi atigi 1%ga teng. Ettita "superplatformalar" –Microsoft va undan keyingi o‘rinda turuvchiApple, Amazon, Google, Facebook, Tencent va Alibaba kompaniyalari umumiy bozor kapitallashuvining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.3 SHunday qilib, raqamli texnologiyalarning ko‘plab sohalarida dunyoning qolgan qismi, ayniqsa Afrika va Lotin Amerikasi AQSH va Xitoydan ancha orqada. Mavjud tafovut ilg‘or raqamli texnologiyalarda global ustunlikka intilishning oqibatida yuzaga keladi. AQSH va Xitoyning YAIM hajmi bo‘yicha jahonda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turganligini e’tiborga olsak, raqamli texnologiyalarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilish mumkin.
Mobil aloqa texnologiyalarning rivojlanishi va raqabatbordoshligini baholash, uning ko‘p jihatliligi va omilliligini hisobga oladigan indikatorlar tizimi umumlashtiriladi. Mobil aloqa texnologiyalarning olinadigan daromad ko‘rsatkichlari qiymat dinamikasining turli omillari ya’ni ichki (abonentlar soni, SMS soni, ovozli xizmatlar, so‘xbatlarning davom etish vaqti, reklama xarajatlari va b.q.) hamda tashqi (mintaqa mobil aloqalarning kirib borishi darajasi. Raqobatchilarning jami abonentlari soni, raqobatchilarning bitta abonentga hisoblangan trafiki, mintaqada mobil uyali aloqa abonentlarining o‘sishi, mintaqadagi aholi soni, mintaqadagi o‘rtacha ish haqi, mintaqadagi korxonalar soni va b.q.). Mobil texnologiyasi muhitida innovatsiya jarayoni juda yuqori suratlar bilan o‘sayotgani odatiy holga aylanib bormoqda. Ayniqsa, bu internet global tarmog‘i uchun harakterlidir. Hozir internet nafaqat behisob hajmdagi axborotga ega bo‘lgan global kompyuter tarmog‘i hisoblanishi bilan birga behisob odamlar uchun prinsipial yangi muloqot qilish muxitiga aylanib bormoqda. Internet gorizontal usul, deb atalishi mumkin bo‘lgan yangi insoniy muloqot usulini kashf etmoqda. U paydo bo‘lgunga qadar muloqot va axborot tarqalishi asosan vertikal tarzda bo‘lgan. Masalan, muallif kitob yozadi, o‘quvchilar uni o‘qiydi, radio va televideniya eshittirish va ko‘rsatuv uzatadi–tamoshabin va tinglovchilar uni ko‘radi va tinglaydi, gazeta yangiliklar nashr qiladi–obunachilar uni o‘qiydi va h.k. Unga talab juda yuqori bo‘lsada, teskari aloqa umuman yo‘q edi. Gazetalarga yuboriladigan xatlar, radio va teleko‘rsatuvlardagi talab va mulohazalar yuqoridagi fikrimizga guvohlik berib turibdi. Konkret bir kitob o‘quvchilari o‘rtasida, konkret uzatuv tinglovchilari o‘rtasida axborot almashuvi praktik tomondan amalga oshishi qiyin edi. Mobil texnologiyasi esa, son–sanoqsiz iste’molchilar davrasi uchun axborot tarqalishini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda mobil texnologiyasi global tarmog‘i gorizontal informatsion muloqot uchun ajoyib imkoniyatlarga ega. Hukumat bilan fuqarolar o‘rtasida, oxirgilari birinchilar bilan teskari bog‘lanishi mkoniyatlariga ega.Mobil texnologiyasi bizning turmushimizga keng miqyosda tatbiq etishda xech qanaqa tashkilot bo‘lmaydi. Tarmoq xuddi hodisa kabi mustaqil rivojlanib boraveradi, butun insoniyat uning dvigateli hisoblanadi. Hozir mobil texnologiyasining asosiy g‘oyasi–bu axborotlarni erkin ravishda tarqatish va odamlar o‘rtasida aloqa tiklashdir. Bu odamlar, xalqlar mamlakatlar o‘rtasidagi diniy, ideologik va harxil to‘siqlarni olib tashlashdagi eng samarali yo‘ldir. Mobil texnologik jarayondagi eng axamiyatli demokratik ishvositalardan biri hisoblanadi. paydo bo‘lishi bilan axborot aksariyat dunyo odamlarining potensial imkoniyatiga aylanib bormoqda.Mobil texnologiyasi va kompyuter texnikalar chambarchas bog‘langan holda barcha global kommunikatsiyalar yagona butunlikda integrallashadi. Bu erda gap axborotni tarqatish mexanizmi, odamlarni birlashtirish, masofa, vaqt, davlat va ko‘plab shunga o‘xshash chegaralar mavjudligidan qat’iy nazar ularning o‘zaro muloqotda bo‘lishlari to‘g‘risida ketmoqda. Mobil texnologiyasi behisob miqdordagi axborotlarga ega bo‘lgan holda, iste’molchilarga katta informatsion xizmat spektrini taqdim etadi. Uni shartli ravishda ikki kategoriyaga bo‘lish mumkin: tarmoq abonetlari aro axborot almashuvi; axborotni qidirish va tarmoq ma’lumotlar bazasidan foydalanish.
Tarmoq abonentlariaro asosiy mobil texnologiya aloqasi xizmatigaquyidagilarkiradi:
  • Telnet–uzoqda turib tarmoqdagi istagan kompyuterni boshqarish rejimi, ya’ni abonentga tarmoqdagi xohlagan EHM da xuddi o‘ziniki kabi, ishlash imkonini beradi FTP(FileTragsftrProtocol)–abonentga tarmoqdagi istagan kompyuterda matnli va ikkilik fayllar bilan o‘zaro muloqot qilishga sharoit yaratib beruvchi fayllar uzatish protokoli. Uzoqdagi kompyuter fayllari shaxsiy kompyuterga nusxalashgandan keyingina unda ishlash uchun (o‘qish, ishlov berish va b.k)kirish imkoniyati beriladi. Fayllarni bir joydan ikkinchi joyga uzatish WWW yordamida amalga oshirilgan taqdirda ham FTP-sistemasi o‘zining tezkorligi va foydalanishdagi oddiyligi tufayli ommaviy xizmat turi bo‘lib qolmoqda.


Usenet (UsenetWewsqroupe)-tarmoq yangiliklari va tarmoqdagi elektron elonlar doskasini olish. Bu sistema ma’lum bir mavzu bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan hujjat (maqola)lar yigindisi sanaladi. Foydanaluvchi o‘zini qiziqtirgan mavzuni ko‘rsatib mos hujjatlar bilan tanishib chiqishi va o‘zinikini yaratishi mumkin.


  • Yangi xujjatlar guruxining barcha a’zolariga yoki konkret avtorlarga yuborilishi mumkin.


  • Elektron pochta (E-mail)-eng ko‘p tarqalgan internet xizmati bo‘lib, istagan tarmoq abonentini pochta xabarlari bilan o‘zaro muloqotda bo‘lib turishini taminlaydi. Elektron pochtaning harakterli xususiyatlari shuki, xabar adresatga bir necha minut davomida etib boradi.


  • Bunda masofa xech qanday rol o‘ynamaydi. Odatiy xatlar esa, oluvchiga bir necha kun hattoki, haftadan keyin etib borishi mumkin.


  • Whais-internetning adres kitobi. Uning yordami bilan abonet o‘zoqdagi kompyuterga va foydalanuvchilarga tegishli axborotlarni olishi mumkin.


Yuqorida keltirilgan tarmoqdagi abonentlararo axborot almashuvi xizmatlaridan tashqari, mobil texnologiyasi ba’zi bir o‘ziga xos xizmat turlarini ham taqdim qilishi mumkin,masalan:


  • faks-servis-tarmoq faks serviridan foydalanib, foydalanuvchiga faksimal aloqa orqali xabarlar jo‘natish imkonini beradi.


  • elektron tarjimon–o‘ziga yuborilgan matnni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib beradi.


Bunda elektron tarjimonga murojaat etish elektron pochta orqali amalga oshiriladi:


  • shlyuzlar-abonentga TCP/IP protokollari bilan ishlamaydigan tarmoqda xabarlarni jo‘natish imkonini beradi.


  • ikkinchi darajali xizmatlarga, ayniqsa axborotlarni qidirish va tarmoq ma’lumotlar bazasi informatsion zaxiralardan foydalanish sistemalariga quyidagilar kiradi:


  • Gopher-kalit so‘z va jumlalar bo‘yicha axborotlarni topishga yordam beruvchi Internet tarmog‘idagi eng ko‘p tarqalgan axborot qidiruv vositasi. Copher-servirida axborotlarni ko‘rib chiqish xuddi windows ilovasidagi menyu yoki fayl sistemasi katalogi (papka)ning «daraxti» kabi ko‘rinishdagi menyu yordami bilan tashkil qilinadi. Yuqori darajali menyu yirik mavzu nomlaridan tashkil topgan, masalan: iqtisodiyot, madaniyat, meditsina, sport va b.q.


Keyingi daraja menyulari tanlab olingan oldingi daraja menyu elementlarini bo‘laklar (detallar) ajratadi. Daraxt bo‘yicha pastga siljitishning oxirgi punkti hujjat hisoblanadi, xuddi katalog daraxtining oxirgi elementi (fayl) kabi.


WAIS-Copherga nisbatan yana kuchliroq axborot qidiruv vositasi. U kalit so‘zlar qidiruvini barcha matnli hujjatlarda amalga oshiradi. Rasmiy talablar WAISda ixchamlashgan ingliz tilida yuboriladi. Bu logika algebrasi tiliga qaraganda ancha engil hisoblanadi. Shuning uchun WAIS noprofessional foydalanuvchilar e’tiborini o‘ziga ko‘proq jalb etadi.
  • Internetda eng ommabop va bir me’yorda rivojlangan xizmat turlaridan biri WorldWideWeb (WWW)dir. U tadqiqot axborotlari almashuvi uchun ilgaridan o‘ylab topilgan. Hozir esa, ko‘pchilik odamlar kundalik hayotining bir qismiga aylanib qoldi. WWW-bu er sharining istagan nuqtasida saqlanishi mumkin bo‘lgan butunlay boshqa sayt yoki kompyuterdagi matnning xohlagan boshqa joyiga havola qilinadigan belgilash so‘zlari (buyruqlari) o‘rnatilgan global giper matn sistemasi. Giper matn g‘oyasining mazmuni shundaki, tarmoqdagi informatsion zaxiralarga gipermatn modelini yaratishdagi relyasion yondashishdan foydalanish va uni maksimal oddiy usul bilan bajarish. Bu g‘oyani amalga oshirishda to‘rtta asosiy vosita ishlab chiqilgan:


  • HTML hujjatlarning gipermatn belgilash tili.


  • URL (Universal Resource Locator) kompyuter tarmog‘idagi manzilni va uni olish mexanizmini aniqlaydigan veb-resurs uchun havola.


  • HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP–Hyper Text Transfer Protocol).


  • SSI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining universal interfeysi.


Bugungi kunda O‘zbekiston mobil uyali bozorida 5 ta kompaniya, ya’ni “Unitel” ( Beeline), Coscom (Ucell),“Untiversal Mobile Systems” ( UMS),“Pubicon Wiretless Communication” va “O‘zbektelekom” AK filiali (Uzmobile) faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular mobil oloqa xizmatlarini CDMA-450,CDMA 2000 1X, GSM- 900, GSM-1800 hamda IMT-2000/UMTS (WCDMA) standartlarida taqdim etmoqda (5.1 -jadval).

Kelajakda internet xizmatlari taqdim qilishi tizimida sifatli evolyusion o‘zgarishlar bo‘ladi. Ular asosan, odamlar va jamiyatning extiyojlarini har tomonlama qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Kelajakda internet xizmatlari xuddi instrument (asbob) kabi faol xizmat qiladi. Qarorlar qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish, odamlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlik, XXI asr telefoni, marketing, biznes, dam olish va boshqalar.
Barcha xizmatdagi foydalanuvchilarni qiziqtiradigan jihatalar tezkorlik; arzon global aloqa; muloqot va axborot almashuvidagi qulaylik; kira olinadigan dasturlar, ajoyib tarmoq zaxiralari va boshqalar. Ular global tarmoqni o‘zlarining xususiy intellektualimkoniyatlariga qo‘shimchadek qaraydilar.
Hozirgi vaqtda axborot asri boshlanajagi, unga bo‘ladigan talab va talabgorlar sonining to‘xtovsiz oshib borajagini hamma anglamoqda. Tabiiyki, ishonchli va operativ axborotsiz vaqt bilan baravar qadam tashlab bo‘lmaydi, inson faoliyatining xohlagan soxasida qo‘yilgan maqsadga erishib bo‘lmaydi.Raqamli iqtisodiyot bilan bog‘liq raqamli iqtisodiyot innovatsion g‘oyalar va raqamli mobil texnologiyalarga asoslanishi, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qo‘llashni taqozo etishi, innovatsiyalar va investitsiyalarni rahbatlantirishi hamda jamiyat, biznes va davlat manfaatlari uchun xizmat qilishini ta’kidlash mumkin.
Bugungi kunda O‘zbekiston mobil uyali bozorida 5 ta kompaniya, ya’ni “Unitel” ( Beeline), Coscom (Ucell),“Untiversal Mobile Systems” ( UMS),“Pubicon Wiretless Communication” va “O‘zbektelekom” AK filiali (Uzmobile) faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular mobil oloqa xizmatlarini CDMA-450,CDMA 2000 1X, GSM- 900, GSM-1800 hamda IMT-2000/UMTS (WCDMA) standartlarida taqdim etmoqda.
O‘zbekistonda zamonaviy mobil uyali aloqa texnologiyalari bozorinin6g shakllanish va rivojlanish bosqichlarining asosiy omillariga qo‘yidagilarni kiritish mumkin:

    • milliy mobil uyali aloqa texnologiyasi bozorining kengligi va yaratilgan shart va sharoitlar mobil aloqa kompaniyalari uchun aholi soni va geografik joylashuviga nisbatan MDH davlatlari ichida eng istiqbolli bozorlardan hisoblanadi;


    • milliy mobil uyali aloqa texnologiyasi bozorining liberallashuvi,bozor ishtirokchilari faoliyati uchun sharoitlar hamda me’yoriy-huquqiy baza yaratilganligi. Ushbu bozorga kirayotgan ishtirokchilarga davlat tomonidan imtiyozlar berilganligi;


investitsiyalar va ularning qonun bilan himoyalanganligi;


    • milliy mobil uyali aloqa tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, ya’ni milliy mobil uyali aloqa xizmatlarning qulayligi va foydalanish imkoniyatining yuqoriligi;


    • milliy mobil uyali aloqa tarmog‘ining tez yangilanishi.avlodlar ketma – ketligi;


    • milliy mobil uyali aloqa texnologik jihatdan keng qamrovligi, tarmoqning uzoq joylardagi aholi yashash punktlarida ham mavjudligi.




O‘zbekiston bozoriga mobil qurilmalarni kirib kelishi va rivojlanish bosqichlari

So‘nggi o‘n yilliklarda ko‘pgina mamlakatlar, tadqiqotchi olimlar va soha mutaxassislarining e’tirof etishicha, davlatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, uning raqobatdoshligini oshirish, jahon bozorida va jahon iqtisodiy hamjamiyatida o‘z mavqeini mustahkamlashda ta’limning o‘rni tobora ortib bormoqda.


Bugungi kunga kelib ilm – fan, texnika va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidadir. Globallashuv o‘z – o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali


tatbiq etishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, shuningdek, global Internet tarmog‘ida mavjud ko‘p hajmli axborot oqimidan zaruriy ma’lumotlarni ajrata olish, ilmiy yangiliklarni tezda o‘zlashtira olish qobiliyati, boy tajriba va mahoratiga ega bo‘lgan kadrlargina ega bo‘ladilar. Bugungi kunda internetning ommaviyligi, hayotimizning barcha jabhalarida faol ishtiroki haqida gapirish o‘rinsiz. Internet hayotimizning bir bo‘lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson webtexnologiyalarning inson hayotining ta’lim, tijorat, siyosat, ko‘ngil ochar va boshqa sohalariga kirib borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda. Ma’lumotlarni Internetda chop etish malakasi har bir insonga qo‘yilgan bazaviy talabga aylanishga ulgurdi desak xato bo‘lmaydi.
Web sahifa internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to‘plami bo‘lib, ularni soni yil, oy yoki kun sayin emas daqiqa sayin ko‘payib bormoqda. Bu fayllarda ma’lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, video, audio ma’lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda internet axborot manbaalari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. CHunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tegishli ma’lumotlarni to‘ldirish foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tejash imkonini beradi. Shu bois Web texnologiyalarni ta’limning deyarli barcha bosqichlarida (umumiy o‘rta ta’limdan boshlab) alohida kurs sifatida o‘qitila boshlandi.
Web dasturlash – dasturlashning web ilovalarni yaratishga qaratilgan bo‘limidir. Web dasturlash va dizayn fani web-ilovalarni yaratish, ularni internetda chop etish, webilovalarni ko‘rkamlashtirish, qiziqarli va o‘ziga tortuvchi tarzda rasmiylashtirish va ma’lumotlarmi yangilash kabi vazifalarni o‘rgatishga qaratiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida va o‘rta mahsus kasb-hunar ta’limi hamda oliy talim muassasalarining nomutaxassis yo’nalishlarida Web dasturlash informatika va axborot texnologiyalari(Ta’limda axborot texnologiyalari) fanining bir bo‘limi sifatida o‘rganilib, uning boshlang‘ich ma’lumotlari o‘rgatiladi.
Mutahassislik yo‘nalishlarida esa Web dasturlash alohida fan sifatida o‘rganiladi.
«Web dasturlash va dizayn» amaliy fanlar turkumiga kirganligi bois, mazkur kursni “kompyuter grafikasi va dizayn” yo’nalishi talabalariga o‘qitish jarayonida alohida yondashuv talab etiladi va samarali metodlarni to‘g‘ri tanlash ta’lim sifatini oshiradi.
Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy asos solgan sinf-dars tizimining asosiy (ma’ruza, amaliy va laboratoriya) metodlari uzoq muddat ta’limning klassik metodlari sifatida takomillashtirilib qo‘llanilib kelingan bo‘lsa, hozirgi kunda nazariyotchi va amaliyotchi pedagoglar tomonidan kashf etilgan ta’limning zamonaviy metodlari samaradorligi bilan o‘zlarini namoyish qilmoqda. Ulardan
«Loyiha metodi», «keystexnologiyalari», «geymifikatsiya» va «MOOC» kabilar pedagog kadrlar orasida istiqbolli yo’nalish sifatida alohida e’tibor qozonmoqda va faol qo‘llanila boshlandi.
Bir qancha tadqiqotchi olimlar tomonidan ta’lim oluvchilarning axborot savodxonligini oshirish bo‘yicha qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bu boradagi tadqiqotlari informatika fani doirasida Web texnologiyalar, internet texnologiyalar va Web dasturlash bo‘yicha mavzularni o‘qitish samaradorligini oshirish borasida alohida e’tiborga sazovor.
Ta’lim jarayoniga mobil texnologiyalarni joriy etish quyidagi qator afzalliklarga ega:
    • ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda o‘qish, o‘rganish mumkin (Mobillik);


    • o‘quv materiallarni turli ko‘rinishda, audio, video, rasm, grafika kabi multimedik imkoniyatlarga to‘la vizual tarzda taqdim etish imkoniyati (Multimediyali);


    • mobil ta’lim ko‘pincha o‘yin shaklida amalga oshiriladi (Geymifikatsion xarakterga egaligi);


    • monitoringqilish);


    • o‘quvjarayoniishtirokchilario‘rtasidaaxborotalmashinuvinijadallashtiri sh;


    • ishtirok etishni nazorat qilish imkoniyatining mavjudligi (Ishtirokni monitoring qilish);


    • ta’lim oluvchilarning shaxsiy psixologik va fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, individual yondashishda mobil qurilmalarning moslashuvchanligi (Individual yondashuv).


    • o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashinuvini jadallashtirish;





Download 41.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling