Mustaqil ishi mavzu: O`zbekiston Respublikasida umumdavlat soliqlarining amal qilish mexanizmi


Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi


Download 55.33 Kb.
bet4/7
Sana31.01.2024
Hajmi55.33 Kb.
#1829059
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Soliq va soliqqa tortish-fayllar.org

Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ulaming iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tar­tibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan "soliq muhiti"ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko`rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida o`sib boradi, bu davrda tadbirkorlami ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliya­tini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan "yuqori tashkilot" tushunchasining o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag`batlantirish zarurati saqlanib qoladi.

Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi
Rag`batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqa rishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mоl-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta`sir ko`rsatadi, ya`ni soliq yukuni kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag`batlantiradi. Soliqlarning rag`batlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlaydi, bu bilan fiskal funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlab, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlaming erkin faoliyat ko`satishi ta’minlanadi.

Download 55.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling