Mustaqil ishi mavzu: O`zbekiston Respublikasida umumdavlat soliqlarining amal qilish mexanizmi


Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish zararligi omili


Download 55.33 Kb.
bet6/7
Sana31.01.2024
Hajmi55.33 Kb.
#1829059
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Soliq va soliqqa tortish-fayllar.org

Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish zararligi omili. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yaponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik yetakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu, eng avvalo, uning mamlakatga chet el valuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo`jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini o‘tamoqda.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, qishloq xo`jaligida soliq, kredit vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.


Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi Farmoni, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi 539-sonli qaroriga muvofiq qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliq va yig‘imlar o‘rniga budjetga 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab yagona yer solig‘ini to‘lash tartibi joriy qilindi.


  • O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o‘mini belgilovchi asosiy omillardan yana biri — hozirgi kunda ko‘payib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaxslarning daromadlarini jalb qiluvchi mukammal soliq to`lovini yuzaga keltirish.

Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi xususiy tad­birkorlik faoliyatini keng quloch yoyishi va xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini hisobga olishni qiyinlashtiradi. Xususiylashtirilgan bitta korxona o‘rnida o‘nlab kichik, xususiy va jamoa mulkiga asoslangan korxonalar paydo bo‘ladi. Mukammal soliq mexanizmi yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini aniqlashda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-sonli qaroriga muvofiq kichik korxonalar uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliqlar o`rniga budjetga ixchamlashtirilgan soliq to‘lash imkoniyati vujudga keldi. O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda ixchamlashtirilgan soliq tizimining joriy qilinishi bu tadbirkorlar uchun davlat tomonidan ko`rsatilgan katta yordam bo‘ldi.
Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanishi bosqichlarida ushbu rivojlanish jarayonlarini ta’minlash maqsadiga bo‘ysunuvchi vazifalarni bajaradi. Soliqlarning funksiyalari esa ana shu vazifalami bajarishga xizmat qiladi. Shunday ekan, soliqlarning funksiyalari va vazifalari o`rtasidagi aniq farqli jihatlarni o`rganish va soliq munosabatlarini tashkil etish mobaynida bu chegaralami asoslashni qayd etib o‘tish lozim.
Soliqlar bajaradigan vazifalar ko`pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy o`xshashliklarga ega. Ana shunday an’anaviy soliq vazifalariga quyidagilami kiritish mumkin:


  • Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar ta`minlab berish. Soliqlarning fiskal funksiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xiz­mat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu ko`rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, soliqlarning fiskal funksiyasi shunchalik faol bo‘ladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlami qamrab olmaydi, balki davlat­ning noishlab chiqarish xarajatlarining ko`payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi.


  • Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga kо`maklashish. 0‘zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifasini bajarishi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalaming asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak.



  • Download 55.33 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling