Mustaqil Ishi Mavzu: Qadimgi Rimdagi iqtsodiy g’oyalar. Xristianlikning vujudga kelishi
Download 102.5 Kb.
|
Rahmonov dilshod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spartak
- Lutsiy Anney Seneka
- Avreliy Avgustin Blajenniy
Tsitseron Mark Tulliy (m.a. 106-43 yy.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq bo`lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo`lib, savdo-sotiq ancha o`sdi, sudxo`rlik boyish manbaiga aylandi. U qishloq xo`jaligini qo`llagan holda (chunki bu soha bozor uchun ham mahsulot yetkazar edi), yirik savdo va sudxo`rlikni boyish manbai deb hisobladi. Demak, Tsitseron boshqalardan farqli ravishda quldorlar bilan birga savdogar va sudxo`rlarning manfaatini ham himoya qildi.
Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o`sdi, qullar qo`zg’oloni ro`y berdi. Tarixda Spartak boshchiligidagi (m.a. 73-71 yy.) qullar qo`zg’oloni katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan bo`lsa ham, tuzum zaminiga jiddiy zarba bo`ldi. Lutsiy Sergey Katalina m.a. 63-62 yy. kambag’al aholi yordamida hokimiyatni egallamoqchi, qulchilikni yo`q qilmoqchi va boyimoqchi bo`ldi, ammo uning harakatlari ham zoye ketdi. Yangi eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan barqarorlik davri bo`ldi, lekin quldorlik ekspluatatsiyasining samarasizligi tobora ayon bo`lib qoldi, kolonat o`sdi. Aristotel g’oyalarida qulchilik tabiiy zarurat deyilgan bo`lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kelingan, degan fikrlar yuzaga chiqa boshladi. Lutsiy Anney Seneka (m.a.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiy xavfini tushundi va qullar bilan yumshoqroq munosabatda bo`lishni taklif etdi, ular ham tabiatan ozod odam ekanligini tan oldilar. Shu davrda kolonatga, krepostnoylikka o`tish kuchaydi. Ana shunday bir paytda milodning I asrida (2-yarmida) yangi diniy mafkura - xristianlik vujudga keldi. Uning asosiy aqidalari Injilda keltirilgan. Bu muqaddas kitobda bir qancha iqtisodiy g’oyalar ham berilgan. Oddiy xo`jalik faoliyati (mehnat) zarur va ulug’ ish deb qaraladi. Dastlab og’ir qullar haq-huquqini himoya qilgan bu din, bu ahvoldan qutulish yo`li yuqoridan, xudodan deb bilgan. O`sha davrda bu dinning boshqa dinlardan afzalligi shu bo`ldiki, xalqlar o`rtasidagi etnik va sotsial tafovutlar inkor etildi, din oldida hamma barobar deb e`lon qilindi. Keyinchalik bu din boshqa toifalar orasida ham tarqaldi. Dastlab xristianlik mulki umumiy bo`lib, ekspluatatsiya inkor etilgan, odatda sadaka hisobiga kun ko`rilgan. Birinchi xristianlar ta`qib ostiga olingan, ammo 325 yili Nikey Soborida xristianlikka Rim imperiyasining davlat dini maqomi berildi, oqibatda quldorlik va bo`lajak feodal jamiyatining mafkurasiga aylandi. Milodiy yilning boshida ilk xristianlikning iqtisodiy g’oyalari Avreliy Avgustin Blajenniy (353-430) asarlarida ham berilgan. U hammaning mehnat qilishi zarurligini, «ishlamagan tishlamaydi» (apostol Pavelning fikri) g’oyasini ilgari surdi (sotsializmning asosiy tamoyilini eslang), dehqonchilik eng faxriy kasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi. Aqliy mehnatni jismoniy mehnat kabi baholash muhim edi. Ammo Avgustin qullarni ozod qilishni qat`iy talab etgan emas, u dinning bosh vazifasi aholining ahloqiy takomillashuviga yordam berish, degan xulosa chiqargan. Bu dinda odil baho tamoyili, mahsulotlarni shaxsiy emas, balki ijtimoiy baholash, mulk, boylik va boshqa ko`pgina iqtisodiy muammolarga tegib o`tilgan. Avgustin Blajenniy «Faflatda yotgan xalqni uyg’otish uchun avvalo uning tarixini uyg’otish zarur», degan buyuk fikrni ifoda etgan. Download 102.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling