Mustaqil ishi mavzu: qadimgi davr iqtisodiy qarashlari tekshirdi: xaitov t
Download 130.57 Kb.
|
Mustaqil ish Tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hetiot (Gesiot)
Ksenofont (Xenophon) (miloddan avvalgi taxminan 430—355 yoki 354) — qad. yunon tarixchisi va davlat arbobi. Afinada boy oilada tugʻilgan, Suqrotning shogirdi. Miloddan avvalgi 401 yil Eron taxti daʼvogari Kichik Kirning Bobilga yurishida qatvashgan. Kir halok boʻlgach, Kichik Osiyo, Qora dengiz sohillariga chekinayotgan 10000 kishilik yunon qoʻshiniga rahbarlik qilgan (bu voqealarni u "Anabasis" asarida tasvirlagan). Ksenofont yunon tarixchisi Fukidid acarining davomi boʻlgan "Yunoniston tarixi"(7 kitobdan iborat) hamda iqtisod, falsafa va harbiy sohaga oid asarlar yozgan.
Ksenofont (eramizdan oldingi 430 - 355). Uning iktsodietga bagishlangan asari «Uy tuzilishi». U xujalikni ratsional olib borish tarafdori bulgan, uy tuzilishiga birinchi bulib fan sifatida karagan. Ksenofont xujalikka isteʼmol kiymati, natural xujalik nuktai nazaridan yendashgan. Dexkonchilikni xujalik xaetining asosi deb xisoblagan. Xunarmandchilikni mensimaslik bor unda. Shunday yashash kerakki, ortikcha kolishi kerak, shu paytda boyish mumkin deydi. Kul mexnati unumini oshirish uchun: a) jazolash; b) yaxshi umomala kilish kerak, deydi. Kulni moddiy va maʼnaviy ragbatlantirish kerak, deydi. Kullar urtasida musobaka kilish uchun sharoit yaratish kerak deydi. Birinchi bulib u, mexnat taksimotining ijobiy tomonini analiz kilgan. U birinchi bulib, tovarning 2 yeklama xarakteri: isteʼmol kiymati va kiymati (almashuv kiymati) ga eʼtibor bergan. Ksenofont pulga salbiy munosabatda bulgan. Platon (Аflotun) (eramizdan oldingi 427 - 347) uzining ideal jamiyati - davlatida mexnat taksimotiga karab (imkoniyatiga karab) jamiyat aʼzolarini kuyidagi toifalarga buladi: faylasuflar, xarbiylar, xunarmand va mayda savdogarlar. Kullar esa xisobga kirmagan xam. Faylasuflar va xarbiylar uchun xususiy mulk yuk kilinishi kerak, «kommunizm» (xatto xotinlarning umumiyligiga) kilish kerak deydi. Uy va yerlarning teng taksimchilik printsiplarini yeklab chikkan, ammo tabakalarni inobatga olib, yaʼni yukori tabaka kuprok, past tabaka kamrok berish kerak deydi. Platon birinchi bulib tovarlarning bir-biri bilan pul orkali ayirboshlanib, bir-biriga tenglashtirilishini yezadi. Karzga tovar olish, sudxurlikka u salbiy karagan. Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469 —Afina — 399) — yunon faylasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tugʻilib oʻsgan. Oʻz taʼlimotini ogʻzaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. Sofistlarta qarshi kurashish va yoshlarni tarbiyalashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Atrofiga koʻplab iqtidorli talabalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy va boshqalar) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyatda boʻlgan. Sokratni demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. Aslida u boshqaruvning hamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan boʻlsa, tanqid qilgan. Sokrat taʼlimotidagi tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan. Buning natijasida Sokrat yoshlarni yoʻldan adashtirganlik, fuqarolik meʼyorlarini buzganlik hamda "yangi xudolarga sajda qilish"da ayblanib, sudga berilgan va oʻlim jazosiga hukm qilingan. Bu hukm turmada S.ga zahar ichirish yoʻli bilan ijro etilgan. Sokratning falsafiy taʼlimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni unga zamondosh va shogird boʻlgan Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan. Sokrat faqirona kun kechirib, doimo eski liboslarda, oyoq yalang yurardi. Uning turmush tarzi ham, soʻzlari va suhbatlari ham odamlarda katta qiziqish uygʻotardi. Faylasuf koʻp vaqtini odam gavjum maydonlarda, xiyobonlarda oʻtkazgan. Oʻzining suhbatidan bahramand boʻlish niyatida yurgan istalgan kishi bilan savoljavob qilgan. Ushbu muloqotlarning uslubi va harakteri Platonning suhbat tarzida yozilgan asarlarida oʻz ifodasini topgan. Sokrat oʻz falsafiy tadqiqotlariga axloqiy masalalarni asos qilib olgan. U olamning kelib chiqishi va tuzilishini oʻrganish zaruratini rad etib, bu masalalarni yechishga inson tafakkuri qodir emas deb hisoblagan. Sokrat taʼlimoti ga koʻra, falsafaning maqsadi oʻz-oʻzini bilish boʻlib, bu esa chin ezgulikka erishish yoʻlidir; ezgulik — bilim yoki donolikdir. Sokrat insonda 1dan, oʻrta miyonalik, moʻʼtadillik (yaʼni. ehtiroslarni jilovlay bilish)ni, 2-dan, dovyuraklik (yaʼni, xavfxatarni yenga bilish)ni, 3dan, adolat (yaʼni, ilohiy va insoniy qonunqoidalarga rioya eta bilish)ni eng asosiy ezgulik va yaxshilik belgisi deb hisoblagan. Zamondoshlari va shogirdlarining guvoxlik berishicha, Sokrat oʻzining chuqur dialektik fikrlashi, yaʼni predmetga oid nomukammal tushunchalardagi ziddiyatlarni ochish orqali oʻsha predmetni bilish sari yetaklay olish sanʼati, induktiv taʼlimotdan foydalanish mahorati bilan katta taassurot uygʻotgan. Sokrat taʼlim-tarbiya amaliyotidagi har qanday aqidaparastlikni qattiq qoraladi. Taʼlimning maʼruza oʻqish shaklidan voz kechib, suhbat va munozaralar orqali haqiqatni izlab topishni asosiy uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai nazarlarning hech biriga qoʻshilmay turib, ularni tanqidiy asosda muhokama qilishga intilgan. Pedagogikada majburlashdan, zoʻravonlikdan voz kechish tarafdori boʻlgan. Uningcha, bilim berishning yagona vositasi — ishontirishdir. Sokrat nomi keyingi davrlar uchun donishmand timsoli boʻlib qolgan. U falsafada toʻntarilish yasagan Suqrot metodi muallifidir. Xususan, Suqrot pedagogiyaga ham falsafiy yondashuv olib kirgan, bunda muallim oʻquvchining oʻzi eng yaxshi javobga kelishi uchun uni yoʻnaltiruvchi savol-javobga tutadi. Suqrot Gʻarb falsafasiga hamda uning asoschilari - Aflotun va Arastuga katta taʼsir oʻtkazgan, deb hisoblanadi. “Iqtisodiyot” atamasini brinchi bo’lib yunon shoiri Hetiot (Gesiot) (mil. av. VIII-VII) ishlatgan. Bu atama ikki so’z: “oikos” (uy, xo’jalik) va “nomos” (men qonunni bilaman) birikmasi bo’lib, san’at, bilim, uy xo’jaligi qoidalarini anglatadi. O’zining “Mehnatlar va kunlar” kitobida Hetiotning yozishicha, kichik, o’ziga to’q qishloq xo’jaligi jamiyatida dehqon bo’lib ishlagani sababli ham unga kishilarning xohishlari, istaklari (ehtiyojlari) xilma xilligi sharoitida resurslar yetishmasligi tanish bo’lgan. U “Mehnat, materiallar va vaqtni samarali sarflash kerak”, deydi. Raqobatni “yaxshi ziddiyat” deb atab, u halol bo’lishi uchun qaroqchilik yo’li bilan adolatsiz boylik to’plashni qat’iyan rad etadi hamda jamiyatni rivojlanishi uchun qonun ustuvorligi va adolatni hurmat qilishni qo’llab-quvvatlaydi. Uning iqtisodiy o’sish, mehnat va sog’lom raqobat haqidagi fikrlari 3,5 asr keyin yashagan Platon (Aflotun) va Arestotel fikrlaridan ancha optimistik edi. Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlaming yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m.av 384-322) hisoblanadi. O‘z mamlakatida shakllangan natural-xo'jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi yunon mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo‘lgan. Uning iqtisodiy masalalar bo‘yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xuddi Platonga o'xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda xo‘jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topish nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va ehtiyojlami qondirish usullari to‘g‘risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko‘rsatib beradi.Aristotel nafaqat o‘zining falsafiy tafakkuri, balki sotsialistik iqtisodiy g‘oyalami rivojlantirishga qo‘shgan hissasi bilan ham ajralib turadi. Aristotelning iqtisodiy tafakkurga qo‘shgan asosiy hissasi tovarlar almashuvi va bu almashuvda puldan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlami chuqur yoritganligida edi. Uning fikricha, odamlaming ehtiyoji o‘rtacha, lekin odamlaming istaklari cheksizdir. Shundan kelib chiqib, ehtiyojni qondirish uchun tovarlami ishlab chiqarish tabiiy, cheksiz istaklami qoniqtirish uchun tovarlami ishlab chiqarish notabiiy holat. Aristotelning fikricha, tovarlar bozorda sotish uchun ishlab chiqarilganida, bu faoliyat ehtiyojni yoki istaklami qondirish uchun amalga oshirilganligini aniqlash qiyin; lekin uning fikricha, agar bozordagi almashuv barter shaklida bo'lsa, bu tabiiy ehtiyojni qondirish uchun amalga oshirilgan va bimdan iqtisodiy foyda ko‘zlanmagan. Lekin pul vositasida almashuvning asosiy maqsadi Aristotel tomonidan qoralangan daromadni olish ekanligi ko‘zda tutiladi. Aristotel Platon va ko‘pchilik boshqa yunon olimlarining iqtisodiy faoliyatini kengroq miqyosda o‘rgandi. Aristotel ko‘rsatib o‘tgan qiziqarli masalalardan biri shundan iboratki, yetishmovchilik muammosini iste’molni kamaytirish, odamlaming munosabatini o‘zgartirish yo‘li bilan hal qilish mumkin. Bu yetishmovchilik asosida yotadigan to‘qnashuvlami bartaraf etib, jamiyatdagi to‘qnashuvlami tugatish orzusida bo‘lgan utopistlar va sotsialistlar uchun kuchli g‘oya bo‘ldi.[1] Ekonomika - Aristotel tushunchasi bo‘yicha bu eng avvalo, dehqonchilikdagi kishilaming hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo‘lganlaming asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi - insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning uchun unga davlat g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Xrematistika bu yirik savdo yo‘li bilan boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o‘tishicha, bunday boylik orttirish maqsadiga erishishning cheki bo‘lmaydi. Bunday maqsad - boylik va pul topishdir (shu boisdan uning chegarasi yo‘q). Ekonomikadan farqli ravishda, xrematistika zarur hisoblanmaydi va tabiat qonunlariga zid, deb ko‘rsatiladi. Shundan kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa - tanbehga». Qadimgi yimon mutafakkirlarining ekonomika va xrematistikaga bo‘lgan bunday munosabati, uning natural xo‘jalik mavqeyida bo‘lganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Aristotel o‘zining ekonomika va xrematistika konsepsiyasi doirasida quldorlik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo‘jalik hayotining eng muhim unsurlarini sun’iy ravishda «soddalashtirdi». Masalan, Aristotel fikri bo‘yicha, «haqiqatan ham narsalar shu qadar turli-tumanki, ulami tenglashtirib (taqqoslab) bo‘lmaydi». Shunga ko‘ra xulosa qilinadi: «5 qo‘ndoq = 1 uyga», chunki ulami taqqoslash faqat go'yoki pul tufayli amalga oshirilishi «kundalik hayotda» ancha qulay. Tovar sifatidagi pulning o‘zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki odamlar o‘rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni (pulni) «iste’molga yaroqsiz» qilib qo‘yish «bizning ixtiyorimizda». Aristotelning ekonomika va xrematistika konsepsiyasi «kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish mumkin. Bu yerda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni qondirishda asosiy bitim sifatida ko‘riladi va tovaming iste’mol qiymatini iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, ikkinchi bir joyda — aksincha, ayirboshlash boylik orttirish sifatida qaraladi va tovaming almashuv qiymatini xrematistika sohasining kategoriyasi, deyishga asos bo‘la oladi. Nihoyat, shu konsepsiya nuqtayi nazaridan Aristotel savdo shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoqlama tahlil qilib, o‘zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovar ayirboshlash va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabki shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo kapitalining harakatini, ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulni ko‘payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga o'xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat o‘lchovi va muomala vositasi tarzida aks ettirilishini - ekonomika sohasiga, pulning foydani ko‘paytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi. Аristotel (384 - 322 eramizdan oldingi). U Аleksandr Makedonskiyning ustozi bulgan. Iktisodiy muammolar ѐritilgan asarlari kuyidagilar: «Politika», «Nikomaxova etikasi». «Politika» kitobini yezish uchun 158 davlatlarni (kupi polis- davlatlar) tuzilishini shogirdlari yerdamida analiz kilib yezgan. Аristotelь davlatida monarxiya, aristokratiya va demokratiya bulishi kerak edi. U jamiyatni kuyidagi sinflarga buladi: a) yer egalari; b) chorvadorlar; v) xunarmandlar; g) savdogarlar; ye) xarbiylar va grajdan jamiyatiga kirmagan kullar. Kuldor bilan kul urtasidagi munosabatni tabiiy deb, uni tabiatdan izlaydi, abadiy deb xisoblaydi, shu bilan birga kulchilik yuk bulib ketadigan jamiyatni orzu kiladi. Аristotel iktisodietga xremastikani karama - karshi kuyadi, uningcha iktisodiѐt - bu xaet uchun zarur bulgan neʼmatlarni olish sanʼati, xremastika – chegarasi bulmagan mutlok boyish, buning uchun manba esa almashuv jaraenidir. Аristotel birinchi bulib kiymatning shakllarini analiz kilishga intilgan. U savdoning shakllarini, pulning muomala, kiymat ulchovi funktsiyasini xam yezadi. Sudxurlikka salbiy munosabatda bulgan. «Protsent – bu puldan kelgan pul, shuning uchun eng zid tarmokdir» deb yezadi. Аristotelь - natural xujalikning ideologi bulib kolaverdi. Download 130.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling