Mustaqil ishi. Mavzu: Qishloq xo’jaligida Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda davlatining tutgan o’rni

Download 11.93 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi11.93 Kb.
#1633176
1   2   3   4
Bog'liq
Absamatova.D MUSTAQIL ISH

Mamlakatimizda davlat rahbarligida qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish, kreditlash hamda soliqlar tizimlari ishlab chiqilib, ular hayotga bosqichma-bosqich tatbiq qilinmoqda. Davlat, shuningdek, fan, texnika, ilg‘or va samarali texnologiyalar tizimlarini tarmoq miqyosida ishlab chiqishga ham, qishloq aholisini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishga ham rahbarlikni amalga oshirmoqda.Qishloq xo‘jaligida mustaqillikning dastlabki yillarida davlatning bevosita rahbarligida agrar islohotlaming negizi hisoblangan yer va mulk islohotlari, mazmunan yangi fermer, dehqon xo'jaliklari va qo'shma korxonalar tashkil etildi va bu jarayon takomillashtirib borilmoqda. Davlat qishloq xo‘jaligi bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlarni ham (xizmat ko‘rsatuvchi, qayta ishlovchi, sotuvchi) isloh qilishga alohida e’tibor bermoqda. Natijada bu tarmoqlardagi davlat korxonalari davlat aksiyadorlik korxonalariga, tashkilotlariga aylantirildi. Masalan, paxta zavodlari, un, non, yog‘-moy, go'sht kombinatlari, konserva zavodlari hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Natijada shu tannoqlarda bozor munosabatlarini erkin amalga oshirish imkoniyatiga ega boigan turli shakldagi mustaqil korxonalar, birlashmalar, uyushmalar tashkil etildi.

Respublikamiz qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan islohotlardan yana biri - tarmoqda yer va suv resurslaridan unumli foydalanish mexanizmlari ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. Chunonchi, yer va suv resurslaridan foydalanishni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ularda respublikamizda yer va suvga egalik qilish, ulardan maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish borasidagi munosabatlar tizimi va ulami amalga oshirish tartibi ko'rsatilgan. Yer-suv resurslariga egalik qilishning huquqiy asosi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida «Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiialar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir»3 - deb belgilab qo‘yilgan.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling