Mustaqil ishi Mavzu: O‘zbekiston davlat statistikasi va xalqaro statistika Тopshirdi


Download 35.52 Kb.
bet1/3
Sana29.03.2023
Hajmi35.52 Kb.
#1306346
  1   2   3
Bog'liq
ZOHIRJON STATISTIKA


Urganch RANCH texnologiya
Universiteti

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) fakulteti


2103-IQ-S-guruh talabasi Abdusharipov Zohirjonning
statistika fanidan
Mustaqil ishi

Mavzu: O‘zbekiston davlat statistikasi va xalqaro statistika


Тopshirdi: ____________________

Qabul qildi: ________________

Urganch-2023
Reja:
1. Statistika to’g’risida umumiy tushuncha.
2. Statistika fanining predmeti va usuli.
3.O’zbekistonda statistikaning tashkil etilishi.


Statistika to’g’risida umumiy tushuncha
«Statistika» atamasi lotincha «Status» so’zidan olingan bo’lib, bu so’z xodisalarning holati, vaziyati, ahvoli degan ma’noni bildiradi. Ikkinchi bir ma’nosi davlat to’g’risidagi muayyan bilim, ma’lumotlar yig’indisi va davlat ishi bilan shug’ullanuvchilar degan ma’noni anglatadi.
Shu bilan bir qatorda, ushbu nom bilan ayrim davlatlarning tuzilishi va ahvoliga oid bilimlar ham yuritilgan. Shu bilimlarga ega bo’lgan shaxslarni davlat va siyosatlar bilimdoni deb atashgan.
Demak, dastlab statistika deganda davlatlar haqidagi turli-tuman bilimlar (ma’lumotlar) to’plami tushunilgan, keyinchalik bu nom bilan ijtimoiy hayotning turli tomonlarini belgilab beruvchi ma’lumotlar yuritilgan va nixoyat ijtimoiy fanlarning maxsus tarmog’i ham – «Statistika» deb atalgan.
Hozirgi paytda bu termin har xil ma’noda qo’llaniladi. Statistika deganda avvalo ijtimoiy hayotning turli tomonlari – ishlab chiqarish va uning maqsulini taqsimlash, sotish hamda iste’mol qilish, madaniy, ma’naviy va siyosiy hayotdagi xodisa va voqyealar, aholining moddiy farovonligi va hokazolarni ta’riflaydigan umumiy ko’rsatkichlar tushuniladi. Tegishli ma’lumotlarni to’plash va umumlashtirish bilan bog’liq bo’lgan amaliy faoliyat ham statistika deb ataladi. Bundan tashqari, statistika nomi bilan alohida predmeti va metodologiyasiga ega bo’lgan maxsus ijtimoiy fan ham yuritiladi. Bu fanning nomi – statistikaning umumiy nazariyasi deb nomlanadi.
Demak, hozirgi kunda statistika nazariyasi o’z obyekti va usuliga ega bo’lgan mustaqil fan bo’lib, amaliy faoliyatidagi mustaqil tarmoqlari bo’lgan O’zbekiston Respublikasi statistika davlat qo’mitasi, viloyatlarda statistika boshqarmalari, tumanlarda (shaxarlarda) esa statistika bo’limlarini o’z ichiga qamrab olgan.
Statistika ko’p asrlik tarixga egadir. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi hisobi (ruyxati), Rossiya (Moskva) da esa ikki marta (1362 va 1389 yillarda) aholi ro’yxati o’tkazilgan. XV asrda Moskvada «Mirza daftarlari» nomi bilan ma’lum bo’lgan maxsus statistik to’plamlar tuzilgan. Pyotr I davrida «aholi taftishi» nomi bilan mashhur bo’lgan soliq to’lovchi aholi ro’yxatlari o’tkazila boshlangan. Jami 10 marta taftish (oxirgilari 1857-1860 yillarda) o’tkazilgan. Ulardagi ma’lumotlar XVIII va XIX asrning birinchi yarmidagi Rossiya aholisining sonini tavsiflovchi yagona manba bo’lib hisoblangan.
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiyarifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan.
Yevropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (1796-1874) hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Axenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A. Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.
Rossiyada statistikaning rivojlanishiga quyidagi olimlar o’z xissalarini qo’shishgan:

  • N. Tatishchev (1686-1750) birinchi marotaba aholi ro’yxatini o’tkazish bilan birga aholining joriy hisobini tadbiq qilish lozimligini kun tartibiga qo’ydi.

  • I. Krilov (1689-1737) statistika tarixida birinchi marotaba davlatni tavsiflovchi iqtisodiy-statistik ma’lumotlarni jadval yordamida izohladi.

  • P. Juravskiy (1810-1856) birinchi marotaba statistika fanining ta’rifini berdi, guruhlash rolini ko’rsatdi, markaziy statistika boshqarmasini tashkil etish to’g’risidagi g’oyani ilgari surdi;

  • Semenov Tyan-shanskiy (1827-1914) ma’lum darajada rus davlati statistikasining «otasi» hisoblanadi. U 1864 yilda markaziy statistika qo’mitasining boshlig’i etib tayinlangan. Uning rahbarligi ostida 1897 yilda butun Rossiya aholisining ro’yxati o’tkazilgan.

  • E. Yanson (1835-1893) birinchi marotaba Rossiyada nazariy statistika bo’yicha darslik yozgan.

  • Rus statistikasini rivojlantirishda A.I. Chuprov (1842-1908), A.A.Chuprov (1974-1926), N.A.Kablukov (1849-1919), A.A.Kaufman (1864-1919), V.Ye. Varzar (1851-1910) va boshqalar juda katta xizmat qilishgan.

Rus statistikasining rivojlanishida zemstvo statistikasi alohida o’rin tutadi. Bu statistika XIX asrning boshlarida vujudga kelgan edi. V.I. Orlov (1849-1885), A.P.Shlikeviya (1849-1909), A.A.Rusov (1847-1915) va boshqalar zemstvo statistikasining buyuk namoyandalaridan bo’lib hisoblanadi. Zemstvo statistikasi yer va uning sifati, undan olinadigan daromadni o’rganish bilan shug’ullanadi. Ularning to’plagan ma’lumotlaridan keyinchalik bir qancha iqtisodchi olimlar juda keng foydalanishgan.
Sobik ittifoq davrida statistika nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishda quyidagi olimlarning xizmatlari kattadir:

    • Akademik S.R. Strumilin (1877-1975) – mehnat resurslari, mehnat unumdorligi, ilmiy texnika taraqqiyoti kabi muhim muammolarni yechishning yangi usullarini ishlab chiqdi.

    • Akademik V.S. Nemchinov (1894-1964) - qishloq xo’jaligi statistikasiga asos solgan birinchi olimdir. U iqtisodiy tadqiqot fanida yangi, ya’ni iqtisodiy tadqiqot va rejalashtirishda matematika usulini qo’llashni asoslab berdi.

    • V.N. Starovskiy, M.N. Smit, B.S. Yastremskiy, M.V. Gurevich, L.V. Nekrash, A.I. Rotshteyn, D.V. Savinskiy, S.M. Yugenburg, G.A.Baklanov, A.I. Gazulov, N.K. Drujinin, A.I. Yejov, A.I.Petrov, G.V.Ryabushkin, Ye.N. Freymundt, A.M.Dubrov, V.Ye.Adamov, V.M. Ryabsev kabilar yuqori malakali statistlarni tayyorlashda muhim xissa qo’shdilar.

Bu fanni O’zbekistonda rivojlantirishda professorlar N.Soatov, E.Akramov, I.Ermatov, X.Nabiyev, S.Sirojiddinov, Ye.Abdullayev, R.Alimov, M.Xamroyev, Z.Toshmatov, X.Shodiyev, A.Ayubjanov, B.Usmonov, A.Nabixujayev, X.Xujakulov kabi olimlarning ham xizmatlari katta bo’ldi.



Download 35.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling