Mustaqil ishi. Mavzu: Qishloq xo’jaligida Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda davlatining tutgan o’rni


Download 11.93 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi11.93 Kb.
#1633176
1   2   3   4
Bog'liq
Absamatova.D MUSTAQIL ISH

Uchinchidan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi mamlakat og‘ir sanoatining rivojlanish sur'atiga va darajasiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qilgani holda, qishloq xo‘jalik texnikalari va melioratsiya mashinalari ishlab chiqaruvchilar hamda qishloq xo'jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatadi. To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashda ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 50 foizga yaqini qishloq joylarda istiqomat qiladi. Aholini ish bilan ta'minlash, ularning turmush farovonligini oshirish ko‘p jihatdan mazkur tarmoqda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming natijalariga bevosita bog‘liqdir. Bu tarmoqda 2000-yilda 3,7 mln. kishi band bo‘lgan bo'lib, u iqtisodiy faol aholining 38 foizini tashkil etgan

Hozirgi vaqtda barchaning diqqat-e'tiborida turgan masala — jahon

Hozirgi vaqtda barchaning diqqat-e'tiborida turgan masala — jahon

moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning mamlakatimizga ta'siri. uni bartaraf etish yo'llaridir. Amerika Qo'shma Shtatlarming ipoteka bozorida yuzaga kelgan tanglik holatidan boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mamlakatimiz iqtisodiyotiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi, albatta. Prezidentimiz Islom Karimov o'xining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari” nomli asarida “...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunisb o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi”1 - deb ta'kidlab o‘tgan.

Mamlakatimizda davlat rahbarligida qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish, kreditlash hamda soliqlar tizimlari ishlab chiqilib, ular hayotga bosqichma-bosqich tatbiq qilinmoqda. Davlat, shuningdek, fan, texnika, ilg‘or va samarali texnologiyalar tizimlarini tarmoq miqyosida ishlab chiqishga ham, qishloq aholisini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishga ham rahbarlikni amalga oshirmoqda.Qishloq xo‘jaligida mustaqillikning dastlabki yillarida davlatning bevosita rahbarligida agrar islohotlaming negizi hisoblangan yer va mulk islohotlari, mazmunan yangi fermer, dehqon xo'jaliklari va qo'shma korxonalar tashkil etildi va bu jarayon takomillashtirib borilmoqda. Davlat qishloq xo‘jaligi bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlarni ham (xizmat ko‘rsatuvchi, qayta ishlovchi, sotuvchi) isloh qilishga alohida e’tibor bermoqda. Natijada bu tarmoqlardagi davlat korxonalari davlat aksiyadorlik korxonalariga, tashkilotlariga aylantirildi. Masalan, paxta zavodlari, un, non, yog‘-moy, go'sht kombinatlari, konserva zavodlari hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Natijada shu tannoqlarda bozor munosabatlarini erkin amalga oshirish imkoniyatiga ega boigan turli shakldagi mustaqil korxonalar, birlashmalar, uyushmalar tashkil etildi.


Download 11.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling